Reja: Nutqning fonetik bolinishi


Download 39.74 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1353004
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MavzuNutq tovushlarining fonetik ozgarishi


Mavzu:Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishlari
Reja:
1.Nutqning fonetik bolinishi
2.Fraza (jumla), haqida malumot.
3.Takt, fonetik soz.
4.Bogin, tovush.Urgu va uning turlari.
5.Nutq tovushlarining fonetik ozgarishlari

Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish uchun ketma-ket kelayotgan tovushlarning ozaro tasiri natijasida o`zgarishlarga uchrashi fonetik hodisa deyiladi.Ko'rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq jarayonida o'zgarishi, o'zaro almashinishi, nutqiy holat bilan aloqador bo'lgan bo'g'in va uning turlari, so'z urg'usi haqida nazariy va amaliy ma'lumot beradigan tilshunoslikning maxsus sohasidir. Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug'ullansa ham, tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham bog'liq, chunki nutq tovushlari ma'noviy farqlantiruvchi til birligi bo'lganligi uchun so'z bilan aloqador, so'zning tuzilishiga va ma'nosini farqlashga xizmat qiladi. So'zning bu xususiyatlari bilan leksikologiya ham shug'ullanadi, bu jihatda fonetika va leksika (leksikologiya) birbiri bilan aloqadordir. Grammatika ham so'z va uning tarkibi, o'zgarishi (bu fonetik tovush tarkibi va tovush o'zgarishi hamdir) bilan shug'ullanganligi sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning barchasi tilshunoslikning birbiri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir. So'nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya birbiridan farq-lana boshlandi. Aslida bular bir sohaning ikki tomoni bo'lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil bo'lishi, artikulyatsion va akus-tik xususiyatlari bilan shug'ullansa, fonologiya ko'proq tovush, urg'u va ohangning ma'no tomoni ma'noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi. N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o'rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bo'lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo'ladi, degan.



Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling