Akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan va O‘zbekiston fa nashriyoti tomonidan amalga oshirilgan edi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/34
Sana15.07.2017
Hajmi2.51 Mb.
#11281
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

72 

 

Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,  



Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq.  

Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,  

Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq. 

73 

 

Ul damki quyosh bottiyu sarg‘ardi shafaq,  



Bazmingg‘a shafaqgun may ila ber ravnaq.  

Ne haqni unut, ne mayni quyg‘il mutlaq  

Kim, tongla erur tengri karimu barhaq. 

74 

 

Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q,  



Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q.  

Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q,  

Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q. 

75 

 

Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushluq,  



To bir kishi aylagay tamanno xushluq.  

Yuz yilda agar bir o‘lsa paydo xushluq,  

Omodadurur yonida yuz noxushluq. 

76 

 

Hajringda mening sabrima juz nuqson yo‘q,  



Ko‘nglum aro g‘ayri nolavu afg‘on yo‘q.  

Jonimg‘a hayot umidi xud imkon yo‘q,  

Yo‘q-yo‘q, yo‘q, sabr yo‘q, ko‘ngul yo‘q, jon yo‘q. 

77 

 

Yo‘q dahrda bir besarusomon mendek,  



O‘z holig‘a sargashtavu hayron mendek.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

403


G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,  

Ya’niki, aloxonu alomon mendek. 



78 

 

Berahmdurur olamu zolim aflok,  



Bemehrdurur anjumu davron bebok.  

Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok  

Kim, yerga to‘kulmadi nechukkim xoshok. 

79 

 

Zohid senga, hur, manga jonona kerak,  



Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.  

Mayxona aro soqiyu paymona kerak,  

Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak. 

80 

 

Ey jonu ko‘ngul, bir-biringizga qorishing,  



Ul ko‘y sari raxshi tamanno yorishing.  

Hol ustida erkanim so‘zin o‘tkarishing,  

Holimni so‘rarg‘a kelmasa yolbarishing. 

81 

 

O‘lsam yasamang munda mazorimni mening,  



Yuklab eliting jismi figorimni mening.  

O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,  

Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening. 

82 

 

Ey ulki, zamona ahlidin ayrilding,  



Ishq ahli tariqi xo‘b ekanni bilding.  

Xush qilding, alar tavriniyu qotilding,  

Rahmat sanga, yaxshi aylading, xush qilding. 

83 

 

Ko‘ksumni jafo tiyg‘i bila yora qiling,  



Ko‘nglumni chiqaring dag‘i yuz pora qiling.  

Har porasini bir sari ovora qiling,  

Ishqim o‘tig‘a bu nav’ ila chora qiling.  

84 

 

Gar dilbar emas malakvashu hurxisol,  



Andin so‘ng ulusning ko‘zi ko‘ru tili lol. 

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

404


Ne husnig‘a ru’yatu ne ishqimg‘a maqol,  

Billah menu oshiqliq erur amri mahol. 



85 

 

Bir sari sarig‘ parlou men tutsag‘ yo‘l,  



Ne tog‘u, ne tuz, desang ne obodu, ne cho‘l.  

Yirtuq kepanakdin chiqarib yalang qo‘l,  

Ul qochsayu men qovsamu, men qochsamu ul. 

86 

 

Turmay meni zoru notavon birla ko‘ngul,  



Ulfat tutmish ul oston birla ko‘ngul.  

Yoreki manga jon edi ham azm etti,  

Men mundavu xizmatingda jon birla ko‘ngul. 

87 

 

Umring quyoshig‘a bermasun charx zavol,  



Joning qamarini qilmasun davr hilol.  

Tun-kun bo‘lg‘il mahravishu mehr xisol,  

Dahr ahlig‘a nurbaxshu farxundajamol. 

58 

 

Ey joni habibu ko‘ngli ahbobqa lol,  



Men ham qildim jonu ko‘ngulni irsol,  

Ko‘nglumga ber ahbob bila jomi visol,  

Jonimni habib oyog‘i tufrog‘ig‘a sol. 

89 

 

Sadbarg, binafsha, yo‘qsa nargis, yo gul,  



Ichmak bo‘lmas bular havosi bila mul.  

To hajr yelidin o‘ldi oshufta dimog‘,  

Yuz noxuna ko‘z ichravu yuz pora ko‘ngul. 

90 

 

Tog‘ ichra ajab shohdur ul sheftahol,  



Kim topsa bulog‘e suyi andoqki zulol. 

Boshi uza chatri saltanat har yangi tol, 

Su ichkali jomi ayshi bir eski safol. 

91 

 

To dahrdurur, dahr uza sulton bo‘lg‘il,  



To olam erur, olam uza xon bo‘lg‘il.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

405


Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,  

Ham jonlarig‘a moyayi darmon bo‘lg‘il. 



92 

 

Mug‘ dayri sari bugun tamanno qildim,  



Ul mug‘bacha husnini tamosho qildim.  

Din naqdini kufri birla savdo qildim  

Kim, qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?! 

93 

 

Yoshung‘an emish qora bulutqa mohim,  



Gardunni sovurmog‘liq erur dilxohim.  

Kirmish qora tufroqqa quyoshdek shohim,  

Nevchun qora qilmasun quyoshni ohim. 

94 

 

Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam,  



Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam.  

Ko‘zlarni olishmoqqa chekib tiyg‘i sitam,  

El ko‘zini ham o‘yg‘ayu o‘z ko‘zini ham. 

95 

 

Bahru kemadin ko‘ngulda ko‘ptur alamim  



Kim, sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.  

Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq  

Kim, yuz yil ani tay qila olmas qadamim. 

96 

 

G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum,  



Dardu g‘amu mehnat ilgida zor o‘ldum.  

Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum,  

Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum. 

97 

 

Ishq ahliki, manzurdin istarlar kom,  



Ul kom kerakki, bir nazar bo‘lsa tamom.  

Gar bo‘lsa nazzorasida andishayi xom,  

Ko‘zlarga nazar dog‘i harom o‘ldi harom. 

95 

 

Masjidqa necha ahli riyodek yetayin,  



Yo rind kebi azimati dayr etayin.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

406


Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin,  

Boshimni olib qay sari emdi ketayin. 



99 

 

Jonim aro o‘t la’li suxandoning uchun,  



Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun.  

Ko‘ksumda alif sarvi xiromoning uchun,  

So‘zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun. 

100 

 

Zulfung girihig‘a poybast o‘lmishmen,  



La’ling mayidin bodaparast o‘lmishmen,  

Ul mayni ichib yo‘lungda past o‘lmishmen,  

Hay-hay, ne dedim, magarki mast o‘lmishmen. 

101 

 

Zog‘eki cho‘qub oqizdi qon ko‘nglumdin,  



Tirnog‘ ila uzdi notavon ko‘nglumdin.  

A’zosida ko‘r asar damim dudidin,  

Minqor ila changida nishon ko‘nglumdin. 

102 

 

Xushtur bo‘lsak, ikovla hamdam senu men,  



Bir-birga desak, yetushsa har g‘am senu men.  

Bo‘lsaq bor esak haramg‘a mahram senu men,  

Mug‘ dayri aro bo‘lsa vatan ham senu men. 

103 

 

Ey bodi sabo, agar havo aylagasen,  



Gulshang‘a yetarni muddao aylagasen.  

Sarv ollida yer o‘pub duo aylagasen,  

Gul qoshida qullug‘um ado aylagasen. 

104 

 

Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘an,  



Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘an.  

Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,  

Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘an. 

105 

 

Isyon tutuni bermayu chehramga amon,  



Ul nav’ qora qildiki, mo‘rida samon.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

407


Oq aylamagini men siyahro‘yi yomon,  

Aylayolmon afv suyi birla gumon. 



106 

 

Isyon aro qolg‘an ibtilonimu deyin?  



Ma’mur etkan nafsi vag‘onimu deyin?  

Yo‘q toat ila kibru riyonimu deyin?  

Yaxshi demak o‘zni bu balonimu deyin? 

107 

 

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,  



Sajjoda garav bo‘lsa ne tong, ey rahrav,  

Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,  

Yo‘q ayb musallosi aning mayg‘a garav. 

108 

 

Jonimg‘a qilur javru jafo yor asru  



Kim, yor ichida javru jafo bor asru.  

Bo‘ldum chekibon javru jafo zor asru, 

Men javrkashu yor jafokor asru. 

109 

 

Gar qilsa kishi qilib gunohe, tavba,  



Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.  

Qilmoq necha goh jurmu gohe tavba, 

Bu jurm ila tavbadin ilohiy tavba. 

110 

 

Ne yuzini g‘oza aylamish farsuda,  



Ne ko‘ziga surma tortmish behuda.  

Ne qoshini vusma aylamish oluda,  

Bu yuzu ko‘zu qoshdin eman osuda. 

111 

 

Nomang manga ruhdin nishon bo‘ldi yana,  



Osoyishi joni notavon bo‘ldi yana.  

Har harfi aning tanimda jon bo‘ldi yana,  

Har lafzi hayoti jovidon bo‘ldi yana. 

112 

 

Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,  



Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

408


Javzoda chu tutti mehr orom ichma,  

Ko‘p bo‘lsa zarurat o‘lmayin shom ichma. 



113 

 

Mug‘ dayrida bo‘lsa manga bir koshona,  



Malja’ dag‘i piri dayrdek farzona.  

May mug‘bacha tutsa har zamon mastona,  

Kofir bo‘layin bo‘lsa murodim yona. 

114 

 

Ham jismingga za’f bo‘lsa jonim sadqa,  



Ham joningga jismi notavonim sadqa.  

Sarvingg‘a shikast o‘lsa ravonim sadqa,  

Yo‘q-yo‘qki, sanga jonu jahonim sadqa. 

115 

 

Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,  



Halloli rumuzi osmon bo‘lsa kishi.  

Yo oshiqi zori notavon bo‘lsa kishi,  

Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi. 

116 

 

Sen xud borasen ko‘ngulni qaytarg‘il, axiy,  



Bedilliq o‘tidin meni qutqarg‘il, axiy.  

Yo tiyg‘ chekib to‘sh-to‘shidin yorg‘il, axiy,  

Bir porasini bizga berib borg‘il, axiy! 

117 

 

Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i, 



Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.  

Bilman unutulg‘anmu ekandur manga hajr,  

Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i. 

118 

 

Jonimg‘a yetipturur xumor, ey soqiy,  



May tutqilu berma intizor, ey soqiy.  

Avval o‘zing ayla ixtiyor, ey soqiy,  

Tutqil menga so‘ngra zinhor, ey soqiy, 

119 

 

Oxir dami umr etsa shitob, ey soqiy,  



Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

409


Kim, hashrda mast o‘lay xarob, ey soqiy,  

To anglamay etsalar azob, ey soqiy. 



120 

 

Dedim zaqaning tutub, saqog‘ingni o‘pay,  



Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay.  

Guldek yuzung islabon dudog‘ingni o‘pay,  

Yo‘q, yo‘q-yo‘q, agar desang, ayog‘ingni o‘pay. 

121 

 

Har zulf xamig‘a qilma vobasta meni,  



Har ko‘z havasidin etmagil xasta meni.  

Har qosh tamaig‘a solma payvasta meni,  

Yo rab, borisidin ayla vorasta meni. 

122 

 

Jonimda xumordin azob, ey soqiy,  



Ko‘nglumda ham andin iztirob, ey soqiy.  

Yetkur manga jomi mayi nob, ey soqiy  

Kim, holim erur asru xarob, ey soqiy. 

123 

 

Furqat sahari g‘amg‘a yo‘liqturdi meni,  



Hijron kuni yuz balog‘a topshurdi meni.  

G‘am shomi o‘lum holig‘a yetkurdi meni,  

Tong otqucha uyqusizlig‘ o‘lturdi meni. 

124 

 

Munglug‘ boshim ostidag‘i toshimnimu dey?  



Tosh ustidagi g‘arib boshimnimu dey?  

Hasrat suyidin ko‘zimda yoshimnimu dey?  

O‘lmakdin sa’broq maoshimnimu dey? 

125 

 

Ne dashti maxuf emish fano sahrosi  



Kim, anda kirarga yo‘q balo yarosi.  

Hargiz chu yonib kelmadi nopaydosi,  

Kimdin kishi aylagay nishon ilqosi. 

126 

 

Avval menga vasli ruhparvar ne edi,  



So‘ngra qilmoq hajr ila muztar ne edi.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

410


Desam bo‘lar, ey sho‘xi sitamgar, ne edi,  

Derkim, senga ne, men bilayin har ne edi. 



127 

 

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,  



Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.  

Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,  

Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi. 

128 

 

Yo rabki, fano bazmida xos ayla meni,  



Faqr ahlig‘a sohib ixtisos ayla meni,  

Yo doxili zumrayi xavos ayla meni,  

Yo ranji avomdin xalos ayla meni. 

129 

 

To dasht bahor birla rangin bo‘lg‘ay,  



Gulzor nigorxonayi Chin bo‘lg‘ay.  

Dasht uzra senga saltanat oyin bo‘lg‘ay,  

Gulzor aro taxt ustida taskin bo‘lg‘ay. 

130 

 

To charx visoli ko‘yidin surdi meni,  



Qatl aylagali hajrg‘a topshurdi meni.  

Gar hajr o‘lum holig‘a yetkurdi meni,  

Yor etkani ta’na, lek o‘lturdi meni. 

131 

 

Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,  



G‘am kishvari ichra darbadar qildi meni.  

Andinki batar emas, batar qildi meni,  

Jon olg‘ucha ne deyki, nelar qildi meni. 

132 

 

Nomangki, menga mujdayi jone erdi,  



Hijron g‘amidin xatti amone erdi. 

Zulmatqa savodi gar nishone erdi,  

Mazmun anga obi zindagoniy erdi. 

133 

 

Til so‘z bila to qizitti hangomamni,  



Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.  

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

411


Har necha itikrak ayladim xomamni,  

Ul xoma qaroroq ayladi nomamni. 



Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

412


KO‘RSATKIChLAR 

 

TARIXIY, ADABIY VA MIFIK ShAXSLAR NOMI



KO‘RSATKIChI 

 

Abobakir — qit’a 39, 1. 



Abulg‘oziy Sulton Husayn Bahodirxon— debocha, 10. 

Ayoz —g‘azal 213, 6; 276, 3. 

Aliy — g‘azal 276, 5; qit’a— 47, 1. 

Amir Xusrav Dexlaviy — debocha, 11. 

Afridun — g‘azal 97, 7; 105, 9; 22, 7. 

Axraman — g‘azal 266, 2. 

Bahrom — g‘azal 172, 6. 

Bilol — g‘azal 51, 4. 

Bilqis —g‘azal 223, 9; 253, 7. 

Bulahab— g‘azal 45, 8. 

Bul’alo — g‘azal 45, 8. 

Vomiq —g‘azal 2, 6; 111, 3; 149, 5; 337, 8; 393, 3; 412, 6; 487, T; 593, 6. 

Dovud — g‘azal 225, 6; 287, 5; 538, 4. Doro — g‘azal 5, 3; 591, 7, debocha, 9. 

Jamshid (Jam)— g‘azal 1,3; 16,6; 41,9; 97,7; 105,8,9; 120, 7; 178, 6; 222, 7; 257, 7; 315, 7; 347, 7; 

353, 6; 415, 3; 511, 3; 556, 5; 573, 6; 581, 7; 650, 7. 



Imron —328, 4. 

Iskandar (Skandar) —5, 3; 257, 7; 591, 7. 

Iso —g‘azal 90, 1; 114, 3; 133, 2; 207, 5; 225, 2; 257, 3; 264, 9; 293, 5; 347, 2; 364, 6; 429, 4; 450, 7; 

462, 3; 475, 1; 486, 2; 522,4; 542,2;  



muxammas—1,7 bandi  

musaddas — 3 baid.  

Kay — g‘azal 581, 7. 

Kayoniy — debocha 19.  

Kalim — g‘azal 51, 6.  

Kayxusrav — g‘azal 511, 3; 516, 5.  

Laylo —g‘azal 2,4; 20,4; 45,6; 72,6; 184,5; 198,5; 221,7; 228, 1; 359, 6; 368, 4; 386, 4; 440, 4; 489, 2; 

505, 2; 559, 6; mustazod 1, 4.  



Lutfiy — g‘azal 457, 6.  

Mavlaviy — g‘azal 650, 6.  

Majnun —g‘azal 2, 4; 20, 4; 35, 4; 45, 6; 60, 3; 68, 5; 72, 6; 105,6; 113,3; 114,6; 126,5; 135,4; 138,5; 

149,5; 184,5; 187, 5; 221, 7; 222, 1, 2, 3; 227, 6; 228, 1; 257, 5; 289, 4; 305, 5; 320, 2; 335, 4; 336, 1, 

7; 337, 8; 345, 3; 359, 6; 361, 7; 368, 4; 386, 4; 393, 3; 398, 7; 412, 6; 413, 7; 426, 5; 429, 3; 435, 5; 

439, 2; 440, 4; 449, 6; 453, 4; 455, 7; 458, 7; 480, 2; 482, 6; 487, 7; 489, 2; 493, 6; 505, 2; 528, 7; 548, 

7; 552, 5; 559, 6; 590, 573, 2; 598, 6; 612, 2; 627, 1;  

muxammas —2, 5 band, 7 band;  

tarji’band —7 band, 1 misra;  

ruboiy 39, 3. 

Malik shox Alp Arslon — debocha, 11.  

Maryam —g‘azal 146, 5; 364, 6.  

Mirak — g‘azal 331, 6.  

Mirzo Chuchuk —g‘azal 559, 1.  

Moniy — g‘azal 650, 3.  


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

413


Muxammad — debocha 1.  

Muxammad Umar — g‘azal 528, 6.  

Namrud — g‘azal 5, 2.  

Nizomiy — masnaviy VII, 5.  

Nux —g‘azal 102, 5; 196, 7; 334, 7.  

Odam—g‘azal 6, 1; debocha 5. 

Rustam — tarji’band IX, band 9; masnaviy VII, 8.  

Rasul — g‘azal 5, 7; 89, 7.  

Ruxulloh (Masih, Muso) — g‘azal 18, 3; 23, 6; 49, 5; 57, 5; 59, 1; 65, 2; 73, 4; 89, 2; 101, 3; 120, 6; 

139, 4; 146, 6; 150, 5; 156, 5; 164, 4; 165, 3; 219, 5; 226, 3; 231, 5; 285, 2; 287, 5; 289, 2; 293, 5; 311, 

4; 328, 4; 351, 4; 353, 4, 7; 374, 3; 384, 3; 388, 2; 462, 1; 463, 2; 465, 4; 471, 6; 483, 1; 486, 1; 488, 1; 

501, 9; 508, 6; 558, 4; 600, 3; 605, 3; 639, 4; masnaviy VI, 6.  



Saynid Hasan — masnaviy III, 6. 

San’on — g‘azal 565, 3. 

Somiriy — g‘azal 388, 2. 

Sulaymon —g‘azal 7, 7; 157, 8; 196, 7; 253, 7; 266, 2.  

Suxayb — g‘azal 51, 4.  

Suxayl —g‘azal 21, 4; 291, 1.  

Uzro (Azro) — g‘azal 2, 6.  

Farhod —g‘azal 2, 7; 35, 4; 111, 3; 118, 5, 126, 5; 149, 5; 187, 5; 205, 6; 222, 1, 2, 3; 320, 2; 335, 4; 

336, 7; 335, 3; 393, 3; 412, 6; 413, 7; 426, 5; 429, 3; 435, 5; 439, 2; 458, 7; 483, 2; 489, 4; 493, 6; 499, 

1; 540, 4; 555, 3; 593, 6; 597, 2; 627, 1. 

Firdavsiy — masnaviy VII, 8.  

Fuzayl Bormoqiy— g‘azal 376, 3.  

Xalil — g‘azal — 2, 8; 389, 7; 472, 5.  

Xizr —g‘azal 16,6; 24,6; 57,5; 74,1; 101,3; 225,3; 249,6; 278, 1; 334, 5; 359, 3; 370, 6; 384, 5; 387, 6; 

403, 5; 488, 8; 512, 2; 529, 1; 542, 7; 577, 4; 629, 6, 8. 



Xotam — debocha 5. 

Xusrav —g‘azal 156, 9; 282, 7; 355, 3; 540, 4; 650, 7.  

Shirin —g‘azal 2, 7; 483, 2; 489, 4; 540, 4.  

Shuayb — g‘azal 51, 6.  

Yusuf —g‘azal 272, 1; 358, 1; 374, 3; 436, 3; 441, 8; 461, 9; 462, 3; 479, 4; 502, 2; 523, 1; 538, 4; 

558, 4; 639, 5; musaddas 3 band.  



Ya’juj— g‘azal 209, 7.  

Ya’qub —g‘azal 462, 2; 538, 4. 

Qorun —g‘azal 56,6; 97, 7; 336, 8; 476, 2; 496, 8; 573, 6.  

Qubod —g‘azal 120, 7; 353, 6.  

Xomun — g‘azal 336, 4.  

Hofiz Sheroziy — g‘azal 287, 7. 

 

GYeOGRAFIK NOMLAR KO‘RSATKIChI 



Adan — g‘azal 475, 4. 

Ajam —g‘azal 199, 9; 309, 7; 317, 7; 430, 7. 

Afranj — g‘azal 92, 9. 

Badaxshon — g‘azal 407, 5; ruboiy 50, 3. 

Batxo — g‘azal 6, 7. 

Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

414


Bog‘i Safid — g‘azal 127, 7. 

Boki Zog‘on — g‘azal 127, 7. 

Zamzam — g‘azal 6, 5. 

Zuhal — g‘azal 223, 9. 

Jayxun —g‘azal 20, 1; 2; 403, 3; 496, 3. 

Imron — g‘azal 328, 4. 

Iroq—g‘azal 91, 9; 199, 9; 309, 7; 317, 7; 430, 7; 471, 7. 

Kan’on —g‘azal 144, 2; 462, 2. 

Ka’ba —g‘azal 6,4; 117, 9; 196, 5; 294, 8; 370, 6; 440, 9; 509, 5. 

Kashmir — debocha 12. 

Madina — g‘azal 92, 9. 

Marv — g‘azal 637, 1. 

Mozandaron — g‘azal 86, 7; 637, 1. 

Nerez — g‘azal 309, 7. 

Ray — musaddas XI, 2. 

Samarqand— muxammas XIII, 2. 

Sipohon — musaddas XI, 2. 

Tus — qit’a 45, 1. 

Ummon —g‘azal 95, 4; 407, 6; 529, 3. 

Xuroson — masnaviy X, 3. 

Xutan —debocha 12; g‘azal 264, 1; 520, 3; 623, 5. 

Qof —g‘azal 133, 6; 194, 6; 465, 5; masnavny IX, 3. 

Qulzum — g‘azal 95, 4. 

Chin —g‘azal 231, 2; 505, 5; 650, 3; ruboiy 129, 2. 

Yaman — g‘azal 21, 4. 

Yasrib — g‘azal 6, 8. 

Hinduston — g‘azal 167, 5. 

Hijoz —g‘azal 91,9; 199,9; 213,7; 309,7; 317,7; 430,7. 

Hiriy (Hirot) — g‘azal 91,9; masnashsh XSh, 2. 

ETNIK NOMLAR KO‘RSATKIChI 

 

Arab — g‘azal 45, 6; 89, 6.  



Barlos — g‘azal 262, 7.  

Gabr — g‘azal 282, 10.  

Juxud — g‘azal 116, 4; 282, 10.  

Lo‘li —g‘azal 140, 8; 451, 6; 578, 5.  

Tarxon — g‘azal 262, 7. 

Turk —g‘azal 213,5; 441,6; 481,5; 499,5; masnaviy VII, 4.  

Tarso — g‘azal 282, 10.  

Xito — debocha 12 bet; g‘azal 641, 8.  

O‘zbak — g‘azal 240, 4. 

Hindu —g‘azal 24, 1; 58, 7; 116, 3; 197, 5; 312, 3; 374, 7; 444, 4; 510, 2; 528, 2; 578, 1; 623, 5. 

 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling