Akademiy a isxakov


-§. Shartnomalar bo‘yicha mulk huquqining vujudga kelishi


Download 1.65 Mb.
bet41/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

8-§. Shartnomalar bo‘yicha mulk huquqining vujudga kelishi


Qadimgi rim huquqida rimliklar mulk huquqining vujudga kelishini tarixiy belgilarga asoslanib, sivil huquqlari va xalqlar huquqlariga taalluqliligi jihatdan yondoshganlar. Bunga asosiy dalil


sifatida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga mulkning hosila jihatdan o‘tishi (ko‘pchili k holatlarda shartnomalar orqali) hamda dastlabki, ya’ni egasi bo‘ lmagan, biror-bir shaxs tomonidan egallanmagan, ashyoga nisbatan birinchi marta huquqning yoki egalikning vujudga kelishi ko‘rsatilgan.
Rim huquqida ashyoga, mol- mulkka ega bo‘ lish deganda, dastlabki va hosila asosda vujudga keladigan usullar tushunilgan. Rim imperatorlarining qonunlariga, farmoyishlariga va pretorlar qarorlariga va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilingan holda, shaxslar tomonidan o‘zi uchun yaratilgan, o‘z mehnati asosida ishlangan obyektga, ashyoga, mahsulotga nisbatan egalik huquqi birinchi marotaba paydo bo‘ lgan. Rim fuqarolari o‘z mulkiga nisbatan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, egalik huquqini yo‘qotgan bo‘lsa yoki o‘z ashyolarini, mulkini tashlab yuborgan bo‘lsa va o‘z ixtiyoridan chiqib ketgan bo‘lsa, qonuniy asosda egallash natijasida mulk huquqi vujudga keladi. Bu vujudga kelgan egalik huquqi boshqa shaxslarning egalik huquqi bilan butunlay bog‘ liq emas. Ana shunday ashyoga, obyektlarga, mulkka bo‘ lgan egalik huquqining vujudga kelishi dastlabki usul asosida mol-mulkka egalik huquqining vujudga kelishi deb tushuniladi.
Dastlabki usuldan tashqari mulkka bo‘lgan egalik huquqining vujudga kelishi hosila usulida ham amalga oshirilgan. Mulkka egalik qilish huquqining hosila usuli deganda—mol- mulk, ashyo yoki biror obyekt shaxslardan-shaxslarga kelishuv, shartnomalar asosida qonun -qoidalarga rioya qilingan holda egalik huquqi birinchi sotuvchidan-oluvchiga ixtiyoriy asosda, belgilangan narxni to‘lash asosida o‘tkaziladi. Bunday hollarda mol- mulk o‘zining dastlabki sifatini yo‘qotmaydi, faqat subyektlar o‘zgaradi, xolos ya’ ni, sotuvchi ushbu ashyoga, mol- mulkka nisbatan mulk huquqi egaligini yo‘qotadi, sotib oluvchi esa yangi mulk huquqining subyekti bo‘ lib hisoblanadi.
Huquq va burchlarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishiga huquq vorisligi deyiladi. Mulk huquqining vorislik bo‘yicha bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi hosila usuli deyiladi1.


1 Ðàç ì î í ³ óëî â ¥. ¤çáåêèñò î í Ðåñïóáëèêàñè Ôó³ àð îëèê êîäåêñè í è í ã áèðè í -
÷è ³ èñ ì èãà ó ì ó ì èé òàâñè ô âà øàðzëàð. 1-æèëä. — Ò., 1997. — 337—338- áåòëàð.

Rim huquqi mulk huquqining vujudga kelishini doimo yangi narsalarni yaratish, o‘zlashtirilmagan tabiat boyliklariga ega bo‘lish kabi munosabatlarni ko‘proq e’tiborga olgan. Ayniqsa, mulk huquqiga ega bo‘lishning eng asosiy, ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy usulda amalga oshiriladigan turini, ya’ni shartnomalarni tuzish asosida mulk huquqining vujudga kelishiga katta e’tibor qaratgan.


Mulk huquqini shartnomalar asosida o‘tkazish deb, rimliklar
«shaxslar o‘rtasida biror-bir ashyoni, mulkni bir-biriga shartno- malar, bitimlar asosida, meros tariqasida, vasiyatnomalar va qonunga binoan merosxo‘rli k munosabatlarini qo‘llagan holda tirik shaxslar bilan birgalikda qilingan harakatlar, ya’ni o‘tkazish, berish, ashyoni topshirish yoki ega bo‘ lish layoqatlariga aytilgan.
Bundan tashqari, mulk huquqiga ega bo‘lishning qonunlar bilan nazarda tutilgan yuridik faktlarning vujudga kelishi, mulkka egalik qilish uchun asos, mulk huquqini vujudga keltiruvchi muddatning o‘tib ketganligi va boshqa huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi harakatlar ham asos bo‘ lgan.
Rim sinfiy davrida shartnomalar asosida mulkka egalik qilish huquqining vujudga kelishi uchta usul asosida amalga oshirilgan. Bu usullar mansiðatsio, in jure chessio va traditsiolarga bo‘li nib, har biri o‘zining mazmuniga, mulkni o‘tkazish usuliga ega bo‘lgan.
Imperator Yustinian davriga kelib, mulkka egalik qilish huquqining vujudga kelish usullaridan traditio (an’anaviy) usuli keng tarqalgan. Bu usulning o‘ ziga xos xususiyati, mulkni o‘tkazuvchi shaxs yoki sotuvchi bo‘lsa, o‘tkazuvchi yoki sotuv- chining o‘zlariga o‘tkazilayotgan, yoki sotiladigan mulk huquqiga tegishli bo‘ lib, ular uning subyektlari bo‘ lishlari shart bo‘ lgan. Agar ular mulk huquqining egasi hisoblanmasa, bunday harakat mulk huquqining yangi egaligini, subyektini keltirib chiqarmagan. Shartnomalar asosida mulk huquqining vujudga kelishi uchun tomonlarning o‘zaro erklarining bayon qilinishi, ya’ni roziligi bo‘ lishi, hamda mulkning mavjud bo‘ lishi unga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishini amalga oshiradigan munosabatlarning yuzaga kelishi shart bo‘ lgan.
Rim huquqida sinfiy davr mobaynida mulk huquqiga ega bo‘lish usullaridan biri «an’ana» (traditio) hisoblanib, bu usul eng qulay,

oddiy va norasmiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun boshqa usullardan farq qilib, eng asosiy usul bo‘lib qolgan. An’ana usulida mulk huquqi ashyoning faqat «adolatli», ya’ni qonuniy asoslar jista causa ning mavjudligi sharoitida amalga oshirilgan.


Mansiðatsio (manciðatio) usuli kviritlar huquqiga taalluqli bo‘lib, u mulk va ashyoni beshta guvoh oldida, kelishilgan narx asosida, tarozibon ishtirokida amalga oshirilib, xuddi oldi-sotdi shartnomasiga o‘xshash qoidalar asosida vujudga kelgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling