Akramova zuxraxon jahongir qizining


Download 97.24 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi97.24 Kb.
#1513988
  1   2   3
Bog'liq
Akramova Z. qishloq xo`laligi mustaqil ish




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM


20-118-GURUX TALABASI


AKRAMOVA ZUXRAXON JAHONGIR QIZINING
QISHLOQ XO`JALIGI IQTISODIYOTI ”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Akramova Zuxraxon
Tekshirdi: ________________
FARG‘ONA – 2023


Mavzu. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyalari
Re`ja:

  1. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi

  2. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi

  3. Asosiy tushunchalar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi. Kooperatsiya o`zida hamkorlikni ifodalaydi va ko`plab tashkiliy ishlar orqali amalga oshiriladi. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi – bu qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan o`zlarining iqtisodiy va boshqa talablarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan qishloq xo`jaligi kooperativlari va ularning hamkorlari tizimi. Qishloq xo„jaligi kooperativi – bu xo`jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. U o`zida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan kooperativ a‘zolarining moddiy va boshqa talablarini qondirish maqsadida pay badallarini birlashtirishga asoslangan hamkorlikdagi ishlab chiqarish va boshqacha xo`jaligi faoliyatyuritish tashkilotlarini bildiradi.
Qishloq xo`jaligi kooperativlari boshqa kooperativlardan qishloq xo`jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tuzilishi bilan farqlanadi.
―Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi‖ tushunchasi kooperativni
qishloq xo`jaligi maqomiga nisbatan asos soluvchi yetakchisidir. U o`zi ishlab
chiqaradigan mahsulot hajmining 50% dan ortig`ini qishloq xo`jaligi
mahsulotlari tashkil etishi kerak. Qishloq xo`jaligi kooperativlari quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi va shakllanadi.
Bu tamoyillar jahon amaliyotida kooperatsiyaning 150 yillik tarixi
davomida ishlab chiqilgan. Kooperativ a‘zolari: asosiy va uyushma shakliga bo`linadi.
Kooperativning asosiy azosi - kooperativ ustav (nizom)ida belgilangan
O`lchamda va kooperativga ovoz berish huquqi bilan pay badali kiritgan
jismoniy va yuridik shaxslar. Kooperativning uyushma shaklidagi azosi -
dividend olish uchun pay badallari kiritadigan, lekin qonunda ko`zda tutilgan
holatlardan tashqari ovoz berish huquqiga ega bo‗lmagan jismoniy va yuridik
shaxs. Kooperativning asosiy a‘zolari yoshi bo`yicha yoki salomatligi tufayli
pensiyaga chiqishi, kooperativdan tashqarida saylanadigan lavozimga o`tganda
harbiy xizmatda bo`lishi va boshqa kooperativ nizomida ko`zda tutilgan
holatlarga ko`ra, o`z a‘zoliklarini uyushma asosiga qayta rasmiylashtirishi
mumkin. Pay badallarining uchta turi mavjud: kooperativning asosiy a‘zolari uchun
majburiy va qo‗shimcha hamda kooperatsiyaning uyushma a‘zolari uchun pay
badallari. Majburiy pay badali kooperativ a‘zolar tomonidan majburiy to‗lanadi.
Uyushma a‘zolarining pay badali o‗lchami uyushma a‘zo bilan tuzilgan
shartnomaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga mos ravishda
aniqlanadi.

Download 97.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling