Akbarova ominaxon ning
Download 99.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Ominaxon Nutq mustaqil ish
Xulosa;
Men bu kurs ishini tayyorlashim mobaynida MTMlarida namunaviy tovush orqali nutq madaniyatini oshirishda ko’plab chora tadbirlarni amalga oshirish kerakligi bilib oldim.Bular; • Maktabgacha yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu - bolalarda so’zdagi tovushlarni sof va tushunarli qilib talaffuz etishni, so’zlarni o’zbek tili orfoepiyasi me’yorlariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilishni, aniq talaffuz qilishni (yaxshi diksiya) hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat. • Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o’zlashtirish jarayoni ancha davomli bo’lib, u 5-7 yilga cho’ziladi. • Agarda bolalarga o’z vaqtida va muntazam ravishda o’rgatilsa ular hech bir qiyinchiliksiz barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o’zlashtirib olishlari mumkin. • Intonatsiyalarning 6 ta turi mavjud: sanash intonatsiyasi, qarama-qarshi qo’yish, chaqirish, ogoxlantirish (yoki ikki nuqta), kirish, ajratib qo’yish. • O’zbek tilining fonetik va fonologik vositalaridan ravon nutqda bir vaqtning o’zida foydalanilmoqda. • Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa jihatlarini ham, ya’ni: lug’at, ravon, grammatik to’g’ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. • Nutqiy rivojlantirishning dastlabki bosqichida tinglash qobiliyatiga alohida o’rin beriladi (garchi asosiy mazmun yuki yuqori tovushni tinglay olish qobiliyati zimmasiga tushsa ham). • Yaxshi rivojlantirilgan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq, tushunarli va to’g’ri talaffuz qilinishini ta’minlaydi, so’zni talaffuz qilish balandligini to’g’ri boshqara olish, oxista sur’atda, intonatsion ifodali so’zlash imkoniyatini beradi. • Artikulyatsiya apparati organlarining yaxshi harakatchanligi, yaxshi tinglash qobiliyati bolaning tovush talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beradi. • To’g’ri nutqiy nafas olish normal tovush vujudga kelishini ta’minlaydi, tegishli nutq balandligiga, pazualarga aniq rioya qilishni ta’minlash, nutqning bir tekisligini va intonatsion ifodalilikni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. • Ovoz sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog’liq bo’ladi. • Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha tovushlarini adabiy til me’yorlariga muvofiq holda talaffuz qilishni o’rganib olishi shart. • Diksiya (tovushlar, so’zlar, iboralarni to’g’ri talaffuz qilish) artikulyatsiya apparati faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir vaqtda asta-sekin shakllantiriladi. • Pedagog (bola atrofidagi kattalar) bolalarning adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishlari ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari, barcha xatoliklarni to’g’ri talaffuz namunalarini ko’rsatgan holda bartaraf etishlari lozim. • Maktabgacha yoshda barcha bolalarda so’zlar ancha tiniq talaffuz etiladigan oxista nutq sur’atini shakllantirish darkor. • Intonatsiya - bu jaranglayotgan nutqqa oid barcha ifoda vositalarining murakkab majmui bo’lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling