Akademiy a isxakov


-§. Sud jarayonida notiqlik


Download 1.65 Mb.
bet15/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

7-§. Sud jarayonida notiqlik




Har qanday sud jarayoni bevosita uning ishtirokchilari o‘rtasidagi bahs- munozaralar bilan o‘tadi. Sud muzokaralarining mazmun- mohiyati esa, avvalambor, tomonlarning nutqlari orqali namoyon bo‘ ladi. Bunday muzokara nutqlari bahslashayotgan tomonlarning protsessual manfaatlarini himoya qilishga yo‘nalti- rilgan bo‘ ladi. Qolaversa, bunday nutqlarda ba’zan munozaraning mavjud emasligi tomonlar o‘rtasida bahs yo‘qligini bildirmaydi, aksincha ularning jiddiy tortishuvga tayyorgarli k ko‘rayotganini bildiradi.
Darhaqiqat, Rim davlatida ham sud notiqligining taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, fuqaroning o‘zidan tashqari, sudlanuvchining himoyachilari ham nutq so‘zlash huquqi joriy eti lgan edi. Bu esa, Rim davlatidagi notiqlarga hi- moyachi vazifasida sud jarayonida nutq so‘zlashga imkon berardi. Rimda asosan sud notiqligining oqlovchi va qoralovchi nutqi yuzaga keldi. Rimli k mashhur notiqlardan biri miloddan avvalgi III —I asrlarda yashab o‘tgan notiq va davlat arbobi Mark Portjus Katon (mil. avv. 234—145) dir. U nutq so‘zlaganda ko‘tarinki ruh, kuchli his-hayajon bilan gapirar edi. Masalan, u suddagi bir nutqida davlat xazinasini o‘g‘irlagan lashkarboshilar kirdikorlarini qoralab shunday deydi: «shaxsiy mulklarni g‘orat qilgan o‘g‘rilar avaxtada, kishanlarda kun kechiradi. Jamiyat o‘g‘rilari esa oltin va
yoqutlar ichida».
Katon notiq sifatida shu qadar kuchli ediki, bu borada hatto Sitseron ham tan berib quyidagilarni yozadi: «hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin emas».
Katonning notiqlik mahoratiga quyidagi to‘rt xususiyat xos
edi:

  1. muhim masalalarni muxtasar, ixcham, ammo katta ehtiros

va ta’sirchanlik bilan bayon etishda muayyan muvaffaqiyatga erishgan;

  1. masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘yish uning eng sevimli uslubi bo‘lib, nati jada, suddagi ko‘pdan-ko‘p bahslarni o‘z foydasiga hal qilgan;




  1. fikrlarni uslubiy jihatdan g‘oyat go‘zal, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan;

  2. u har bir masala bilan tanishar ekan, uni atroflicha o‘rganib chiqishga alohida e’tibor bergan va o‘z shogirdlariga ham «ishni puxta o‘rgansang, so‘z quyilib kelaveradi» deb maslahat bergan.

Rim davlatida sud notiqligining yorqin siymolaridan yana biri Mark Tulliy Sitseron (mil. avv. 106—43) edi. U 25 yoshida birinchi marotaba xalq oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. U sud majlislarida dastlab fuqarolik, so‘ngra jinoiy ish jarayonlari bo‘yicha nutq so‘zlab, o‘z faoliyati ning ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyli ligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta e’tibor beradi.
Sitseron sud notiqligi nazariyasini quyidagicha talqin qiladi:

  • ayblash nutqi;

  • himoya nutqi.

Sitseron sud notiqligining manbai va maqsadini quyidagicha tavsiflaydi:
Sud notiqligining manbai:

  • tabiiy iste’dod;

  • nazariy bilim;

  • amaliy mashqlar.

Sud notiqligining maqsadi:

  • ishontirish;

  • rohatlantirish;

  • hayajonlantirish.

Ushbu maqsadlarga olib boruvchi usul esa sud notiqligining nazariy asoslari hisoblangan.
Sud nutqi matni ustida ishlash jarayoni besh qismga bo‘lingan:

  • materialni topish;

  • materialni joylashtirish;

  • so‘zda bayon qilish, yozish;

  • eslab qolish;

  • talqin etish.

Sud notiqligi uslublari ikki muhim mezonga bo‘ lingan:

  1. aniq ishlar;

  2. umumiy masalalar.

Sud nutqining asosiy predmeti—munozara, ya’ni masalaning bir tomondan ma’qullanib, ikkinchi tomondan inkor etilishidir. Sud faoliyati ana shu munozarali masalani hal etib berishga qaratilgan. Munozarali masalaning qoralovchi tomonidan talqin etilishiga asoslash, ayblanuvchinikiga esa oqlanish deyilgan. Ular kelisha olmagan holat esa sud predmeti hisoblangan. Munozarada


dalillar o‘z fikrining qat’ iyligini isbotlash vositasi hisoblangan.
Zotan, mashhur notiq Sitseron qoldirgan sud noti qli gi nazariyasi insoniyat uchun hozirgi kungacha amaliy qo‘ llanma sifatida xizmat qilmoqda va ko‘pchilik notiqlar yaratgan qoidalarga tayanib o‘zlarining sud nutqlarini yozishmoqda.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling