3. O‘simliklar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
4. Hayvonlar deb qanday jonzotlarga aytiladi?
5. Nima uchun o‘simlik va
hayvonlarni muhofaza qilish
kerak?
O‘z yashash joyingizdagi o‘simlik va hayvonlarni
TABIAT ZONALARI
Yer shar shaklida bo‘lganligi uchun Qu-
yoshdan keladigan yorug‘lik
va issiqlik Yer
yuzining hamma joyiga bir tekisda tush-
nur sochadi. Shimoliy va janubiy qutblarga tomon
quyosh nuri va issiqligi kamayib boradi. Havo harorati
va yog‘inlar miqdori ham o‘zgarib boradi.
Buning
natijasida suvlar, o‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar ham
o‘zgaradi. Oqibatda tabiat zonalari vujudga keladi.
Tabiat zonalari
-
Har bir tabiat zonasida o‘ziga
xos iqlimi, o‘simlik
va hayvonot olami, tuproqlari shakllangan bo‘ladi.
Ayniqsa, o‘simlik dunyosining farqi aniq ifodalanadi.
Shuning uchun, ko‘pincha, tabiat zonalariga uning
o‘simlik qoplamiga qarab nom berilgan. Masalan,
cho‘l zonasi, dasht zonasi, o‘rmon
zonasi va bosh-
qalar.
Har bir tabiat zonasida yashaydigan odamlarning
kiyinishi, mehnat qilishi va yashashi shu joyning tabiiy
sharoitiga moslashgan. Masalan, cho‘llarda yashaydi-
gan odamlar, asosan, ko‘chmanchi hayot kechiradi.
Ular qo‘y va echkilarini,
tuyalarini boqib, bir yaylovdan
ikkinchi yaylovga ko‘chib yurishadi. Daryo bor joylarda
esa yerlarni sug‘orib dehqonchilik qilishadi.
Dasht zonasida esa yog‘inlar cho‘lga nisbatan ko‘p
bo‘lganidan o‘t o‘simliklar qalin, tuproqlari hosildor.
Shuning uchun bu yerda odamlar dehqonchilik qilib,
asosan, bug‘doy, makkajo‘xori,
kartoshka kabilarni
ekadilar.
O‘rmon zonasida turli xil daraxtlar qalin va ko‘p
bo‘lganidan odamlar daraxtlarni kesib, undan qurilish
materiallari tayyorlaydilar. Daraxt mevalarini terish va
ovchilik bilan shug‘ullanadilar.
tabiat
zonalari, Quyosh nurining
taqsimlanishi, odamlarning yashash tarzi.
Do'stlaringiz bilan baham: