Akbarova ominaxon ning


-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davr


Download 99.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi99.06 Kb.
#1588551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ominaxon Nutq mustaqil ish

 
2-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davr 
3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarning nutqi rivojlanishni davom etadi. Ushbu 
yoshda lug’at yig’iladi, aniqlashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar so’zlarni mazmuniga qarab 
aniqroq ayta boshlaydilar. Ular grammatik shakllardan to’g’ri foydalana boshlaydilar, kichik 
ertaklar, hikoyalarni mantiqiy izchilikda hikoya qilish va suratlar mazmunini aytib berishga qodir 
bo’ladilar. Nutqning tovush jihati ham jadal rivojlanadi. Bolalar ona tilining ko’pgina tovushlarini 
o’zlashtirib oladilar va to’g’ri talaffuz qiladilar, so’zlar va iboralarni sof va aniqroq ayta boshlaydilar, 
o’z nutqining sur’atiga e’tibor bera boshlaydilar. 
Mazkur bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishdagi asosiy vazifa bolalarda 
fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish hamda so’zlar va iboralarni aniq va tushunarli qilib 
talaffuz qilgan holda ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni rivojlantirishdan iborat 
bo’ladi. 
Bu yoshda asosiy vazifani xal etish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyatini 
tarbiyalashning boshqa bo’limlariga oid ishlarni ham amalga oshirish, ya’ni: ovoz balandligini 
vaziyatga qarab moslashtirish, so’zlarni ulardagi urg’ularni aniq qo’ygan holda shoshmasdan, to’g’ri 
va aniq qilib aytish qobiliyatini tarbiyalashga doir ishlarni ham amalga oshirish zarur. 
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish keng qo’llaniladi. 3-4 yoshli bolalar 
uchun nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga oid ishlarni olib borish jarayonida 
amalga oshiriladi. Uni shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasasida nihoyasiga yetkazilishi 
lozim, nutqning tovush madaniyatiga oid qolgan bo’limlarni takomillashtirish esa maktabda davom 
ettiriladi. Ayni paytda tovush talaffuzi bo’yicha ishlarni nutqni tinglash qobiliyatini, nutqiy nafas 
olishni, ovozni, artikulyatsiya apparati, diksiya va intonatsiyani rivojlantirish bilan qo’shib olib 
borish osondir. 
To’g’ri tovush talaffuzini tarbiyalash ona tilining barcha tovushlarini izchil mashq qilish 
jarayonida amalga oshiriladi. Bunda nafaqat u yoki bu tovushni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalarini 
shakllantirish, balki bolaning tinglash va talaffuz qilish imkoniyatlarini shakllantirish, ya’ni tinglash 
va artikulyatsiya nazorati o’rtasidagi bog’liqlikni ham shakllantirish zarur, zero ularsiz tovushlarni 
to’g’ri talaffuz qilish mumkin emas. 
Agarda 3 yoshli bolalar - s, z, sh, ch, r, l kabi tovushlarini yetarli darajada yaxshi talaffuz eta 
olmasalar, darxol ularni mashq qilishga kirishish kerak emas, chunki bu bolalarning ularni noto’g’ri 


talaffuz qilishga odatlanib qolishlariga olib kelishi mumkin. Nutqning tovush madaniyatini 
tarbiyalashga oid ishlarining barcha bo’limlari bo’yicha ishlarni olib borish zarur. Nutqni tinglash 
qobiliyati va talaffuz imkoniyatlarini takomillashtirish bu tovushlarning bola nutqida paydo bo’lishi 
hamda ularning to’g’ri talaffuz etilishiga yordam beradi. 
Masalan, 3 yoshli bolalar bilan talaffuz uchun nisbatan oson bo’lgan - «f», «v» tovushlarini 
mashq qilishda tarbiyachi yangi tovushlar guruhi - ya’ni artikulyatsiya apparati organlarining «i» 
tovushiga yaqin bo’lgan muayyan joylashuvi xos bo’lgan, shuningdek «f», «v» tovushlarini mashq 
qilishda hosil bo’ladigan maqsadli havo to’lqini mavjud bo’ladigan shuvillovchi - «s», «z», 
tovushlarining paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Bir tovushlar guruhi uchun ishlab 
chiqilgan ko’nikmalarning boshqasiga o’tish imkoniyati shu tariqa yaratiladi. 
Tovushlarni ketma-ket mashq qilish nutqning tovush madaniyatini shakllantirish va uni yanada 
takomillashtirish borasidagi ishlarni muntazam ravishda o’tkazib borish imkoniyatini yaratadi. 
Ona tilining barcha tovushlarini mashq qilish bir-birini ketma-ket almashtiruvchi to’rt ish turini 
ko’zda tutadi: artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni 
aniqlashtirish (bo’g’inlarda) va ushbu tovushni boshqa tovushlardan ajrata olish, so’zlarda tovushni 
to’g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash, iborali nutkda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni 
mustahkamlash. 
So’nggi uchta ish turiga nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantirish ham kiradi. Bu ish turlari 
mashg’ulotlarda mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu barcha ishlar turlarini bitta mashg’ulotda amalga oshirish tavsiya etilmaydi, chunki 
tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’zlashtirish jarayoni - bu muayyan ko’nikmaga ega bo’lishdan 
iborat, uni yaratish esa izchillik va doimiylikni talab etadi. Yuqorida sanab o’tilgan ishlar turlarini 
3-6 kun oralig’ida bajarish bolalarga artikulyatsiya apparati organlarining muayyan joylashuvi va 
harakatini o’zlashtirish hamda mustahkamlash imkonini beradi, tovushni to’g’ri talaffuz qilishni 
shakllantirish hamda uni yaxshi tinglay olishga yordam beradi. 
Tovush talaffuziga oid ishlar nutq tovush madaniyatining boshqa bo’limlariga doir ishlar 
(nutqni tinglash qobiliyati, artikulyatsiya, nutqiy nafas olish, ovozlar, diksiya, nutq sur’ati, uning 
intonatsion ifodaliligini rivojlantirish) bilan birgalikda olib boriladi. Endi har bir ish turini batafsil 
ko’rib chiqamiz. 
1 -ish turi - artikulyatsiya apparati organlari harakatini aniqlashtirish. Tarbiyachi harakatlarni 
rivojlantirish yoki aniqlashtirish, tovushning to’g’ri artikulyatsiyasiga yordam beradigan muayyan 
holatlarni ishlab chiqish uchun o’yin mashqlarini o’tkazadi. Bunda nutq tovush madaniyatining 
navbatdagi bo’limlariga oid ishlar ajratiladi: aniq va to’g’ri artikulyatsiyani, og’izdan uzoq muddat 
davomida bir tekis nafas chiqarishni o’rgatish, tovush balandligini rivojlantirish. 
2- 
ish 
turi - ajratib qo’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish va nutqni tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib qo’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish yoki 
uni taqlid asosida atash uchun o’yinlarni yoki o’yinli mashqlarni olib boradi. Bolalarning diqqat-
e’tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va uning 
jaranglashiga qaratiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun o’yinlardan 
foydalaniladi. 
Bu ish turi nutqni tinglash, ovoz balandligini taqqoslay olish qobiliyatlarini tarbiyalash, 
artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 
3- 
ish 
turi - so’zlarda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash va fonematik tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. 



Download 99.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling