Rim huquqining predmeti deb nimaga aytiladi?
Rim huquqi qanday munosabatlarni tartibga soladi?
Rim davlatida qanday huquq tizimlari mavjud bo‘lgan?
Rim huquqshunoslari ommaviy va xususiy huquqning farqini qanday ifodalaganlar?
Rim huquqi qanday huquq institutlarini o‘rganadi?
Pontifiklar tushunchasini izohlang.
Rim davlatida qanday huquq maktablari faoliyat ko‘rsatgan?
Rim huquqining huquqni rivojlantirishdagi roli qanday holatlar bilan izohlanadi?
Qaysi davlat «Muqaddas Rim imperiyasi» degan nomni o‘ziga o‘tkazib olgan?
Imperator qanday huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga ega bo‘lgan?
II bob
SUD TI Z I M I VA DA’VOLAR HAQIDA TA’LI M OT
1-§. Huquqni himoya qilish va o‘zini o‘zi himoya qilish tushun- chasi.
2-§. Huquqning davlat tomonidan himoya qilinishi. 3-§. Legisaksion protsess.
4-§. Formulyar protsess.
5-§. Ekstraordinar protsess.
6-§. Interdikt ishlarni olib borish. 7-§. Sud jarayonida notiqlik.
8-§. Huquqni himoya qilish va amalga oshirishda vaqtning ta’siri.
9-§. Da’vo muddati va uning turlari.
Qadimgi Rim davlatining huquqiy normalari boshqa shaxslar tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, ya’ni huquq buzilishidan oldingi bo‘lgan dastlabki holatga qaytarishga katta e’tibor qaratgan. Rim xalqi boshqa xalqlar kabi buzilgan huquqlarni davlat organlari orqali, ayniqsa davlat sudining vujudga kelishiga qadar, huquq buzilishlaridan o‘zini o‘zi himoya qilish instituti orqali himoya qilganlar. Ular o‘z huquqlarining buzilganligini bilishgandan so‘ng, eng avvalo, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida o‘z kuchi, ilmi va aqliy salohiyatiga suyangan holda o‘zini o‘zi himoya qilishga kirishgan. Agar shaxsning bir o‘zi buzilgan huquqini tiklay olmasa yoki uning qaytadan sodir etilishini to‘xtata olmasa, bunday
holatda o‘zining oila a’zolarini ham ko‘makka chaqirganlar.
Jamiyat taraqqiyoti ning rivojlanishi bilan o‘zini o‘zi himoya qilish instituti, ya’ni individual asosda, yovvoyilik, varvarlik usuli- dagi kurashlar, qarshilik ko‘rsatishlar o‘z mohiyati ni yo‘qotib
bordi. Uning o‘rniga intizomlilik asosida davlat tomonidan buzilgan huquqlarni himoya qilish munosabatlari kelib chiqdi, lekin bu munosabatlarning to‘ liq kuchga kirishiga qadar rivojlangan rim huquqi asosida o‘zini o‘zi himoya qilish instituti saqlanib qoldi. Bu institut asosidagi harakat faqat manfaatdor shaxslar tomonidan o‘z foydalariga favqulodda holatlardagina qo‘llanishi lozim bo‘lgan harakatlarni anglatsa-da, biroq o‘zini o‘zi himoya qilish tomonidan birdaniga tortib olingan mulkni egasiga qaytarilishidek, tez orada bajariladigan munosabatlardan iborat bo‘ lgan. Bu munosabatlar buzilgan huquqni tiklash, uning boshqa sodir etil masligini ta’minlash va sodir etilgan holatlarni yo‘qqa chiqarish, uni sodir etadigan harakatlarning oldini olish masalalaridan iboratdir.
Rim huquqida o‘zini o‘zi boshqarish instituti deganda, j i smoniy kuch i ga yoki ma ’ naviy aqli ga tayangan holda huquqbuzarli kni to‘xtatishga ayti lgan.O‘zini o‘zi himoya qilish— bu majburlab kuch ishlatish orqali noqonuniy harakatlarning vujudga kelishi natijasida paydo bo‘lgan.Rim davlatida asosan 389- yildan boshlab, huquq buzilgan taqdirda uni tiklash uchun kuch ishlatish, o‘zboshimchalik asosida buzilgan huquqni tiklash man etilgan. Masalan,agar qarzdor qarzini to‘ lamasdan kreditorlardan qochmoqchi bo‘ lsa, kreditor uning orqasidan quvib, kuch bilan qarzni to‘ lashga majbur qilgan, hatto qarz to‘ lanmagan taqdirda qarzdorga avval qo‘llanilgan javobgarlikni qo‘llashi lozim bo‘lgan. Imperator Mark Avreley qonunlariga asosan kreditor o‘zining huquqiy talabini qondirish uchun qarzdorning mulkini tortib olishni, ya’ni o‘zining buzilgan huquqini o‘zboshimchalik asosida tiklashni afzal ko‘rgan bo‘ lsa, u mulkni qayta talab qilib olish huquqini to‘liq asosda yo‘qotgan. Kreditor, eng avvalo, qarzdor tomonidan to‘ lanishi yoki qaytarilishi lozim bo‘ lgan mulkni, ashyoni aniqlab sudga murojaa t qi l i shi lozi m bo ‘ lgan.
O‘zboshimchalik asosida boshqa shaxslarning mulkini egallab olish yoki talab qilib olish huquqiga yo‘ l qo‘yilmagan.
Shunday qilib, huquqni himoya qilish o‘zini o‘zi himoya qilish instituti orqali davlat va uning organlari tomonidan himoya qilish munosabatlariga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |