Akramova zuxraxon jahongir qizining


Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi


Download 97.24 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi97.24 Kb.
#1513988
1   2   3
Bog'liq
Akramova Z. qishloq xo`laligi mustaqil ish

2.Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi
Kooperativ faoliyatida ishtirok etgani uchun, uning a‘zolari daromadlarning
turli xilini oladilar: kooperativ to‗lovlar, dividendlar va ish haqi. Kooperativ to`lovlar - kooperativning asosiy a‘zolari orasida ularning kooperativdagi shaxsiy mehnat qatnashuvi va uning faoliyatida ishtirokiga ko`ra taqsimlanadigan daromadning bir qismi. Dividendlar - asosiy a‘zolarning qo`shimcha paylari va kooperativning
uyushma a‘zolari paylari bo`yicha to`lanadigan kooperativ daromadining bir
qismi. Faoliyatlarini amalga oshirish uchun kooperativ ishchilar kooperativning
a‘zosi bo`lmagan va ma‘lum mutaxassislik, kasb yoki lavozimga mehnat
shartnomasi (kontrakt) bo`yicha shaxslarni yollash huquqiga ega. Iste‘molchilar
kooperativlari o`z a‘zolari orasidan ham ishchilar yollashi mumkin.
Qishloq xo`jaligi kooperativlari ishlab chiqarish va iste‘molchilik shaklida
tuzilishi mumkin. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi - fermerlar tomonidan
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo` yicha
hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. Shuningdek, u
kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man
etilmagan faoliyatlarni bajarish uchun ham tuziladi.
Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o` ziga xos xususiyatikooperativning asosiy a‘zolarini uning faoliyatida shaxsan mehnati bilan ishtirokidir.
Ishlab chiqarish kooperativi - tijorat tashkiloti bo`lib, faoliyatining asosiy
maqsadi daromad topishdir. Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo`jalik korxonalari kiradi. Kooperativ xo‗jalik dehqon va fermer xo‗jaliklari boshliqlari yoki shaxsiy yordamchi xo`jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish,
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo` jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish bilan bog‗liq boshqa faoliyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi.
Sanoat va qishloq xo`jaligi orasidagi aloqa integratsiyalash yo`li bilan
amalga oshiriladi. Integratsiya ikki turga: gorizontal va vertikal
integratsiyalanishlarga bo`linadi. Gorizontal integratsiya– o`zida bitta tarmoq ichidagi korxonalarning o`zaro aloqasini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal qilish uchun korxonani kooperativlashtirish asosida u rivojlanishga erishadi. Qishloq
xo`jaligiga qo llaniladigani - bu qishloq xo`jaligi korxonalarining harakatlarini
kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni
optimal konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat
unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir.
Gorizontal integratsiya bir qancha qishloq xo`jaligi tashkilotlaridagina
rivojlanadi. Masalan, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini
birlashtirish yo`li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo`jaliklararo korxonalar va
tashkilotlardir. Gorizontal integratsiya ikki yo`nalishda amalga oshiriladi:
 birinchisi, alohida bo`lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o`ziga xos
vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi korxonalari o`rtasida amalga
oshiriladi;
 ikkinchisi, bir nechta xo`jaliklarning imkoniyat va mablag`larini yirik
ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashtirish. Gorizontal integratsiya qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarish`aloqalarining mukammallashuviga ham ijobiy ta‘sir etadi.`Vertikal integratsiya–tarmoqlararoaloqalarning rivojlanishini o`zaro
texnologik jihatdan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va
ularni sanoatda qayta ishlab chiqarilishida aloqador bo`lgan qishloq xo`jaligi va
sanoat ishlab chiqarish hamkorligining rivojlanishini ifodalaydi. Bu aloqalar`darajasi va xarakteri bo`yicha farqlanishi mumkin, zarur sharti-turli tarmoqlarning kooperatsiyalanishidir. Vertikal integratsiya agrosanoat degan
nom olgan. Agrosanoat majmuida diversifikatsiyalangan shakllanish rivojlanadi va u
o`z tarkibiga o`zaro ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog`liq bo`lmagan
korxonalar va tashkilotlar kiradigan integrallashgan guruhlarni tashkil etadi.
Integratsiyalashgan ishlab chiqarishga o`tish ishlab chiqarish kuchlari va
tarmoqlararo aloqalarning rivojlanish darajasiga obyektiv darajada bog`liq
bo`ladi. Integratsiya mehnatning tarmoqlararo bo‗linishi asosida yuzaga kelgan
tarmoqlararo o`zaro aloqadorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari yetarlicha
amaliy natija bera olmaydigan va kelgusida ishlab chiqarish samaradorligining
oshishini ta‘minlay olmaydigan holatda ishlab chiqarish kuchlari alohida
bosqichida rivojlana boshlashi yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon
sifatida qaralishi mumkin.`Agrosanoat integratsiyasi mahsulot sifatining yaxshilanishi, joriy xarajatlar`iqtisodi, mahsulot sifatining oshishi va uni iste‘molchiga yetkazib berish`muddatining qisqarishi natijada aholi talablarining to`liqroq qondirilishi bilan
izohlanadi.`Integratsiyaning samarasi quyidagi iqtisodiy ko`rsatkichlar orqali
aniqlanadi:
 mahsulot hajmining ko`payishi;
 joriy xarajatlarning o`zgarmasligi;
 iqtisodiy yalpi mahsulotning ko`payishi;
 daromad va rentabellik darajalarining oshishi va h.k.
Agrosanoat integratsiyalashuvi quyidagilarga imkon beradi:
 ishlab chiqarishga ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsion
texnologiyalarni joriy etishning jadallashtirilishi, bir xildagi va yuqori
sifatli mahsulotlarni optimal ravishda ishlab chiqarish uchun zarur
ustuvorliklar yaratish;
 olinadigan qishloq xo`jaligi xom-ashyolari va qayta ishlash quvvati orasida
oqilona mutanosiblikni ta‘minlash;
 mahsulotlarning bir texnologik fazadan boshqasiga o`tishini tezlashtirish;
 ishlab chiqarish sikli hamma sikllarining yagona takror ishlab chiqarish
jarayonini ta‘minlash;
 qayta ishlashda olingan xom-ashyo va chiqindilardan to`liqroq foydalanish;
 ASMda mavjud ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq
foydalanish;
 boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish va ular uchun qilinadigan
xarajatlarni kamaytirish;
 narxni shakllantirsh sohasidagi monopolistik strukturalarga qarshi turish;
 tovar ishlab chiqaruvchilarda sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishga iqtisodiy imkoniyat yaratish;
 qishloqning ijtimoiy muammolarini jadal sur‘atlar bilan hal qilish va
boshqalar. Yuzaga kelayotgan sharoitlarga ko`ra, integratsiyalanish darajalari bir xil
emasligini, tarmoqlarning birlashuvi ko`pchilik holatlarda qisman integratsiyalanishdan to`liq integratsiyalanish yo`nalishi tomon ketayotganligini
xarakterlovchi turlicha tashkiliy shakllar yuzaga kelmoqda.

Download 97.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling