Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet27/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

2-§. Nikoh


Rim quldorli k jamiyatida oila nikoh orqaligina vujudga kelgan. Mashhur Rim huquqshunosi Modestin nikoh tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: « N ikoh er va xoti n o‘rtasida xudo va


insoniyat huquqlariga asoslanib butun umr bo‘yi tuziladigan, hamda o‘ziga tegishli bo‘ lgan munosabatlarni muddatsiz amalga oshiradigan itti foqdir».
Albatta, M odestin fikrlarini cum manu (oi lada erning ustunligini tan oladigan) asosida tuzilgan nikohlarga taalluqli deb aytishimiz mumkin, lekin ota hukmronligi instituti er va xotinning tengligini hech qachon e’tirof etmagan, chunki turmushga chiqqan xotin doimo oila boshqaruvchisi homiyligiga o‘tgan.
Rim huquqi o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi ikki nikohni tan olgan:
birinchidan, qonuniy nikohni;
ikkinchidan, nikohning konkubinat usulini (noqonuniy nikoh). Qonuniy nikoh deganda, jus conubii (qonuniy nikohga kirish huquqi) asosida tug‘ ilgan farzandlar Rim davlatining fuqarosi bo‘ lib hisoblanadigan va otasining o‘z bolalariga bo‘ lgan hukm- ronligini, hokimiyatini ta’minlab bera oladigan munosabatlar
tushunilgan.
Konkubinat usuli jus conubii ga, ya’ni qonuniy nikohga kirish huquqiga ega bo‘ lmagan shaxslar tomonidan, lekin qonun tomonidan ruxsat etilgan doimiy ravishdagi birga yashash faoliyatiga tushunilgan.
Konkubinat bu haqiqiy nikoh bo‘ lmasa-da, lekin ayrim hu- quqlarni vujudga keltirish asosida ulardan tug‘ilgan farzandlar ota hukmronligiga, hokimiyatiga taalluqli bo‘lmagan holda o‘z munosa- batlarini amalga oshirganlar.
Imperator hokimiyati respublika davrida Rim oilasining mono- gamiya xarakteriga ega ekanligini bilsalar ham, erkaklar uchun o‘z xoti nlaridan tashqari yana boshqa bir xoti n bilan konkubinat usulida yashashga ijozat bergan. Lekin eri bor xotin kishi konkubinat usulida boshqa shaxs bilan yashashi ma’ lum bo‘ lib qolsa, er kishi o‘z xotinini o‘ldirish huquqiga ega bo‘lgan.
Rim huquqida konkubinat usulida birga yashash faoliyatiga yo‘l qo‘yilganligi sababli ba’zan qullar peregrinlar va boshqa kambag‘al bo‘lgan shaxslar nikohga kirisha olmaganlar, chunki ularning nikoh tuzishlari uchun mablag‘ i, uy-joyi ham bo‘ lmagan.


Rim davlati o‘z hududlarini kengaytirish va hukmronlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan juda ko‘p urushlar olib borishi natijasida erkaklar qirilib ketgan. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun ham konkubinat usuliga yo‘ l qo‘yishgan.
1941—1945-yillardagi II jahon urushi ham ko‘plab erkaklar- ning o‘ limiga sabab bo‘ ldi. I. V. Stalin tomonidan bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun 1943-yil 8-sentabr, 1944-yil 8- iyul, 1944-yil 10-noyabr, 1945-yil 14 - mart oylaridan farzandlarning ko‘proq tug‘ ilishini va yo‘qoti lgan, o‘lgan shaxslarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida farmonlar qabul qilingan edi. Afsuski, bu farmonlar o‘z natijasini bermadi.
Rim davlatida ham qonunlar qabul qilinib, ayniqsa yangi milodning I asrida ikkita qonun qabul qilinib, ularda erkaklar 25 yoshdan 60 yoshgacha, xotin-qizlar 20 yoshdan 50 yoshgacha turmush qurishlari yoki erkaklar uylanishlari shart qilib qo‘yilgan. N ikohda turmagan shaxslarning mulkiy huquqlari chegaralan- gan, ya’ni bu qonunlarga binoan vasiyatnoma asosida meros olish huquqidan mahrum qilingan. Agar farzandlarga ega bo‘ lmasa, qoldirilgan merosning yarmini olishi mumkin edi. Hatto er kishiga bir bola, xotin kishiga uch boladan to‘g‘ri kelmasa, ozodlikka chiqqan qo‘yib yuborilgan xotinlar 4 bolaga ega bo‘ lmasa, ular
«farzandlari yo‘q» bolasizlar deb atalgan, hamda ular jamiyatning huquqiy normalari, yoki odat normalari, yashash qoidalari orqali ularning huquqlari chegaralangan. Shuning uchun oilaning asosini nikoh tashkil etgan.
Imperator Yustinian davriga qadar Rim davlatida nikoh shakl- lari ikki xil tuzilishda amalga oshirilgan, ya’ni: cum manu mariti
— oilada erning hukmronligi ta’minlangan; sine manu — ozod bo‘lgan nikoh sifatida, ya’ni xoti nning hukmronligini ta’minlash asosida tuzilgan nikoh shakllari mavjud bo‘ lgan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling