Akbar Jumanov o'qituvchi, Xonimqulova Marjona talaba, jdpu. Hamid Olimjon ijodi Annotatsiya


Download 234.05 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi234.05 Kb.
#1429997
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAQOLA

She'rlari. 30-yillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan Hamid Olimjon ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan („Kuychining xayoli“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Holbuki, tun…“, „Ishim bordir oʻsha ohuda“ va boshqalar). Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20-asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan „Oʻrik gullaganda“, „Sevgi desam…“, „Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda…“, „Shodlikni kuylaganimning sababi“, „Oʻzbekiston“ singari lirik sheʼrlarini yozgan.
Dostonlari. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan „Ikki qizning hikoyasi“ (1937), ayniqsa, „Zaynab va Omon“ (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan.
Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937) hamda „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan („Qoʻlingga qurol ol!“, „Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“ va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda „Sevgi“, „Sen tugʻilgan kun“, „Jangchi Tursun“, „Roksananing koʻz yoshlari“ singari sheʼr va balladalarini yaratgan.
“MUQANNA” Tragediyasi. Hamid Olimjonning „Muqanna“ (1943) tragediyasi ham urush davrining ijtimoiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. Hamid Olimjon ushbu asarning markaziy qahramonlari – Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan.

Download 234.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling