Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet28/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Cum manu mariti (kum manu mariti) asosida tuzilgan nikohda turmushga chiqqan xotin erining hukmronligiga, qaramiga, agar eri oila boshlig‘iga qaram bo‘lgan bo‘lsa, bunday holatda xotin oila boshqaruvchisi (pater familias) qaramligi, hokimiyati ostiga o‘tadi. Sine manu — xuddi konkubinat, ya’ni nikohdan o‘tmasdan yashash huquqiga o‘xshasa-da, lekin xotin kishi Rim oilasini

vujudga keltirishi hamda bolalarga ega bo‘ lib, ularni tarbiyalash maqsadi bilan ham farq qiladi.


Nikohga kirishish uchun bir qator shartlar qo‘yilgan va bular quyidagilardan iborat:

  1. nikohga kiruvchi shaxslarning umumiy roziligi bo‘lishi lozim. Agar ular uy boshqaruvchisi hokimiyati asosida yashab kelayotgan bo‘ lsalar, uy boshqaruvchisining ham roziligi olingan bo‘lishi, hamda u rozi bo‘lmagan taqdirda uning ustidan magistratga arz qilib, uning rozilik berishi uchun majbur qilish mumkin edi;

  2. nikoh yoshiga yetish, ya’ni qizlar uchun 12 yosh, yigitlar uchun 14 yosh balog‘atga yetish deb hisoblangan. Jinsiy balog‘atga yetish deganda, bola tug‘ ish qobiliyati hamda umr bo‘yi birga yashayman, bizlarning tuzgan ittifoqimiz bu nikoh «muqaddas narsa» degan ma’nolarni xayolidan hech qachon chiqarmagan holda umrini davom ettirishga tushunilgan;

  3. er yoki xoti ndan birining nikohi hali ajratilmagan bo‘lsa ya’ni, boshqa shaxs bilan nikoh munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa;

  4. nikohga kirishuvchi shaxslar qonuniy asosda nikohga kirish huquqiga, ya’ni jus conubii ga ega bo‘lishlari shart edi.

Rim davlatida imperator Yustinian boshqaruvi davriga qadar chet el fuqarolari Rim fuqarolari bilan nikohga kirisha olmaganlar, chunki chet el fuqarolari qonuniy asosda nikohga kirish huquqi (jus conubii)ga ega bo‘lmaganlar. Hatto ularni nikohdan o‘tkazmaslik masalasiga siyosiy nuqtai nazardan yondoshib, chet el fuqarolarini Rim oilasiga aralashtirmaslik hamda ularga Rim davlati fuqaroligi huquqini bermaslikni ko‘zlaganlar.
Qadimgi Rim tarixida nikohga kirishish marosimlarining har xil turlari qo‘llanilgan.
Birinchidan, kelin-kuyovga maxsus tayyorlangan nonni (yoki shirinlikni) birga yeyish, qolgan qismini esa Yupiterga sadaqa asosida olib kelish tartibida tuzilib, jretslar va boshqa shaxslar bilan bir qatorda 10 ta guvoh ham qatnashgan.
Ikkinchidan, plebeylar marosimi, ya’ni bu tarozibon va simob tayoqchasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda er va xotinning ota-onalari hamda beshta guvoh ishtirokida ilgaridan o‘rnatilgan so‘zlarni, luqmalarni takrorlash shart bo‘ lgan.


Kuyov turmushga chiqayotgan kelindan «men uchun haqiqiy xotin, ya’ni «materfamilis» bo‘ lishga qodirmisan» deb so‘rashi, bo‘lajak xotin esa «sen qayerda bo‘lsang, Gay, o‘sha joydan meni ham topasan» degan so‘zlarni qaytarishi, hamda kuyov qizning otasiga misdan qilingan quymani «qalin» deb topshirishi lozim bo‘lgan. Bu marosimlar sinfiy davrning oxirigacha saqlanib qolgan. Uchinchidan, hech qanday marosimlarsiz, XI I jadval qonunla- rida ko‘rsatilganidek, xotin kishi o‘z taqdirini er kishi bilan bog‘-
lashni jazm qilib nikohdan o‘tadi va u er hokimiyati ostida to‘liq qolib ketmaslikni e’tiborga olib, 1 yilda uch kecha-yu kunduz boshqa joyda yashab kelishi lozim bo‘lgan va natijada er hukmron- ligining mustahkamligini bo‘shashtirgan yoki bir yillik xotinga egalik qilish huquqi uzilgan.
Bu marosimlardan yoki amalga oshirilgan harakatlardan ko‘rinib turibdiki, hamma holatlarda nikoh munosabatlarini o‘rna- tishdan maqsad asosan er kishiga (manus) hokimiyat yoki «musht» berishni, ya’ni xoti n kishi ustidan erning hukmronligini o‘rnatish nazarda tuti lgan.
Imperator Kanuley qonunlariga (445-yillar) asosan patri tsiy va plebeylar o‘rtasida nikoh munosabatlariga yo‘ l qo‘yilmagan va bunday munosabat Rim fuqarosi hamda peregrinlar o‘rtasida ham mavjud bo‘lgan.
Imperator Avgust qonunlariga binoan, ozod tug‘ ilgan shaxslar bilan ozodlikka qo‘ yib yuborilgan shaxslar o‘ rtasida, Rim fuqarolari bilan aktrisalar, fohishalar hamda qo‘shmachilar bilan nikoh tuzishga ruxsat berilmagan, ya’ni nikoh tuzish man etilgan.
Rim davlatida nikohning tugatilish asoslari quyidagilardan iborat bo‘lgan:

  • er-xotindan birining vafot etishi bilan;

  • er-xoti nning biri ozodlik holatlarini yo‘qotishi natijasida;

  • sud tomonidan og‘ ir jazoga torti lishi;

  • ruhiy va jismoniy tomondan aqli noraso deb topilishi;

  • ajrashish munosabatlarining ro‘yobga chiqishi bilan nikoh tugatilgan deb hisoblangan.

Rim davlatining sinfiy davrida nikohdan ajratish erkin bo‘ lib, er va xotinning birgalikdagi roziligi, o‘z xohishlariga binoan

ajratilardi. Undan tashqari, tomonlardan birining istagi bilan ham ajratilgan.


Mutloq monarxiya davriga kelib, nikohdan ajratish ancha murakkablashdi. Imperator Yustinian tomonidan qabul qilingan qonunlarga asosan, ikki tomonning roziligi asosida tuzilgan nikohdan ajratish man etildi. Lekin bir tomonlama erkni izhor qilish natijasida nikohdan ajralishga qat’ iy sabablar, ya’ni er va xotinning bir-biriga xoinligi, bevafoligi, hayotiga suiqasd ujushti- rishi, shuningdek ayb bilan bog‘ liq boshqa harakatlarni amalga oshirgan bo‘lsalar, katta jarimani to‘lab nikohdan ajralishga rozilik berilgan.
Nikohdan ajralish usullaridan yana biri, er va xotin tomonidan ayb harakatlari bo‘ lmagan taqdirda ham, birining jinsiy aloqaga layoqatsizligi hamda diniy vakillar bilan butunlay monastirga o‘tish ixtiyorini tanlagan bo‘lsa, bunday holatlarda ham nikohdan ajratish mumkin edi.
Gay o‘zining institutsiyasida nikohdan hech qachon er va xotinning jahli chiqqan paytida ajratilishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. O‘z eridan ajrashgan xotin-beva «xafachilik» yilini (traur yili ) o‘tkazib, yangi turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan. Ammo axloq, odat normalari talab etgan hamda oldingi eridan agar homilador bo‘ lgan bo‘ lsa, 6 oy ichida farzand ko‘rishi lozim bo‘ lgan va bu munosabatlar xotin kishining sofdil, ya’ni boshqa shaxslar bilan aloqada bo‘ lmaganligini ko‘rsatgan, hamda u 18 oydan keyin nikohga chiqa olgan. Eri o‘lgan ayol bo‘lsa, ikki yil o‘tgandan keyin nikoh qurishi mumkin bo‘ lgan. Yangi erga chiqqan xotin, bolalarining manfaatini o‘ylagan holda yangi oilaga oldingi eridan qolgan mulklarini unga o‘tkazmasligi va bermasligi lozim bo‘lgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling