Akbarova ominaxon ning


Download 99.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi99.06 Kb.
#1588551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ominaxon Nutq mustaqil ish

Xulosa; 
Men bu kurs ishini tayyorlashim mobaynida MTMlarida namunaviy tovush orqali nutq 
madaniyatini oshirishda ko’plab chora tadbirlarni amalga oshirish kerakligi bilib oldim.Bular; 
• 
Maktabgacha yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu - bolalarda so’zdagi 
tovushlarni sof va tushunarli qilib talaffuz etishni, so’zlarni o’zbek tili orfoepiyasi me’yorlariga 
muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilishni, aniq talaffuz qilishni (yaxshi diksiya) hamda nutq ifodaliligini 
tarbiyalashdan iborat. 
• 
Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o’zlashtirish jarayoni ancha davomli bo’lib, u 5-7 yilga 
cho’ziladi. 
• 
Agarda bolalarga o’z vaqtida va muntazam ravishda o’rgatilsa ular hech bir qiyinchiliksiz 
barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o’zlashtirib olishlari mumkin. 
• 
Intonatsiyalarning 6 ta turi mavjud: sanash intonatsiyasi, qarama-qarshi qo’yish, chaqirish, 
ogoxlantirish (yoki ikki nuqta), kirish, ajratib qo’yish. 
• 
O’zbek tilining fonetik va fonologik vositalaridan ravon nutqda bir vaqtning o’zida 
foydalanilmoqda. 
• 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa jihatlarini ham, ya’ni: lug’at, 
ravon, grammatik to’g’ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
• 
Nutqiy rivojlantirishning dastlabki bosqichida tinglash qobiliyatiga alohida o’rin beriladi 
(garchi asosiy mazmun yuki yuqori tovushni tinglay olish qobiliyati zimmasiga tushsa ham). 
• 
Yaxshi rivojlantirilgan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq
tushunarli va to’g’ri talaffuz qilinishini ta’minlaydi, so’zni talaffuz qilish balandligini to’g’ri 
boshqara olish, oxista sur’atda, intonatsion ifodali so’zlash imkoniyatini beradi. 
• 
Artikulyatsiya apparati organlarining yaxshi harakatchanligi, yaxshi tinglash qobiliyati 
bolaning tovush talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beradi. 
• 
To’g’ri nutqiy nafas olish normal tovush vujudga kelishini ta’minlaydi, tegishli nutq 
balandligiga, pazualarga aniq rioya qilishni ta’minlash, nutqning bir tekisligini va intonatsion 
ifodalilikni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 
• 
Ovoz sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog’liq 
bo’ladi. 
• 
Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish 
uchun eng qulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha tovushlarini adabiy til 
me’yorlariga muvofiq holda talaffuz qilishni o’rganib olishi shart. 
• 
Diksiya (tovushlar, so’zlar, iboralarni to’g’ri talaffuz qilish) artikulyatsiya apparati faoliyatini 
rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir vaqtda asta-sekin shakllantiriladi. 
• 
Pedagog (bola atrofidagi kattalar) bolalarning adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishlari 
ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari, barcha xatoliklarni to’g’ri talaffuz namunalarini 
ko’rsatgan holda bartaraf etishlari lozim. 
• 
Maktabgacha yoshda barcha bolalarda so’zlar ancha tiniq talaffuz etiladigan oxista nutq 
sur’atini shakllantirish darkor. 
• 
Intonatsiya - bu jaranglayotgan nutqqa oid barcha ifoda vositalarining murakkab majmui 
bo’lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek emotsional-iroda 
munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi. 



Download 99.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling