Akademiy a isxakov
Download 1,65 Mb.
|
RIM HUQUQI
Senatus-konsultlar avvalgi davrda huquqiy kuchga ega emas edilar. Imperatorlar davrida ularning ahamiyati ancha o‘sgan. M iloddan avvalgi I asrning birinchi yarmida senatus-konsultlar odatda sanksiyaga ega bo‘ lmasada, lekin pretor edikti sharofati bilan ular majburiy kuchga ega bo‘lganlar. Ammo, imperator Adrian senatga qonun chiqarish hokimiyati ni yana qaytarib bergan va senatus-konsultlar qonun sifatida chiqa boshlagan. Ularning huquq manbai sifatidagi roli o‘sgan, chunki ular prinseps nomidan tuzilib, ko‘pincha ularning nomi bilan atalgan.
Imperatorlarning mustaqil qonun chiqarish hokimiyati asta- sekin mustahkamlangan va kengaygan. Dastlab imperatorlarning qonunlari (konstitutsiyalari) oila majlislari tomonidan hokimiyat vakilli gi natijasi sifatida ko‘rilgan va bunga ko‘ra rim xalqi o‘z qonun chiqarish hokimiyatini imperatorlarga o‘tkazgan. Shu vaqtdan boshlab imperatorlarning qonunlari huquqning eng muhim manbaiga aylangan. Imperatorlarning qonunlari magistratlarning ko‘pgina hujjatlaridan farq qilib, Rim davlatining butun hududida harakatda bo‘lgan, ya’ni shahar yoki alohida provinsiyalar doirasida cheklanib qolmagan. Imperator hokimiyati hujjatlari (konstitutsiya) quyidagi asosiy ko‘rinishlarga ega bo‘lgan:
Imperatorlarning konstitutsiyalari dastlab, faqat ommaviy tartibdagi davlat tuzilishi, uning organlari ma’muriyatni tashkil etish, jinoyatlarni hal etish kabi masalalarni hal qilish bilan bog‘ liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik huquqiy tartibga solishning barcha sohalarini tobora keng qamrab olgan. Shu o‘rinda aytish joizki, imperatorlik davrida ishlab chiqilgan ko‘pgina huquqiy hujjatlarning turli shakllari O‘rta asrlar monarxiyasining qonunchilik texnikasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Download 1,65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling