18. Umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilish uning natijalari?
O‘zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o‘rta maxsus ta‘lim maskanlariga bunchalik kam jalb etilishining yana boshqa o‘ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi, o‘quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o‘rta maktablarda
Ommaviysiyosiy tadbirlarga, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa,
qishloq yoshlari) asossiz ravishda ko‘plab jalb qilinishi okibatida ular oliy
o‘quv yurtlariga kira olishlari uchun talab hilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo‘lmasdilar. 60yillardan boshlab oliy o‘quv yurtlari qoshida maxsus
tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan qishloq yoshlaridan
jalb qilinishi fikrimizning tug‘riligidan dalolatdir. Yana muxim sabablardan biri,
oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtixon
quyilishi va talabalarga rus tilida (80yillardan boshlab) dars o‘tilishi edi.
Natijada respublika oliy o‘quv yurtlarida qishloq yoshlarining salmog‘i
kamayib ketdi. Chunki, qishloq maktablarida na xorijiy tillar, na rus tili (bu soha o‘qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishlok maktablarida
ishlashni xoxlamasliklari natijasida) yetarli darajada, ayrim maktablarda esa
umuman o‘qitilmasdi. Bu xol oliy maktablarda shaxarlik yoshlarning ko‘payibborishiga, qishloqlarda esa oliy ma‘lumotli mutaxassislar muammosining
yuzaga kelishiga olib keldi.
19. Siddiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlar faoliyatiga tavsif bering?
Respublikamiz fanini rivojlantirshpga bekiyos katta xissa qo‘shgan olimlarimizdanyana biri akademik HabibAbdullayevdir.
Uning geologiya, jumladan, bu fanning petrologiyametallogenik tarmog‘i
sohasidagi tadqiqotlari O‘zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda ham e‘tirof
etildi. X.Abdullayev 1956-1962 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasining
prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan birga, yirik ilmiy tadqikotlar olib
bordi.yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashga aloxida e‘tibor berdi. Uning
tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va
doktorlari fanning yangi yunalishlariga asos soldilar.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatda keng ildiz otgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi O‘zbekistan faniga, uning milliy ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Respublikada o‘zbeklar soni ruslarga nisbatan olti
baravar ko‘p bo‘lishiga karamay, 1963 yilgi ma‘lumotlarga ko‘ra, ilmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |