Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари


Download 91.28 Kb.
bet12/20
Sana20.12.2022
Hajmi91.28 Kb.
#1034911
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Jismoniy shaxslar daroma

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig’ini to’lovchilaridir.
Quyidagilar yer solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar;

  • soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi:

  • aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sug’orish tarmog’i, sohil bo’yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;

  • aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog’lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

  • kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); - zahira yerlar.

Er uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Er solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko’paytiriladi).
Er solig’i bo’yicha imtiyozlar ikki guruhga bo’linadi:

  1. Er solig’i to’lashdan ozod qilingan yuridik shaxslar. Masalan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari; ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar; yangi tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan e’tiboran ikki yilga va boshqalar.

  2. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari. Masalan, suv fondi yerlari; elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar; madaniyat, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar va boshqalar.

Er uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloq xo’jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Er solig’i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo’lgan holatga ko’ra hisoblab chiqariladi va yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Er solig’ini to’lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yer solig’ini to’lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizi; - hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi; - hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir:

  1. dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  2. yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  3. jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

  4. xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

  5. meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;

  6. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer

uchastkalari;

  1. tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.
Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza o’z xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Er solig’i bo’yicha jismoniy shaxslarning ayrimlariga imtiyozlar ko’zda tutilgan. Masalan, yaylov chorvachiligining cho’ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari; I va II guruh nogironlari; yolg’iz pensionerlar va boshqalar.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ularga imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Er solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Er solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Er solig’i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to’lanadi.
Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

Download 91.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling