Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
4-§. Formulyar protsessMiloddan avvalgi I I asrning o‘rtalariga kelib, legisaksion jarayon o‘rniga formulyar jarayon kirib keldi, chunki pretor huquqi yanada rivojlanib, takomillashdi. Bu jarayonda pretor eng asosiy o‘rinni egallagan. Ushbu jarayonning boshlanishiga da’vogarning javobgar ustidan o‘z arizasini yozma ravishda berishi sabab bo‘ lgan. Bu «qog‘oz» sudya uchun shartli belgi yoki «formula» deb ataladi. Mana shu jarayondan boshlab formulyar sud jarayonlar vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib, ayniqsa birinchi bosqichdagi ish yuritish (in yure)ning ahamiyati kuchayib, aynan shu yerda nizoning huquqiy mohiyati o‘rnatilgan. Formulyar jarayon ham ikki bosqichdan iborat bo‘ lgan. M agistratga javobgarning da’vogar tomonidan chaqirilishi, javobgar esa uzrli, sababsiz kelmagan taqdirda, unga jarima solinishi o‘ziga xos xususiyatlardan hisoblangan. Magistratga kelishdan avval da’vogar o‘z da’vosining asosini va talabini yozma ravishda ifodalagan. Chunki magistrat bu haqida javobgarga xabar qilgan. Bularni yozishda da’vogarga huquqshu- noslar yordam berishgan. Agar javobgar da’voni tan olsa, da’vogar o‘z talabini qanoatlantirish huquqini qo‘lga kiritgan, mabodo tan olmasa magistrat quyidagilarni amalga oshirgan: da’vogarning da’vosini tasdiqlagan; javobgarning e’tirozini formulaga kiritgan; sudyani tayinlagan; ishni ko‘rish uchun sudyaga yo‘ llanma bergan. Huquqshunos Gay yozma formulalarni asosan uch qismga bo‘ladi: intensiya; ekssepsiya; kondemnatsiya. Intensiya qismida—da’vogar shikoyatini, aybini aniqlash; talab qismida esa huquqiy da’vo predmeti va huquqiy asosini aniqlash. Huquqiy asos s ivi l huquqi, X II jadval qonunlari yoki Rim davlatining boshqa qonunlari hisoblanmish pretor va bonitorlar huquqi asosida bo‘ lishini aniqlash lozim bo‘ lgan. Ikkinchi qismi ekssepsiya bo‘lib, e’ti roz bildirish, alohida shart qo‘yish, shikoyat biror- bir voqelikning vujudga kelishi yoki shaxsning biror harakatni sodir etganidan keyin, bu nizoning hal qilinishi kabi munosabatlardan tashkil topgan. Fuqarolik huquqi protsessining ishtirokchisi bo‘lgan javobgar nizo predmeti hal qilinayotgan paytda u bu nizoga e’ti roz bildirishi yoki shikoyat keltirishi, hatto bu nizoni hal qilish uchun biror- bir shartni qo‘yishi, ba’zan esa uning tomonidan qilinadigan harakat boshqa shaxslar tomonidan bajarilishini talab etadi. Formulada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan harakat albatta dalillarga asoslangan bo‘ lishi shart. Ekssepsiya—da’voni butunlay yo‘q qilib yuboradigan, o‘chirib tashlaydigan yoki uning bajarish muddatini cho‘za oladigan munosabatlarni amalga oshirgan. Kondemnatsiya—bu xulosa qismi bo‘ lib, hukm chiqarish yoki qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lib, nizoning hal bo‘lishining pretor tomonidan sudyaga berilgan ko‘rsatmasi. Bu qismda javobgar da’voning talabiga rozi bo‘ lsa, da’vo bahosi aniqlangan bo‘ lsa, protsess darhol tugaydi. Bu munosabatlarning aniqlanishi sud tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sudning qarori qat’ iy bo‘lib, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘ lmagan. Agarda javobgar sudning qarorini bajarmasa yoki o‘zining e’tirozini isbotlay olmasa, u ikki barobar qilib pul to‘ lagan. Shuningdek, qarzdor qarzini to‘lagunga qadar qamab qo‘yilgan. Qarzdor o‘z ixtiyori bilan qarzini to‘ lamasa, majburlab to‘ latilgan va uning mulki xatlangan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling