Akademiy a isxakov


-§. M ulk huquqini himoya qilish


Download 1.65 Mb.
bet42/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

9-§. M ulk huquqini himoya qilish


Qadimgi Rim quldorlik davlatida mulk huquqini himoya qilish o‘zining kelib chiqish manbalariga qarab, ya’ni odat huquqlari, sivil va pretorlar huquqlari, ularning yo‘ nalishi va turlariga asoslanib, himoya qilish usullari har xil bo‘lgan. Mulk huquqini himoya qilish usullari sinfiy davrda, dominat davrlarida, Yustinian qonunlariga asosan o‘zgarib, har bir davrning qonun-qoidalariga moslashtirilib borilgan. Mulk huquqini himoya qilishning eng asosiy usuli vindikatsion da’vo asosida himoya qilish hisoblangan.
Vindikatsion da’vo, eng avvalo, protsessual huquq normalari bo‘ lib rei vindicatio («vim dicere» — kuch ishlataman, ya’ni kuchimni ishlatish to‘g‘risida e’lon qilaman) degan qadimgi tarixiy ma’nolarni anglatgan. Rim huquqining yanada takomillashib borishi natijasida protsessual normalar bilan birgalikda moddiy-huquq normalari ham rivojlanib, o‘zgarib, oxir-oqibat moddiy-huquqiy normalardan tashkil topgan, vindikatsion da’voga aylangan va bu eng asosiy da’vo turlariga kiritilgan.
Vindikatsion da’vo deganda, mulk egasining roziligisiz boshqa shaxslar tomonidan noqonuniy asosda mulkni, ashyoni egallab olish tushunilgan.
Bu da’voning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ lgan:

  • da’vo qilish mulk huquqining subyektidan — kim tomonidan egallangan bo‘ lsa, ushlab turuvchi yoki egalik qiluvchi shaxslarga, hatto ularning insofli yoki insofsiz egallovchilar bo‘lishidan qat’ i nazar ashyoni, mulkni egallagan shaxsga da’vo qaratilardi;




    • da’vo ashyoviy xarakterga ega bo‘ lib, mulkni egallagan shaxsga yoki egallab olaman degan maqsadni, erkni izhor etgan shaxsga qaratilgan;

    • da’vogar tomonidan da’vo predmeti, uning obyekti, ko‘ch- mas va ko‘chirilishi mumkin bo‘ lgan yoki mumkin bo‘ lmasligini aniq ifodalab, da’vo arizasida ko‘rsatishi lozimligi;

    • rim davlati sinfiy davrning oxirlaridan boshlab mulkni

«ushlab turuvchi» dan ham talab qilib olishning boshlanganligi;

    • javobgarning da’vo arizasini qanoatlantirishi hamda ko‘chi- rish to‘g‘risida interdiktning qo‘llanilishi, agar da’vo ko‘char va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, pretor buyrug‘i asosida ashyoni topshirish yoki ashyoni, mulkni olib qo‘yish, hamda obyektni olib ketish munosabatlari;

    • da’vogarning protsessni yutib chiqqandan keyin, da’vo qilgan paytidan boshlab, bo‘ lgan mulk yoki ashyolarni shu paytning o‘zidayoq o‘ziga o‘tkazib olishi;

    • insofsiz egallovchidan mulkdan olingan hosil va daro- madlarini ham qaytarib olish to‘g‘risida talab qilinishi;

    • javobgarga nisbatan da’voni yutqizib qo‘ygandan so‘ng uning ijrosini kechiktirayotganligi uchun jarima qo‘llash huquq- larining mavjudligi;

    • mulk huquqi egasining mulkni egallash elementi yoki mulkning to‘liq qonunsiz egallovchiga o‘tib ketganligi natijasida undan foydalana olmaslik, tasarruf eta olmaslik munosabatlarining chegaralanishi;

    • rim davlatining sud protsessida, ya’ni formulalarga asoslan- gan protsessda hamda pretor da’volariga asosan, javobgarni ashyoni qaytarib bermasdan, uning o‘rniga ma’ lum bir ekvivalent yoki pul summasi bilan to‘ lashning ham e’tiborga olinishi va bundan da’vogarning qasamyod qilishi natijasida ashyoning qiymati baholanishi.

Vindikatsion da’voda mulkni noqonuniy egallab olgan shaxs insofli egallovchi bo‘ lsa, uning javobgarligi biroz yumshatilgan holda amalga oshirilgan. Unda faqat da’vo talablari joriy etilgan kundan boshlab, insofli egallovchi o‘z qo‘lida bo‘lgan mulki uchun

javobgar bo‘ lgan.Insofli egallovchi o‘zi tomonidan hazm qilingan mulklar, ashyolar bo‘yicha javob bermagan. Ammo hosil va daromadlari saqlanib qolgan bo‘ lsa, (masalan, omborxonada ikki yashik olma saqlanib qolgan bo‘lsa, uni insofli egallovchi qaytarishi lozim bo‘ lgan) o‘zini mulk huquqining egasi sifatida ko‘ rib, keltiriladigan zarar va oqibatni o‘ylab qaytarib berishi lozim bo‘lgan.


Insofli egallovchi tomonidan egallangan mulkni yaxshilash uchun xarajatlar qilingan bo‘ lsa, bu xarajatlarni mulk egasi qaytarib berishi hamda agar qilingan xarajatlarni ashyoning yoki mulkning tayinlanishini, mohiyatini buzmasdan, qo‘shilgan ashyoni olib ketish mumkin bo‘ lsa, uni alohida ajratib olib ketishga ruxsat berilgan.
Noqonuniy asosda egallangan mulkni noinsof (insofsiz) shaxs bu mulkning kimga taalluqliligini bilib, o‘zining manfaatini ko‘zlab, balki arzon narxda sotib olib, mulkdan, ashyodan foydala- nadi. Unga da’vo qaratilgan paytda, da’vo predmetida insofsiz egallovchi tomondan mulk egallangan kundan boshlab, da’vo talablari joriy etilgan kunga qadar bo‘lgan mulkning o‘zini, hosil, daromadlarini to‘ liq asosda to‘ lattirib olish huquqini amalga oshirish, hamda javobgar tomonidan mulkni yaxshilash uchun qilingan sarf-xarajatlarni ham qaytarib bermaslik munosabatlarini amalga oshiradi. Undan tashqari, agar ashyoni saqlash natijasida undan maqsadga muvofiq foydalanmagan bo‘ lsa, undan keladigan yoki olinishi mumkin bo‘ lgan daromadlarni yoki mulkka yet- kazilgan zararlarni ham to‘ liq qoplashi lozim bo‘ lgan. O‘g‘rilarga esa hech qanday sarf xarajatlar berilmagan, ulardan aksincha, barcha olingan hosil va daromadlar, hamda mulkdan ehtiyotlilik, tejamlilik asosida foydalanishi lozim bo‘ lgan ashyolarni, mulkni qaytarish talab qilingan.
Rim davlatida mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion da’vodan tashqari negator, progibator va publikanlar da’vo turlari ham mavjud bo‘ lgan.
Negator da’vo (actio negatoria) deb, mulk huquqining sub- yekti o‘z mulkidan foydalanishni o‘z istagi, xohishi va hukmronligi bo‘yicha foydalana olish imkoniyatidan mahrum bo‘lish yoki uning


chegaralanishiga aytiladi. Mulkdor o‘z huquqining elementlaridan biri, ya’ni foydalanish elementini to‘ liq amalga oshira olmaydi. Shuningdek, negator da’vo — bu mulkdorning egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish munosabatlari bo‘ lib, ushbu da’vo mulk huquqining ega- sidan, qonunsiz ravishda boshqa shaxs tomonidan mulkdorga tegishli bo‘ lgan o‘z mulkidan maqsadga muvofiq foydalanishini chegaralab qo‘yilishi deb atalgan. Bunday holatda mulkdor bu chegaralashni bartaraf etish uchun qonunsiz harakat qilib turgan shaxsga da’vo talablarini joriy etgan. Bu yerda mulkdor o‘z mulkiga bo‘ lgan va mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan beshta elementni ham saqlab qoladi, ammo foydalanish elementini chegaralaganligi uchun beshinchi element mulk huquqini himoya qilish elementiga asosan, chegaralangan huquqini qo‘llab uni dastlabki buzilmagan holatiga keltiradi.
Mulk huquqining egasi foydalanish huquqining chegaralan- ganligi natijasida keltirilgan zararlarni chegaralagan shaxsdan qaytarib, to‘latti rib oladi va kelajakda yana foydalanish elementining chegaralanishiga yo‘ l qo‘ymasligini talab qiladi.
Progibator da’vo negator da’vo bilan birgalikda vujudga kelib,
«taqiqlash» degan ma’noni ko‘zlab, o‘z mulkining mustaqilligini ta’minlashda, o‘zining «taqiqlash», «ruxsat bermaslik», «man etish» huquqlarini, faqat o‘zi tomonidan amalga oshirishini talab qiladigan, boshqa shaxslarning bunga aralashishiga yo‘ l qo‘ymas- ligidan iborat bo‘ lgan huquqiy munosabatlardir.
Publikanlar da’vosi deganda, bu da’vo miloddan avvalgi I asrda vujudga kelgan bo‘ lib, mulk va ashyoning egasi bo‘ lmagan shaxsdan insofli asosda mulkning boshqa shaxs tomonidan egallanilishiga tushunilgan. Bu da’vo ba’zan pretor da’volar deb ham atalgan. Uning asl maqsadi — «huquq haqida»gi da’vodan iborat. Ular bonitorlar mulkini himoya qilishga qaratilgan da’volar bo‘lib tanilgan va bu da’vo nihoyatda kam qo‘llanilib, o‘z mohiyatini asta-sekin yo‘qotib borgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling