Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet22/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

7-§. Yuridik shaxslar


Yuridik shaxs tushunchasining shakllanishida rim xususiy huquqi muhim o‘rin tutadi. Biroq, bu Rimning iqtisodiy hayotida rim huquqi yuridik shaxslar tushunchasini to‘la yarata olmadi degani emas. Hatto Rim davlatida xalq xo‘jaligining ayni gullab-yashnab, xalqaro savdo-sotiq ancha jonlangan davrda ham yuridik shaxslar u qadar ahamiyatga ega emasdilar. Rim davlatining xalq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatgan xususiy xo‘jali klar uzoq davr faoliyat ko‘rsa- tuvchi mustahkam, barqaror xo‘jalikka aylanishga asosan o‘zlarida zarurat sezmaganlar.
Rim huquqida «yuridik shaxslar» degan iboraning o‘ zi bo‘ lmagan. Shunga qaramay, rim huquqida yuridik shaxslar to‘g‘risidagi asosiy fikrni mulk shaklini oborotga (aylanti rishga) kiritganda alohida jismoniy shaxsga tegishli bo‘ lgan mulk shakli o‘z-o‘zidan ajralib qolishining ifodalanganligida yaqqol ko‘rish mumkin.


Azaldan mulkiy munosabatlarda jismoniy shaxslar bilan bir qatorda ma’ lum darajadagi mulk mablag‘ iga ega bo‘ lgan ayrim birlashmalar ham ishtirok etganlar.
Qadim zamonlardanoq Rimda xususiy korporatsiyalar mavjud bo‘lib, ular diniy maqsaddagi ujushmalar (sodalitates, sollegia sodalicia), mohir duradgorlar ujushmasi (fabrorum, pistorum)dan iborat edi. Huquqshunos Gayning guvohlik berishicha, XI I jadval qonunlari diniy maqsaddagi ujushmaga o‘zlari uchun qonunga xilof bo‘ lmagan holda nizom yaratishlariga huquq berganlar. Rim respublika davrida ko‘plab korporatsiyalar, jumladan: collegia apparitorum, ya’ni magistrlar xizmatchilari korporatsiyasi, turli o‘zaro yordam ko‘rsatuvchi birlashmalar, shuningdek coollegia funeratucia dafn etish marosimini o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalar hamda collegia publicanorum Rimning siyosiy va xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutgan.
Darhaqiqat, mazkur birlashmalarning barchasi yetarlicha mulkiy mablag‘ga ega bo‘ lganlar, ayniqsa collegia publicanorum anchagina yirik mablag‘ga ega bo‘ lgan. O‘z navbatida, ular ichki hayotlarida uchinchi shaxslar bilan ham ayrim ma’ lum qoidalar asosida o‘zaro kelishuvli harakat qilishlariga to‘g‘ri kelgan.
Biroq, rim huquqidan hikoya qiluvchi ayrim tarixchilar (masalan, Jirar) ning mazkur birlashmalar haqidagi tavsifidan farqli ravishda, o‘sha davrda ularni yuridik shaxslar degan ibora bilan atash unchalik to‘g‘ri bo‘lmasdi. Tarixchi I. A. Pokrovskiy ma’lumotiga ko‘ra, bizgacha yetib kelgan qadimiyjus civile holati birlashmalarga emas, balki alohida shaxslargagina taalluqlidir. Korporatsiyaning umumiy mulki xususida so‘z yuriti lganda, u qadimiy huquq societas tomonidan shirkat asosida ko‘rib chiqilib, ular birlashmaning barcha a’zosiga tegishli bo‘ lgan mulkni birmuncha qo‘pol tarzda, garchi birlashma qatnashchilarining barchasi ma’lum miqdordagi o‘z ulushiga ega bo‘lishiga qaramay, umumiy mulkni qatnashchilardan birining yoki xazinachining mulki deb hisoblab, birlashma ishini o‘sha shaxs boshqarib, qolgan barcha qatnashchilar oldida javobgarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi kerak deb belgilab bergan.


Tarixchilar Rim davlatining huquqiy holatini aks ettiruvchi rim huquqi masalasida turli xil ma’lumot berganlar. Ayrim tarixchilar ( Mommzen fikriga tayangan Jirar kabi) Rim davlati azaldan huquqqa asoslangan davlat deydilar. Rim huquqi bo‘yicha yuqorida nomi zikr etilgan rus tarixchisi I. A. Pokrovskiyning taxminiga ko‘ra, Rim davlati respublikaning ikkinchi yarm iga qadar qator yurishlarda qatnashib, katta miqdordagi turli mol- mulkni qo‘ lga kiritgan bo‘ lib, (ex jure Quiritium) o‘zining mulkiy munosabatiga nisbatan va boshqa xususiy huquqni qo‘ llamagan holda alohida huquqiy me’yorlardan foydalangan. Haqiqatan ham davlat mulki to‘g‘risidagi magistratlar tomonidan tuzilgan bitimlar qadimgi davr qoidalariga, shu jumladan xususiy huquq talablariga javob berganligi noma’ lum. Lekin shu narsa ma’ lumki, bunday bitimlar to‘g‘risidagi tortishuvlar odatda sud hukmi bilan emas, balki alohida ma’muriy tartibda hal qilingan.
Shuni e’tirof etish joizki, iqtisodiy hayot murakkablashgan sharoitda davlatning xo‘jali k faoliyati va korporatsiyalarda yuridik shaxslarga ehtiyoj va zarurat vujudga kelishi tabiiy hol degan g‘oya paydo bo‘ladi.
Korporatsiya mulkiga o‘z ulushini qo‘shgan uning a’zolari korporatsiya mulkiy munosabatlarga dosh bera olmay qolganda noxush vaziyat yuzaga kelishini tan olishgan. Bunday vaziyatda korporatsiya anchagina yaxshi rivojlangan bo‘lib, uning xo‘jalik oborotida (aylanmasida) ishtirok etayotgan a’zolaridan birortasi korporatsiyadan zarur vaziyatda o‘z ulushini ololmay undan chiqmoqchi bo‘lganida korporatsiyaning mulkiy inqirozga yuz tutmasligini ta’minlash uchun mulkiy munosabatni izga solishdan iborat bo‘lgan. Ayni paytda davlat xo‘jali klari bilan xususiy xo‘ja- liklar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali ma’ lum darajada ularning davlat va xususiy xo‘jali klarning mulkiy huquqlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lishga erishildi.
Biroq Rim davlati tarkibiga kiriti lgan, pretor ta’sirida bo‘ lgan munitsiðiyalar, ya’ni shahardagi jamoa kengashlari o‘z huquqiy holatiga ko‘ra fuqarolik huquqiga ega bo‘lib, u o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga hamda xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘ lganlar, aftidan ular yuridik shaxslar degan g‘oyani ko‘proq ifodalagan. Bunday xo‘jalik


mustaqilligining huquqiy ifodasi sifatida munitsiðiyalarning o‘z mulkiy munosabatlarida xususiy huquqqa bo‘ysunishi namoyon bo‘ldi: pretor munitsiðiyalar sudda o‘z huquqlarini o‘zlarining maxsus vakillari actoryeslar orqali himoya qilishlari va javob berishlari zarur, deb topib, har bir munitsiðal kengash dekret ishiga shunday vakillarni belgiladi. Shu sababli, munitsiðiyalar ham privatae personal singari mulkiy huquqlar subyekti sifatida tan olindi. Munitsiðiyalardan tashqari, yana ad exemplum rei publikal xususiy korporatsiyalarning ham protsessual huquqqa ega ekanligi tan olindi.Biroq, fuqarolik protsessida bunday yuridik shaxslar g‘oyasining tan olinishi ularning o‘sha zahoti moddiy- huquqiy rivojlanishini ta’minlaydi, degani emas.Shunga qaramay, munitsiðiyalar keyinchalik actoreslar orqali nafaqat fuqarolik protsessida, balki birorta bitimni tuzishda ham harakat qildilarki, buning natijasida bitimlarning huquqiy holati muammosi uzoq vaqt tushunarsiz bo‘lib qolaverdi.
Rimdagi siyosiy vaziyat ham yuridik shaxslar g‘oyasining mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymadi. To‘g‘ri, imperiya o‘rnatilgach, imperator hukumati kuchayib borgani sari imperatorning shaxsiy g‘aznasi fiscus asta-sekinlik bilan Rimning shahar g‘aznasi hisoblangan avvalgi aerarium davlat g‘aznasini yemirib bora boshladi, shu taxli t fiscus xususiy huquqqa bo‘ysunuvchi tobega aylandi. Lekin davlatning barcha mulkiga egalik qilish huquqi imperatorga berildi. Xususiy mulk huquqiga ega bo‘lish g‘oyasi bilan o‘ziga keng yo‘l ochgan davlat esa princeps shaxslarning davlatga to‘planishi sababli siqib chiqarildi.
Bunday g‘oyalar ko‘p sonli priveligia fisci azaldan qo‘ lga kiritilmagan davlat g‘aznasining mulki kuchini unchalik mustah- kamlamadi, davlat g‘aznasining majburiy talablari sifatida qarz- dorning barcha mulkini garov huquqi bilan ta’minlanishi, qolgan kreditorlar va boshqalarning ham talablari qondirilishi belgilanib, bunday imtiyozlar imperator va uning rafiqasiga tegishli bo‘ lgan shaxsiy mulkka nisbatan qo‘ llangan va o‘z navbatida ular davlat mulkining huquqiy holatiga xilof hisoblanmagan.
Yuridik shaxslar deganda — jismoniy shaxslarning birlashib, ularga o‘z huquqlarini, vakolatlarini o‘tkazish asosida tuzilgan

birlashmalarga, korporatsiyalarga, diniy ittifoqlarga, hunarmand- larning kasaba ujushmalariga hamda sudnalarning yig‘ indisini boshqaruvchi tashkiliy birliklarga tushunilgan.





Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling