Akademiy a isxakov


-§. Rim huquqining tarixiy davrlarga bo‘linishi


Download 1.65 Mb.
bet4/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

2-§. Rim huquqining tarixiy davrlarga bo‘linishi


Rim davlati tarixining ming yildan ortiq davriga qaraganda ko‘proq uning huquq sohasida chuqur o‘zgarishlar yuz bergan. Rim huquqi tarixi tabiiyki, Rim davlati tuzumidagi o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirgan. Biroq u Rim jamiyatining ancha chuqur qatlamlari bilan ham bog‘ liq bo‘ lgani holda, o‘z rivojlanish jarayonida barcha murakkab iqtisodiy va boshqa ijtimoiy munosa- batlarning, jumladan, quldorlik bilan bog‘ liq munosabatlarning ta’sirini o‘zida sinab ko‘rgan. Bundan tashqari, G‘ arbiy Rim imperiyasida tarixan vujudga kelgan va rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan quldorlik davlatchiligini boshidan kechirgan. Shu sababli rim huquqi tarixining davrlarga bo‘ linishi borasida turlicha qarashlar mavjud.


Jumladan, huquqshunos olim X. Muhamedovning fikricha, rim huquqi tarixining quyidagi davrlarga bo‘ li nishi maqsadga muvofiqdir:

        1. Eng qadimgi davri (mil. avv. VI asr—III asrning o‘rtasi). Rim huquqi bu davrda asosiy institutlarining polischa maxdudligi (o‘zgalar uchun yopiqligi), qadimiyligi va eskirib qolganligi, rivojlanmaganligi va diniy xarakterda bo‘ lganligi bilan tavsiflanadi.

        2. Klassik davri (mil. avv. III asrning o‘rtasi va oxiri). Aynan mazkur davr mobaynida r im huquqi patriarxall ik va diniy qoldiqlardan xalos bo‘ladi va dunyoviy yuridik tizimga aylanadi.

        3. Postklassik, yangi klassik davri (mil. avv. IV—VI asr). Bu davrda quldorlik jamiyati va davlatning yemirilishi munosabati bilan rim huquqi amalda rivojlanishdan to‘xtaydi, o‘zida umumiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz izlarini ko‘tarib yuradi. Ushbu davrda



rim huquqidagi o‘zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va vujudga kelayotgan yangi feodal munosabatlariga asta-sekin moslashtirilishi bilan bog‘ liq bo‘ lgan1.
Shuningdek, huquqshunos olima Z. Shomuhamedovaning fikricha, hozirgi zamon romanistika ilmi rim huquqi tarixini quyidagi besh davrga bo‘ ladi. Ya’ni:

          1. Qadimgi (arxaik) davr—miloddan avvalgi 753—367-yillar;

          2. Klassik davrdan oldingi davr—miloddan avvalgi 367—17-yillar;

          3. Klassik davr—miloddan avvalgi 17-yildan milodiy 235-yilgacha;

          4. Klassik davrdan keyingi davr—milodiy IV—V asrlar;

          5. Yustinian davri—527—565-yillar2.

Sivilist olima L. V. Krujalova rim huquqi tarixini quyidagi davrlarga bo‘ladi:

  1. Qadimgi davr yoki kvirit huquqi davri—miloddan avvalgi 753—130-yillar;

  2. Klassik huquq davri—miloddan avvalgi 130-yilidan milodiy 230- yi llar;

  3. Postlassik davr huquqi—milodiy 230—527-yillar;

  4. Yustinian davri huquqi—milodiy 525—565-yillar3.

Fikrimizcha, rim huquqini sivilist olima L. V. Krujalova taklif etgan davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling