Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Download 91.28 Kb.
|
Jismoniy shaxslar daroma
XULOSABitiruv malakaviy ishida mahalliy soliqlarni undirish tartibini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish amaliyoti ko’rsatmoqdaki, mahalliy soliqlar va yig’imlardan tushayotgan daromadlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega emas. Natijada, mahalliy byudjetlarning asosiy daromadlari umumdavlat soliqlaridan ajratmalar va subventsiyalar hisobiga shakllantirilmoqda. Mahalliy hokimiyat organlarining o’z daromadlarini oshirishga bo’lgan qiziqishlariga doir mexanizm mavjud emas. Mahalliy byudjetlar daromadlarini mustahkamlashda mahalliy soliqlar va yig’imlarning ahamiyatini oshirish maqsadga muvofiq. Bu holat amaldagi mahalliy soliqlar va yig’imlarni takomillashtirishni, mahalliy hokimiyat organlarining ularga doir vakolatlarini oshirishni taqazo etadi. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjetlarning daromadlaridagi ahamiyatini oshirishda, ularni undirish mexanizmini takomillashtirish lozim. Bu borada, quyidagilarning amalga oshirilishiga e’tibor bermoq lozim: mahalliy soliqlarni huquqiy jihatdan to’g’ri rasmiylashtirish va bunga tegishli bo’lgan amaliyotdagi ayrim masalalarga aniqliklar kiritish; mahalliy soliqlar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibini belgilash, soliqqa tortish amaliyotidagi o’zgarishlarni inobatga olgan holda tegishli o’zgartirishlarni amalga oshirish; byudjetdan qilinadigan xarajatlarning o’z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini yil davomida tekis taqsimlash, inflyatsiya omillarini hisobga olgan holda mahalliy soliqlarning byudjetga o’tkazish tartibiga, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga binoan, ba’zi bir o’zgartirishlarni joriy etish; mahalliy soliklarni to’lovchilarnining to’liq hisobga olinishiga erishish; mahalliy soliqlarni to’lovchilarning javobgarligini aniq belgilash, ularni ta’sirchanligini kuchaytirish, bunda soliq to’lovlarining, jumladan, mahalliy soliq to’lovlarining ham birinchi darajali to’lov ekanligiga jiddiy e’tibor qaratish; mahalliy soliqlarni o’z vaqtida va to’liq byudjetga kelib tushishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; mahalliy soliqlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilash va ularning ta’sirchanligini oshirish. Ushbu xulosalardan kelib chiqib, mahalliy soliqlarni undirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflarimiz quyidagilardan iborat: Yuridik va jismoniy shaxslarning mahalliy byudjetlar xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog’liq homiylik yordamlari summasini muayyan soliq turlari bo’yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirish tizimini joriy etish lozim. Rivojlangan mamlakatlar soliq amaliyotida ko’chmas mulk solig’i asosiy soliq turlaridan biri hisoblanadi. Bu soliq mahalliy soliqlar tizimida amalda mavjud bo’lgan ikki soliq turi: korxonalar mol-mulk solig’i va yer solig’i o’rniga kiritilishi lozim. Bizningcha, kelajakda erlarning bozor bahosini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish bilan bir qatorda, jahon amaliyotiga muvofiq ko’chmas mulk solig’ini joriy etish maqsadga muvofiq. Mahalliy soliqlar va yig’imlarni takomillashtirishga qaratilgan keyingi taklifimiz obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ob’ekti bir xil bo’lganligi uchun ularni unifikatsiya qilish va ularni byudjetlararo taqsimlash me’yorlarini joriy qilish lozim. Mol-mulk solig’ini to’lashda faqat soliq to’lovchining ro’yxatdan o’tgan joyi emas, balki mol-mulkning joylashgan joyi ham hisobga olinishi lozim. Jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mol-mulklarning inventarizatsion qiymatini aniqlanishiga to’liq erishish va shunga mos ravishda ularni soliqqa tortishdagi “mol-mulkning shartli kiymati”dan foydalanish amaliyotiga chek qo’yish kerak. Jismoniy shaxslar mol-mulki qiymatining inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda uzluksiz qayta baholanishiga erishish va ularning haqiqiy bozor bahosini aniqlash zarur. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasini aholining daromadlari, uning to’lov qobiliyati, o’ziga tegishli bo’lgan molmulkdan qanday foydalanayotganligi va uning samaradorligi nuqtai-nazarlaridan qayta ko’rib chiqish lozim. Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tgan yuridik shaxslar tomonidan to’langan yagona soliq to’lovining mahalliy soliqlar qismini yoki belgilangan o’rtacha foizda mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini yanada mustahkamlash va bunda mahalliy hokimiyat organlarining manfaatdorligini oshirish uchun mahalliy byudjetlarga o’tkazish maksadga muvofiq. Download 91.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling