Legisaktsion protsessda 5 ta da'vo turi kòrilgan


Download 8.83 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi8.83 Kb.
#1360046
Bog'liq
2 5456582626162779955


Rossiya huquqi Roman-german huquq oilasiga kiradi va uning boshqa huquq tizizmlaridan farqi bu huquq tizimida xususiy huquq sohasi tòliq ochib berilgan.Rim huquqi butun dunyo huquqiy institutlari uchun poydevor hisoblanadi.Legisaktsion protsess òrnini formulyar protsess egallaydi mil. avv.2-asr òrtalariga kelib bunda pretor huquqi rivojlangan va asosiy òrin egallagan.
Iqtisodiy munosabatlar òzgarishi tufayli huquqiy institutlar ham òzgara boshladi va huquqiy institutlar òrtasida shaxslarning huquqlari va manfaatlariga boģliq huquqiy munosabatlarda ziddiyatlar kelib chiqdi.Bu kabi muammolarni hal qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar sud organlari tashkil etildi.Dastlabki sud tizimlarini oqsoqollar olib borgan.Òsha paytda sud jarayonlarida odat huquqlatidan foydalanilgan va huquqbuzarlarga eng oģir jazo belgilangan.
Rimning oxirgi shohi maģrur Tarkviniy shahardan quvib yuborilgach respublika boshqaruv shakliga òtilishi bilan sud tizimi yangi bosqichga kòtarildi.Barcha sud jarayonlari legisaktsion protsess tomonidan amalga oshirilgan va bu protsess 2 ta jarayondan iborat: in yure va in yuditsio.In yure bosqichida magistrat tayinlangan.Jarayonlarning bosqichlarga bòlinishidan maqsad ishni sudgacha olib bormaslik bòlgan.
Legisaktsion protsessda 5 ta da'vo turi kòrilgan:
1.Pul tikish jarayoni
2.Da'voni kòrib chiqish
3.Sudyani tayinlash
4.Ma'lum ashyolar talab qilish
5.Kreditor garovni olishi jarayoni.
Birinchi bosqichda javobgarning aybi kòrilgan.Sud jarayoniga guvohlarni chaqirish va dalil yiģish boshlangan.
Ikkinchi bosqichda sudda davogar,javobgar, va sudyalar ishtirok etgan va bu jarayon da'voni qabul qilganda 30 kundan keyin boshlangan.Sud kuni oldindan belgilangan va faqat tomonlarning asosli sabablariga binoan òzgartirilgan.Agar javobgar uzurli sababsiz sudga kelmasa unga jarima solingan.Keyinchalik ushbu tizim ahamiyatini yòqotgan va pretorlar asosiy rol òynay boshlagan.
Pretorning sud jarayonini tashkil etish formulasi:
1.Da'vogarning da'vo maqsadi
2.da'vo tuzish uchun asoslar
3.sudyaning ish bòyicha hukm chiqarish qobiliyati
4.formula qismi sudyaga tomonlar bergan qòshimcha faktlar qòshiladi.
Asosiy qismlardan tashqari vaziyatga qarab formulada bir necha faktlar ajratib kòrsatiladi:
1.Ekseptsiya-sudlanuvchining davo qilishiga tòsqinlik qilish
2.prescription-elementlar sud protsessida ishning mohiyatini ochib beruvchi malumotlar
Pretorning formulalari sud rivojiga yaxshi tasir kòrsatdi chunki jarayon bir muncha soddalashadi yangi davo shakllari paydo bòldi.
Misol:
1 infactum conseptae-vaziyatga qarab davogarning huquqlari himoya qilinishi kerak bòlgan davolari
2 formula ficticia-davoni kòrib chiqishda pretorning buyruģini sudyaniki bilan birlashtirishni taqazo etadi
3 actiones in rem in personam baxsli narsaga egalik qilish maqomini mustahkamlash
4 actiones reipersecutoriae mulkni qoplashga qaratilgan davolarni òz ichiga olgan.
5 mashhur harakatlar nafaqat fuqarolarning balki jamiyatning ham manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davolar
6 noxes harakatlar qul tomonidan qiynoq va boshqa huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan davolar.
Formulyar protsessda rasmiyatchilikdan uzoqlashish va pretorlar qonuni institutini rivojlantirish jamoat manfaatlarini muvozanatlashtirish kabi jarayonlardan iborat.
Download 8.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling