Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари


Boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlarni byudjetga undirish


Download 91.28 Kb.
bet13/20
Sana20.12.2022
Hajmi91.28 Kb.
#1034911
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Jismoniy shaxslar daroma

2.3. Boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlarni byudjetga undirish

mexanizmini tahlili


Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning asosiy daromad turlaridan hisoblanadi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i:
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilardir.
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar;

  • soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda olingan dividendlar soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar soliq solinadigan bazani foyda solig’i to’langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig’i summasiga kamaytirilgan summasini qo’shish orqali aniqlaydi.
Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga sog’liqni saqlash ob’ektlari, xalq ta’limi ob’ektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lashdan ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar byudjetga to’lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:

  • agar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo’lsa, soliq to’lanmaydi;

  • agar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo’lsa, byudjetga to’lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliq to’lovchilar hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlar to’laydi.
Joriy to’lovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hamda
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining joriy to’lovlari to’g’risidagi ma’lumotnomada ko’rsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Joriy to’lovlar hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 15-kunidan kechiktirmay to’lanadi.
Quyidagilar joriy to’lovlarni to’lamaydi:

  • hisobot davrida coliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo’lgan soliq to’lovchilar;

  • ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlash xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq bo’lgan soliq to’lovchilar;

  • yagona soliq to’lovini to’lashga o’tmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining hisobkitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lash mazkur soliq bo’yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lovchilardir.
Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz to’ldirish, avtomobillarga yoqilg’i quyish va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tushuniladi.
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilish soliq solish ob’ektidir.
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi soliq solinadigan bazadir.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun yoqilg’i quyish
shoxobchalari orqali realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg’isi va gazning narxida hisobga olinadi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy o’n kunlik to’lovlar hisobga olingan holda yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lash transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilingan oyning o’n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kundan kechiktirmay, yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerda har o’n kunda amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Yig’im joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar ko’rsatishni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’im to’lovchilardir.
Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro’yxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish uchun yig’im ob’ektidir.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’im yig’im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’imning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’im har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan to’lanadi.
8-jadval

Download 91.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling