Mavzu: Rim respublikasining hayoti Reja: Shaharlardagi hayot Qadimgi rimliklarning xudolari


Download 1.48 Mb.
Sana14.08.2020
Hajmi1.48 Mb.
#126234
Bog'liq
5.3-taqdimot


Mavzu: Rim respublikasining hayoti

Reja:

1. Shaharlardagi hayot

2. Qadimgi rimliklarning xudolari

3. Diniy marosimlar

Davlatning hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko‘paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko‘plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar 2–3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o‘zlariga koshona qurib olar edilar. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar – shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona bo‘lgan uy-joylar – villalar devorlarini freskalar – xom suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turgan. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo‘lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan. Rim bozorlarida katta tovar bo‘lmish qullarga talab ko‘p edi. Har bir shaharning qullar sotiladigan bozorlari bo‘lgan.

Kolizey

Mozaikalar – shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar

Odamlar kiyib yuradigan liboslari ularning jamiyatdagi mavqeini bildirgan. Masalan, o‘g‘il bolalar 14 yoshga to‘lgunga qadar pushti yo‘llik toga kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq toga kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir togani senatorlar ham kiyishgan. Rimlik ayollar turli rangdagi ko‘ylaklar kiyib, bosh va yelkalariga ro‘mol tashlab yurganlar.

Kundalik hayotda rimliklar o‘z xudolariga madad va homiylik istab murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug‘vor ibodatxonalar barpo etilgan. Rimliklar xudolarining ko‘pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar xudolarga qurbonliklar bag‘ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik, degan xayolga borishgan.Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter Rim davlatining homiysi bo‘lgan. Rimda xudolarga sig‘inish keng tarqalgan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana, olov va temirchilik xudosi Vulqon, bahor va sevgi xudosi Venera, may xudosi Baxus, sudlov ilohasi Yustitsiya, taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupiterning ulkan haykali o‘rnatilgan. Ibodatxona yonida altar – qurbonlik baxshida etiladigan ko‘tarma joy bo‘lgan. Odatda ho‘kizlar, qo‘ylar, cho‘chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan.

Yupiter-Rimliklarga uni bo'ron va bo'ron havosi bo'lishiga ishondi. U erdagi chaqmoqni otib, irodasini namoyon qildi. Ular yiqilib tushadigan joy muqaddas bo'lishiga ishonishdi. Yupiterdan yaxshi hosil uchun yomg'ir so'radi. Ular uni Rim davlatining homiysi deb bilishardi.

Merkuriy – savdo-sotiq xudosi

Neptun – dengiz

xudosi

Vulqon – olov va temirchilar xudosi

Qadimgi Rim xudolari

Yustitsiya – odil sudlov ilohasi

Fortuna – taqdir ilohasi

Diniy marosimlar qat’iy belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Marosimlar o‘tkazilishi ustidan kohinlar – pontifiklar – Rim ruhoniylari nazorat qilishgan. Ular bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylardan jamlangan pontifiklar hay’atiga Buyuk pontifik rahbarlik qilgan. Buyuk pontifik xudolar bilan maslahatlashib, xulosa beradi, deb hisob lashgan. Rimliklar barcha muhim ishlarni fol ochishdan boshlashgan. Fol ochish kohinlar – avgurlar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, akssadoga va hokazolarga qarab fol ochar, alomatlar ko‘ngildagidek bo‘lmasa, ishlar ma’lum muddatga kechiktirilar edi. Xonadon o‘chog‘i ilohasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlangan. Muqaddas olovni saqlash ayol kohinalar vestalkalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turar ekan, hayot mavjuddir, deya hisoblashgan.

Rim ibodatxonasi

E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling