Akademiy a isxakov
-§. Huquqning davlat tomonidan himoya qilinishi
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Legisaksion protsess
2-§. Huquqning davlat tomonidan himoya qilinishiRim davlatida huquqni himoya qilish davlat sud magistratlari tomonidan amalga oshirilgan. Shu bois sud magistratlari nizoni ko‘rib chiqish uchun sudlarni tashkil qilishi mumkin edi. Rim davlatida ko‘ riladigan ishlarning taalluqliligi masalasiga ham katta e’ tibor qarati lgan bo‘ lib, asosiy va ko‘proq ishlar Rim shahrining magistrlari tomonidan, ba’ zi hollarda esa fuqarolarning fuqaroligi bo‘ lgan yoki istiqomat qilib turgan joylarida ko‘ rilgan. Rim huquqida huquqning ikki turi, ya’ni ommaviy va xususiy huquqning mavjudligi nuqtai nazaridan ko‘riladigan ishlar ikkiga bo‘ lingan: davlat manfaatlarining buzilishi bilan bog‘ liq ishlarni ko‘rish; alohida shaxslarning manfaatlari bilan bog‘liq, ya’ni huquq- ni buzish asosida vujudga kelgan ishlarni ko‘rish. Qadimgi davrda Rimda shaxslar, ya’ni fuqarolar o‘rtasidagi nizolar xususiy tartibda tomonlar orqali tayinlangan hakamlik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Respublika va prinsiðiat davriga kelib, fuqarolik jarayoni bosqichlari ikkiga bo‘lingan: birinchi bosqich «in jure» (in yure); ikkinchi bosqich «in judicio» (in juditsio). Birinchi bosqichda magistrat buzilgan huquqni sud orqali himoya qilish yoki himoya qilish mumkin emasligini aniqlaydi va sudyani tayinlaydi. Shuningdek, ushbu ishni mazmunan ko‘rish bilan bog‘ liq tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Ikkinchi bosqichda sudya nizoni mazmunan ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. Bu bosqichda dalillarga baho beriladi va ish mazmunan hal qilinadi. Respublika davrining boshlarida «in jure» (in yure) bosqichi - dagi ishlarni konsullar, keyinchalik peregrinlar o‘rtasidagi ishlarni kollegial tartibda ko‘ruvchi rekuperator sudi paydo bo‘lgan. 3-§. Legisaksion protsessQadimgi Rim jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri legisaksion jarayonning hayotga tatbiq etilishi bo‘ldi. Legisaksion jarayon eng ko‘ p qo‘ llani ladigan universal xarakterli sud protsessidir. Legisaksion protsess qadimgi fuqarolik protsesslaridan biri bo‘lib, bu protsess ikki bosqich, ya’ni in jure (in yure) va in judicio (in juditsio) bosqichlaridan iborat. Birinchi bosqichda huquqi buzilgan shaxs sudda ish qo‘zg‘atish haqida magistratga arz qiladi. Shikoyat qilgan shaxsning arizasini, da’vosini sudda ko‘rilishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Legisaksion jarayon—ariza talablarini ko‘rib chiqishning turli shakllari bo‘ lib, ular quyidagilardan tashkil topgan: protsessda ishtirok etuvchi da’vogar va javobgarlarni aniqlash; sudya tayinlashni talab qilish; ma’ lum pul miqdori va narsalarni talab qilish, garovga qo‘yish yoki magistratga topshirib qo‘yish. Bu protsessda asosan da’vogar javobgarni da’vo qilinayotgan nizo va uning predmeti bilan tanishtirgan. Pretor tomonidan tayyorlanishi lozim bo‘ lgan formulalar uchun asos yaratilishi, ayniqsa da’voning obyekti, uning jinsiy belgilarini ko‘rsatish va boshqa dali llarning hozir bo‘lishi lozim bo‘lgan. Da’vogar o‘z da’vosini amalga oshirish uchun pretordan da’vo formulalarini berishni talab etgan va bu formulalar pretor tomonidan berilgan.Javobgar esa da’vo bilan tanishish uchun da’vogar bilan kelish, pretor tomonidan tuzilgan formulalarni ko‘rib chiqish, sudyani tanlash, nizoni tasdiqlash kabi harakatlarni amalga oshirishi lozim. Agar da’vodagi zararning pul miqdori qat’iy belgilangan bo‘lsa, javobgar uni to‘ lash yoki ishni sudda ko‘rmaslik imkoniyatlarini o‘ylardi. Agarda magistrat tomonidan yoki da’vo arizasi orqali aniqlangan summa ma’ lum bo‘ lsa, uni to‘ lash - qoplash uchun javobgarga murojaat etilardi, vaholanki javobgar uni o‘z roziligi asosida qoplasa, bu nizo sud protsessida ko‘rilmasdan qoldirilar va nizo hal qilingan deb hisoblanardi. Pretor da’voning predmeti va summasini aniqlab, yozma ravishda da’vogarga beradi, da’ vogar esa javobgarga olgan formulaning nusxasini o‘qib eshittiradi. Javobgar bu formulani eshitib, hech narsa demasa, u o‘zini sud protsessiga yoki ishni sudda ko‘rib chiqish uchun topshirgan deb hisoblanardi. Gay institutsiyalarida ko‘rsatilganidek, sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rib chiqish uchun muddat belgilangandan keyin, ular uchinchi kuni sudyaga kelishlari lozim bo‘ lgan. Sud protsessi erkin og‘zaki shaklda bo‘lib, unda dali llarni baholash munosabatlari amalga oshirilgan. Dalillar esa guvohlar ko‘ rsatmalari, voqea joyini ko‘ zdan kechirish, hujjatlar va qasamyod qabul qilinishi (yoki qasamyod) hisoblangan. Da’vogar o‘z da’vosini asoslash va dalillar taqdim etish majburiyatini, javobgar tomonidan esa o‘zining e’tirozini asoslaydigan faktlar va ularning taqdim etilishi talab etilgan. Sudya ushbu protsess yuza- sidan mashhur huquqshunoslar bilan maslahat qilishi mumkin edi, ammo hal qiluv qarori va verdiktni chiqarishda o‘zi mustaqil javobgar bo‘ lardi. Pretor sud qarorlarining ijrosi uchun ham mas’ul bo‘ lib, sud qarorining aynan Rim shahrida yoki javobgarning turar joyida bajarilishini majburiy normalar bilan tartibga solishi mumkin edi. Qadimgi Rim davlatida sud tomonidan qabul qilingan qarorlar bekor qilinmagan, ammo sud qarorlaridan norozi bo‘ lgan tomon pretorga murojaat qilib, sud qarori asosida kelib chiqqan yuridik oqibatlarni yo‘qqa chiqarish va harakatni dastlabki holatiga keltirish, yoki qaytadan tiklash kabi iltimosnoma yoki murojaatlar qilgan. Bu esa, pretorga katta imkoniyatlarni yaratib, hatto bu voqeli kka huquqiy normalarni qo‘llash mumkin emas deb hisoblab, iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinfning erkini, irodasini va manfaatini himoya qilgan. Rim xususiy huquqida voqeli kni dastlabki holatiga kelti rish, uni qaytadan tiklash restitutsiya deb atalgan. Restitutsiyani qo‘llash quyidagi hollarda amalga oshirilgan: birinchidan, voqeli k yoki sodir eti lgan harakat orqali , yoki vaqtni o‘tkazib yuborish asosida mulkiy yoki mulkiy xarakterga ega bo‘ lmagan shaxsiy zararning yetkazilishi natijasida; ikkinchidan, restitutsiyani talab qilayotgan shaxsning asoslari bo‘lsa (ya’ni, shartnomani qo‘rqitish, aldash yoki yanglishish kabi usullarda tuzilganligini isbotlasa); uchinchidan, o‘z vaqtida (kechikti rmasdan) qilingan iltimoslar asosida. Yuqorida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda pretor ularni asosli deb topsa, sodir etilgan harakat bo‘yicha yuridik oqibatlar to‘xtatiladi va barcha harakat dastlabki holatiga qaytariladi yoki qaytadan tiklanadi. Rim fuqaroli k protsessida dastlabki vaqtlarda vakilli k instituti qo‘llanilmagan. Lekin, alohida hollarda, ya’ni «ozodlik uchun, xalq uchun, vasiylik va homiylik» bilan bog‘ liq munosabatlarda vakil likka yo‘l qo‘yilgan. Vakilning harakatini vakolat bergan shaxs qo‘llab-quvvatlashi lozim bo‘lgan. Sudyalar o‘z qarorlarini vakilga asoslanib qabul qilganlar. Vakil esa vakolat bergan shaxsga tushuntirib, to‘ lanishi lozim bo‘ lgan summalarni to‘ lash, ashyo- larni qaytarish kabi masalalarni amalga oshirgan. Keyinchalik esa vakillik tomonidan voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar, xotin-qizlar bilan bog‘ liq harakatlar, davlat ishlari yuzasidan safarga ketgan shaxslarning o‘rniga, kasalligi tufayli o‘z huquqlarini himoya qila olmaydigan yoki sudda qatnasha olmaydigan shaxslarning ishlarida ham vakilning qatnashishiga ruxsat berilgan. Rim fuqarolik protsessida prokuratura instituti— ya’ni javobgar nomidan vakillik qilish rasmiy ravishda, ba’zan esa norasmiy asosda amalga oshirilgan. Ulardan tashqari vakil qilib olinmasdan, tomonlarga yoki protsess ishtirokchilariga og‘zaki ravishda yuridik yordam beruvchi (advosati) advokatlar ham qatnashgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling