Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
3-§. EmfitevzisRim sinfiy huquqi davrida Sharqiy Rim imperiyasida qo‘llanil- gan uzoq muddatga mo‘ljallangan meros ijarasi yoki umrbod meros tariqasida yerga ijara asosida ega bo‘lish emfitevzis deb atalgan. Emfitevzis grek so‘zidan olingan bo‘lib, Rim davlati tomonidan bosib olingan yerlarni ishlash, qayta ishlash asosida kelib chiqib, yerlari kam bo‘ lgan qullarga, peregrinlarga, lotinlarga va boshqa yer bilan mashg‘ul bo‘ lishni xohlagan shaxslarga yer berib, bu yerdan umrbod meros tariqasida foydalanishni vujudga keltirishga tushunilgan. Emfi tevzis — uzoq muddatni ko‘zlagan, meros tari- qasida yerni farzandlariga o‘tkazishi mumkin bo‘lib, doimiy egallash bilan bog‘ liq, xavf-xatardan holi bo‘ lgan, ijara haqini juda oz miqdorda to‘ laydigan eng asosiysi yerga yaxshi qarab, ko‘proq hosil olish imkoniyatini vujudga keltiradigan, hatto mulk huquqi- ning egasidek vakolatlarga ega bo‘ lishiga yaqin munosabatlardan tashkil topgan. Emfi tevzisning muddatli ijara shartnomasidan farqi har yilgi ijara haqini to‘ lagandan keyin, bunga katta mustaqil imkoniyat tug‘ ilardi, ya’ni boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquqni uning merosxo‘rlari va boshqa avlodlari meros tariqasida ulardan foydalanib avloddan-avlodga o‘tkazardilar. Emfitevzisga ega bo‘lgan shaxslar yerni garovga, kafolatga qo‘yishi yoki bu huquqni boshqa shaxsga vaqtincha o‘tkazib turish huquqiga ham ega bo‘ lgan. Bu munosa- batlarni ko‘pincha mulk huquqining egalari amalga oshirganlar. Ana shundan kelib chiqib, Rim huquqshunoslari emfi tevzisga ega bo‘lgan shaxslarni mulk huquqining egasidek ko‘rganlar. Bularning huquqlari pretorlar tomonidan himoya qilinib, har qanday shaxs huquqni buzgan bo‘ lsa, o‘sha shaxsga qarshi da’vo qo‘zg‘atilgan va hatto mulk huquqining egasiga ham shunday huquqlar qo‘llanilgan. Emfitevzisning servitut huquqlaridan farqi shundaki, emfitev- zis yerni uzoq muddatga va merosxo‘rlariga o‘tkazish huquqiga ega bo‘ lgan holda olgan ijara shartnomasi, ( masalan, yerni ishlash, qayta ishlash, yer uchastkasi va boshq.)ni o‘z xohish- istagiga ko‘ra o‘zgarti rish, hatto mulk huquqining egasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarni ham o‘zini mulk huquqi- ning egasidek his qilib, bu munosabatlarni amalga oshirgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling