Akbar Jumanov o'qituvchi, Xonimqulova Marjona talaba, jdpu. Hamid Olimjon ijodi Annotatsiya
Download 234.05 Kb.
|
MAQOLA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orik gullaganda
SHE’RIY TO’PLAMLARI:
Eng gullagan yoshlik chog’imdaEng gullagan yoshlik chog’imda, Sen ochilding ko’ngil bog’imda. Shunda ko’rdi ko’zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni. Qushlar sayrar jonimga payvast, Men sevgining bo’yi bilan mast. Kuni bilan dalada qoldim, Lolazorlar ichra yo’qoldim. Quchoq-quchoq gullar terganim Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda, Har soniya, har on esimda. Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda oting. Eng gullagan yoshlik chog’imda, Sen ochilding ko’ngil bog’imda O'rik gullaganda Derazamning oldida bir tup o'rik O'rik oppoq bo'lib gulladi... Novdalarni bezab g'unchalar, Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg'ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini. Har bahorda shu bo'lar takror, Har bahor ham shunday o'tadi. Qancha tirishsam ham beor Yellar meni aldab ketadi... Hamid Olimjon ijodiy merosida tabiat lirikasiga bag'ishlangan she'rlar ko'plab uchraydi. Ular orasida "O'rik gullaganda" she'ri alohida ajralib turadi. "Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq bo'lib gulladi..." satrlari bilan boshlangan she'r o'zbek diyoriga keluvchi bahor nashidasining madhi sifatida yangrab keladi. "O'rik gullaganda" she'ri faqat bahor fasliga tabiat tasviridan iborat emas. She'rda shoirning ruhiy kayfiyati yetakchilik qiladi. She'rdagi hissiy oqim tabiat tasviridan shoir "men"iga ko'chadi; shoir bilan yellar orasida kichik bir ziddiyat kuzatiladi. Shoir bahorning nafis qilig'iga nisbatan o'zida g'ashlik sezmaydi va aytadi: Mayli, deyman va qilaman g'ash, Xayolimni gulga o'rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi deya so'rayman. Ayni banddagi "xayolni gulga o'rash" ta'biri chinakam shoirona tafakkur mahsulidir. Shoir bu she'rda qiyosiy tasvir va jonlantirish san'atidan foydalaniladi. Natijada o'rik gullari bilan lirik qahramon o'rtasida uyg'unlik bayon qilinadi: Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar. Etgan kabi go'yo bir talab Baxting bor deb qushlar chiyillar. Yellar, shabboda, qushlarning chug'urlashi- barcha-barchasi shoir nazarida chetda qolmaydi. Quyidagi murojaati ifodalangan band she'rning kulminatsiyasi va yechimidek taassurot uyg'otib, unda ziddiyatli hayot va ikki xil vaziyat kuzatiladi: "Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol. Bunda tole har narsadan mo'l, To o'lguncha shu o'lkada qol. Umrida hech gul ko'rmay yig'lab O'tganlarning haqqi bor senda. Har bahorni yig'lab qarshilab Ketganlarning haqqi bor senda..." Mazkur she'rda shoirning tuyg'ulari shu darajada teran tasvirlanganki, har qanday vaziyatda o'rik gullashiga doir hodisa tilga olinganida beixtiyor ushbu she'rning mazmun-mohiyati esga keladi. Umuman olganda, Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda she'rini asr oshib shu kungacha yashab kelgan va bundan keyin ham ko'plab o'quvchilar qalbiga bahoriy xush kayfiyat bag'ishlab yashaydigan asarlar qatoriga kiritish o'rinli bo'ladi. Download 234.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling