Akobir o’lmasov 7-mavzu: tarbiya metodlari va vositalari seminar rejasi: Tarbiya metodlari haqida tushuncha


Download 39.57 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi39.57 Kb.
#1627065
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psix 7 akobir(1)

3. Tarbiya vositalari.

Tarbiya vositalari — biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali ko‘nikmalar, kitoblar, radio, televideniye). Bundan tashqari, o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari — kinofilmlar, san’at asarlari, o ‘quvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, sport, badiiy havaskorlik to ‘garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuvlar, o‘qilgan va yangi kitoblarning muhokamasi, taqdimotini uyushtirishi lozim.


4. Tarbiya metodlarini tanlash asoslari.

Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.


Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.
Mavzu bo’yicha topshiriqlar


1. Tarbiya metodlarini ko’rsating va ularga ta’rif bering.

Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.


Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.
Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.

Download 39.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling