Akademiy a isxakov
-§. Boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquq va uning turlari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Servitutlar va ularning turlari
1-§. Boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquq va uning turlariQadimgi Rim quldorlik davlatida ashyoviy huquqiy munosabat- lar faqat mulk huquqi institutlari hamda egallashdan tashkil topmasdan, balki alohida maxsus ashyoviy huquqlar, ya’ ni boshqalarning mulkiga bo‘ lgan huquqlardan ham vujudga kelgan. Bu huquqlarning mulk huquqidan farq qiladigan xususiyatlari, ularning predmeti to‘liq asosda ashyo bo‘lib hisoblanmasdan, balki ashyoning ma’lum funksiyalarini boshqarib tartibga solishdan iborat bo‘ lgan. Bu huquqlar boshqalarning yoki begona shaxslarning mulklaridan yoki ularning ma’lum bir xo‘jalik funksiyalaridan foydalanish deb ham e’tirof etilgan. Ri m huquqshunoslari boshqalarning mulkiga bo ‘ lgan huquqlarni dastlab faqat yer bilan bog‘ liq bo‘ lgan servitutlarga qo‘llaganlar. Boshqalarning mulkiga bo‘ lgan huquq hayot taqozosi asosida, mulk huquqining subyekti istamagan holatida ham, undan foydalanish uchun noiloj asosda, ruxsat berishga tushunilgan bo‘lsa ham, ko‘proq quldorlar manfaatini ko‘zlab, mulk huquqidan to‘liq foydalanishni chegaralashga aytilgan. Qadimgi servitutlarga asoslanib, boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquq quyidagi turlarga bo‘lingan: servitutlar; emfi tevzis; superfitsiy; garov huquqi. 2-§. Servitutlar va ularning turlariServitutlar (jura praediorum) deganda, dastlabki paytlarda faqat yer bilan bog‘ liq bo‘ lgan servitutlar e’ tiborga olingan. Keyinchalik Rim shahrining gurkirab rivojlanishi natijasida shahar servitutlari, qurilgan uy-joy va hovlilarga bo‘lgan servitut vujudga kelgan. Yer servitutlari asosan qo‘shnilar bilan bog‘ liq munosabat- lardan, ya’ni ikki hovli o‘rtasidagi devordan bevosita ikkala subyekt- ning ham o‘zaro kelishuv asosida foydalanishidan kelib chiqqan. Qo‘shnilar bu munosabatlarni amalga oshirish uchun shartnoma tuzib, o‘zlarining manfaatini ko‘zlagan holda foydalanganlar. Servitutlarni amalga oshirayotgan paytda XII jadval qonunlarida ko‘rsati lganidek, hovlining devorini qurayotgan vaqtda qo‘shnining uchastkasidan 1 fut (30 sm.) uzoqroqdan, uy-joy qurilayotgan bo‘ lsa 2 fut (60 sm.) uzoqroqdan fundament tashlashga katta e’tibor qaratganlar. Ayniqsa, qo‘shnining hovlisiga o‘tib ketgan daraxtning shox-novdalari 6 futdan oshgan bo‘lsa (1 metr 80 sm.) uni kesish lozim bo‘lgan. Agar mulk huquqining egasi bunday harakatlarni amalga oshirmasa, qo‘shni uni butunlay kesib tashlash huquqiga ega bo‘lgan. Servitutlar umuman yer servitutlariga va shaxsiy servitutlarga bo‘lingan. Yer servitutlarining o‘zi ham qishloq va shahar servitut- lariga bo‘lingan. Bu servitutlar guruhiga yo‘ldan, suvdan foyda- lanish servitutlari kiriti lgan. Qishloq servitutlari quyidagi to‘rt qismga bo‘li ngan: Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling