Akbar bahromov shavkat sharipov manzura nabiyeva
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
4-tabiatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKBAR BAHROMOV SHAVKAT SHARIPOV MANZURA NABIYEVA
- Z. Jabborov
- Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
- KIRISH O‘LKAMIZ TABIATI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Beshinchi nashr «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2020 AKBAR BAHROMOV SHAVKAT SHARIPOV MANZURA NABIYEVA Topshiriqni bajaring Savollarga javob toping Darsning yakuni Amaliy ishni bajaring Mas’ul muharrir Z. Jabborov – biologiya fanlari doktori, professor Taqrizchilar : M. Mirakmalov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy N. Yusupova – Navoiy shahar 11-AFCHO‘IMning oliy Xalq ta’limi a’lochisi. ISBN 978-9943-5996-0-4 © Bahromov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M. © «SHARQ» NMAK Bosh tahririyati, 2020. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. UO Darslik mavzulariga joylashtirilgan ushbu QR-kod belgilarini skaner qilish orqali mavzularga oid internet ma’lumotlaridan foydalanishingiz mumkin. 3 KIRISH O‘LKAMIZ TABIATI Yozgi ta’tilda maza qilib dam oldingiz. Yoz o‘ziga xos ajoyib fasldir. Bu davrda kunlar uzun, tunlar esa qisqa bo‘ladi. Quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga tikroq tushadi. Shuning uchun kunlar issiq, osmon bulutsiz bo‘ladi. Yoz bolalarning eng sevimli faslidir. Yozda bolalar tengdoshlari bilan o‘ynaydilar, cho‘miladilar, tabiat ne’matlaridan bahramand bo‘ladilar. Yozda dala va bog‘larda ishlar qizg‘in tus oladi. Ekinlar tagi yumshatiladi, o‘g‘it solinadi, sug‘oriladi, zararkunanda hasharotlardan tozalanadi. Hasharot- larni qirishda jiblajibon, so‘fito‘rg‘ay, chug‘urchiq, qaldirg‘och, chumchuq, chittak kabi qushlar katta yordam beradi. Parvarish qilingan ekinlar barq urib o‘sadi. Yoz o‘rtalarida g‘o‘zalar gullaydi, bug‘doylar pishadi. Bu davrda birin-ketin karam, kartoshka, bodring, pomi- dor, sabzi, piyoz kabi sabzavotlar yetiladi. Polizlarda shirin-shakar tarvuz va qovunlar pishadi. Dala ekinlari hosilini yig‘ishtirish qizg‘in pallaga kiradi. Yozda bog‘larda ham ishlar ko‘payadi. Daraxtlar va toklarga zararkunanda hasharotlarga qarshi dori- lar sepiladi. Ularning tagi yumshatiladi va sug‘oriladi. Tok novdalari vaqti-vaqti bilan kesib turiladi. Quyosh taftida o‘rik, olcha, shaftoli, olma, nok, uzum kabi mevalar navbatma-navbat pishadi. Ularning hosili el dasturxoniga tortiq qilinadi. Uy hayvonlari – qo‘y, echki, ot va qoramollar yoz davomida yaylovlarda boqiladi. Chorvadorlar aholini go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlaydi. O‘lkamiz tabiati g‘oyatda go‘zaldir (1-rasm). Mam- lakatimizning kunchiqar tomonini baland tog‘lar egal- lagan. Baland tog‘ cho‘qqilaridagi qorlar yozda ham erib tugamaydi. Bu davrda tog‘ yonbag‘irlarining ta- biati yashil libosda bo‘ladi. Bu joylar o‘zining chiroyli Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling