Ehtiyotlash va yordam. Ko‘p holatlarda bu mashqlami mustaqil
bajarish mumkin. Odatda, yordam faqatgina ayrim o‘quvchilargagina
ko‘rsatiladi.
Bunda hamkor bitta tizzada turib yon tomondan bir qo‘li bilan
bajarilayotgan o‘quvchiga boshni ko‘krak tomonga egishda yordam
bo‘ladi, ikkinchi qo‘li bilan esa ko‘krak yoki yelka ostidan ushlab
kurakka yumshoq tushishni ta’minlaydi hamda oldinga aylanishni
ko‘paytiradi.
Yon tomonga o‘mbaloq oshish
Bajarish texnikasi. Bu element tizzada tayanish yoki tayanib
o‘tirish holatidan bajariladi. 0 ‘mbaloq oshishning birinchi qismi
tizzada tayanib turib tomonga dumalash kabi bajariladi, ammo tana
aylanishini bir yo‘nalishda davom ettirib bel orqali aylanib yana
tizzada tayanib turish yoki tayanib o‘tirishga kelish.
0 ‘rgatish ketma-ketligi.
1. Chalqancha yotish holatidan, g‘ujanak holati.
2. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga dumalash.
3. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga o‘mbaloq oshish.
4. Tayanib o‘tirishdan yon tomonga o‘mbaloq oshib tayanib
o‘tirish.
Xatolar.
1.0‘mbaloq oshishni boshlanishida qo‘llar tirsaklarga
qo‘yilmaydi.
2. Zich bo‘lmagan g‘ujanak holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |