Akademiy a isxakov
-§. Interdikt ishlarni olib borish
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
6-§. Interdikt ishlarni olib borishQadimgi rim xususiy huquqining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat bo‘ lganki, sud ishlarini ko‘rishda bir nechta jarayonlar bo‘ lsa ham, ularga qo‘shimcha sifatida yoki Rim davlatining amaldorlarining huquqlari va manfaatlarini mustahkamlash nuqtai nazaridan Rim quldorlik jamiyatida odat asosidagi xususiy da’vo tartibida ishni ko‘rib chiqishdan tashqari interdikt asosda ham ishlar, nizolar hal qilinganligini ko‘ramiz. Oldingi odat bo‘lib qolgan da’vo arizasiga asosan ko‘riladigan ishlardan farqli o‘ laroq, bunda sud magistrati mutloq oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi va barcha fuqarolarga majburiy bo‘ lgan buyruqlar va normativ aktlar chiqaruvchi, uni qabul qiluvchi oliy mansabdor shaxs ekanligi bilan farq qiladi. Interdiktlar pretorlar tomonidan buyruq xarakte- ridagi qadimdan qabul qilinib kelingan hujjatlar. Shuning uchun interdiktlar shartsiz, qat’ iy bo‘lgan, garovga olish va jarimali jazolarni qo‘llash bilan boshqa harakat va jarayonlardan ajralib turgan. Interdiktlarni qo‘ llash ma’muriy huquqiy munosabatlarni kelti rib chiqargan. Shu bois huquqshunos Gay bu pretorlarning shartli buyrug‘ i va bu buyruq asosida alohida interdikt jarayonini qo‘llash boshlangan deb ta’riflaydi. Interdiktlarning vujudga kelishi davlatni idora etish organlari tomonidan tartibga solinadigan ma’muriy munosabatlarning sud ishlariga aylanib ketishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Interdiktlarning asosiy maqsadi huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini buzilmasdan oldingi, ya’ni dastlabki holatiga majburiy ravishda tiklashdir. Ashyo egasining manfaatlarini himoya qilish mulk egasining huquqini himoya qilish uchun xizmat qiluvchi da’volar yordami bilan emas, balki pretor interdiktlari bilan amalga oshirilgan. Ular mulk huquqi egaligining buzilishini, yoki boshqa tajovuzlarning amalga oshirilishining oldini olishning samarali yo‘li sifatida huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi tomonlarning huquqlarini tez orada himoya qilish usuli hisoblanadi. Interdiktlar oddiy va ikki tomonlama, ya’ni ma’lum harakat- larni taqiqlovchi yoki ularni qaytadan tashkil etuvchi, yoki biror shaxsni, hujjatni ko‘rsatishni talab etuvchi turlarga bo‘lingan. Interdiktning mohiyati shundaki, huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi qarshi tomon, hatto nizolar haqida bahslashmasdan pretor yoki magistrat interdiktiga so‘zsiz bo‘ysungan. Rim quldorlik davlatining sinfiy davrida interdiktlarning mohiyati shundan iborat bo‘ lganki, kelib chiqadigan nizolarni sudsiz, tez orada ma’muriy asosda ko‘rib chiqish va himoya qilish uchun, ayniqsa quldorlarning, ekspluatatsiya qiluvchilarning manfaatlarini tezda himoya qilish uchun eng qulay va oddiy formadagi harakatlardan biri bo‘lib hisoblangan. Albatta, ular da’volarga o‘xshash kuchlarni keltirib chiqar- magan bo‘lsa ham o‘zining soddaligi, osonligi, qo‘llanilishi jihatdan qulayligi bilan ajralib turgan, chunki u ashyo egasining o‘z ashyosiga egalik qilish titulini isbotlashning murakkab tartibiga murojaat qilish zaruratidan ozod qilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling