Akbarova ominaxon ning


Download 99.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi99.06 Kb.
#1588551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ominaxon Nutq mustaqil ish

1 Reja;
 
Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish metodikasi 
Turli yosh guruhlari tovush madaniyatini shakllantirish turli bosqichlardan iborat bularni 
ko’rib chiqamiz; 
1- bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr 
Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug’at 
boyligi keskin ortadi, so’z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so’ngra esa 
oddiy iboralar, kichik she’rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta so’zdan 
iborat bo’lgan iboralarni qo’llayotgan bo’lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va undan ortiq 
so’zlar ishtirokida murakkab iboralarni tuzadi. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar bilan, balki 
tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Bu davrda bolalarda nutqning tovush 
tomoni, ya’ni: ovoz va artikulyatsiya apparati, tovush talaffuzi, tinglash qobiliyati jadal rivojlanadi. 
Yaxshi, aniq va intonatsion jihatdan to’g’ri bo’lgan ifodali nutqqa erishish uchun ilk yoshlardan 
boshlab bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirish 
zarur. 
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning kattalar bilan muntazam ravishda 
muloqotda bo’lishi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu davrdagi asosiy vazifa- tinglash 
qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a’zolarini mustahkamlash va 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar tovushga 
taqlid qilish asosida ularni mashq qiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar guruhlaridir: unlilar - a, 
i, o; lab-lab - p, b, m; orqa tillilar - k, g, x; lab-tishlilar - v, f; old tillilar 

t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo’lgan old tilli 
tovushlar ham beriladi -xushtaksimonlar - s, z; shuvillovchilar - sh, j, ch; sonorlilar - l, r, ammo bu 3 
yoshdan boshlab bolalarning to’g’ri talaffuz qilishlariga erishish zarur, degani emas. Bolalar ushbu 
tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga to’g’ri talaffuz qila 
boshlaydilar. 
Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qo’shish bolalarning nafaqat turli ko’rinishdagi 
tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, balki yaxshi 
diksiyaga erishishda, ya’ni ularning tovushlar hamda so’zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz 
etishlariga erishishda ham ko’maklashadi. Aynan bir xil tovush taqlidlarini bir necha marta qo’shib 
talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi, ularni turli balandlikda talaffuz qilish 
bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi. 
Tovush taqlidlari bola tomonidan ko’p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun namunaga 
aylanib qoladi hamda akustik va artikulyatsiya ko’nikmalarini orttirish uchun yaxshi material bo’lib 
xizmat qiladi. 
Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taqlidlarini berish kerakki, toki ular bolaning tinglash-
nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: na-na, ba, u, mu, av, ga-ga, tu-tu, va x.k. 
Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so’zlari, tovushga taqlid qilish shakllariga 
moslashish tovush talaffuzini aniqlash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat taxlilchisiga normal 
rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa - ayrim tovushlarga quloq tutish imkonini 
beradi, bu esa o’z navbatida tinglash qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. 
1- 
3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga 
ko’ra turlicha bo’lgan tovushlarni o’z ichiga oladi, masalan: dish-dish, g’a-g’a-g’a, ku-ku-ku va x.k. 
Bu tovushga taqlid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni aniq, tushunarli qilib talaffuz 


qilishga yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan tashqari, 
tovushga taqlid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noaniq talaffuz qiladigan yoki umuman ayta 
olmaydigan tovushlarni asta-sekin qo’shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi. 
Bolalarda mavjud tovushlar aniqlashtiriladi, yangilari paydo bo’ladi. 
Shunday qilib, mashg’ulotlarda va undan tashqarida turli tovush taqlidlarini muntazam ravishda 
qo’llagan holda tarbiyachi bir vaqtning o’zida nutqning tovush madaniyatini ham shakllantiradi. 
Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush madaniyatiga oid qator 
bo’limlarni mashq qiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy harakat analizatorlarini nisbatan 
murakkab akustik-artikulyatsiya ishiga tayyorlaydi. 
Ishlarning ushbu bosqichida bolalarning yoshiga qarab ularga o’zida turli tovush taqlidlarini 
jamlagan o’yinlar, qo’shiqlar, she’rlar, sanoq she’rlar va hikoyalar beriladi. 
Tarbiyachi tovushga taqlid qilishni o’yin-mashqlar, nutqni rivojlantirish va atrof-muxit bilan 
tanishtirishga oid mashgulotlar, didaktik o’yinli mashg’ulotlar, musiqiy mashg’ulotlar tarkibiga 
kiritadi. 

Download 99.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling