Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari9
Download 136.05 Kb.
|
Soliqlarni undirish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari 10
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari9
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari bir necha yillardan e’tiboran o’zgarishsiz qolmoqda. Buning boisi shundan iboratki, 2002 yilgacha yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortishda asosiy omil sifatida soliq stavkalari hisoblangan bo’lsa (deyarli har yili soliq stavkalari qayta ko’rib chiqilgan), 2002 yildan e’tiboran har yili 1 yanvar holatiga yuridik shaxslar molmulkining qayta baholanishi natijasida, asosiy tartibga solish vositasi soliq stavkalari bilan birga qayta baholash qiymati ham hisoblanmoqda. Bu holat, yuridik shaxslar mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash imkonini berishi bilan birga, ularda amortizatsiya fondlarining ham texnika-texnologiyalarini yangilashdagi ahamiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, o’zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun kamaytiruvchi soliq stavkalarining joriy etilishi, eksportyor korxonalarning tashqi bozorga imkon darajasida pastroq bahoda taklifining paydo bo’lishiga va ushbu tovarni jahon bozoridagi narx raqobatiga chidamliligini oshirishga xizmat qiladi. Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar har oyda joriy to’lovlarni to’laydilar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari). Joriy to’lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 20 yanvarigacha taqdim etadi. Byudjetga joriy to’lovlarni to’lash har oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq ham foyda solig’i singari korxonaning jami soliq majburiyatlari tarkibida unchalik atta ahamiyat kasb etmaydi. Shunga qaramasdan, korxona tomonidan so’nggi yillarda mol-mulk solig’ini hisoblash mexanizmiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mol-mulk solig’i korxonaning mol-mulkidan samarali foydalanishga undayotganligini ko’rish mumkin. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan va 2008 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslar byudjet bilan munosabatlarining ma’lum bir qismini jismoniy shaxslarining molmulkiga solinadigan soliq orqali amalga oshiradilar. Soliq kodeksining 272-277moddalarida ana shu soliqqa tegishli soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, soliq tavkasi qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari, soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi belgilab berilgan. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq bo’lib, u o’zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg’arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, ya’ni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qiladigan mol-mulkka solinishi bilan bog’liq. Shaxsiy soliqdan farqli ravishda real soliq soliq to’lovchining haqqoniy daromadiga emas, balki soliq solinadigan u yoki bu predmetdan, masalan, ko’chmas mulkdan olinishi mo’ljallanayotgan o’rtacha daromadga solinadi. Jismoniy shaxslarning molmulkiga solinadigan soliq muntazam soliq hisoblanadi, ya’ni u yarim yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan va unda ro’yxatga olingan ko’chmas mulk uchun to’lanadi. Mol-mulk solig’i mutanosib va shedulyardir. Soliq solishning shedulyar tizimi daromadlarning kelib tushishi manbalariga qarab ularni turli guruhlarga, qismlarga bo’ladi. Har bir shedulaga o’z qoidalari va soliq solish miqdorlari qo’llaniladi. Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha bir qator imtiyozlar mavjud. Masalan, qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlar mol-mulki; I va II guruh nogironlarining mol-mulki va boshqalar soliqdan ozod qilingan. Soliq imtiyozlari mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi. Imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. 2013 yil uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq stavkasi quyidagicha qilib belgilanagan. 7-jadval Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari10
Download 136.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling