1-ILOVA
XALQARO AUDIT STANDARTLARIDAGI ATAMALAR
Audit (Audit) - moliyaviy hisobot auditining maqsadi auditorga moliyaviy hisobot
barcha muhim jabhalari bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid
belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa (fikr
bildirish) berish imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Auditorlik xulosasini
tayyorlashda quyidagi ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan “to’g’ri va haqqoniy aks
ettiradi” yoki “barcha muhim jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan
jumlalardan foydalaniladi. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy
yoki boshqa ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad ko’zda
tutiladi.
Audit dasturi (Audit program) - auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun
rejalashtirilgan auditorlik muolajalari tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi audit
dasturi. Audit dasturi auditda ishtirok etayotgan auditorning yordamchisi uchun
yo’riqnomalar to’plami hamda ishni tegishli ravishda bajarish va uni aks ettirish
yuzasidan nazorat qilish usuli sifatida xizmat qiladi.
Audit ko’lami (Scope of an audit) - ushbu atama aniq vaziyatlarda audit
maqsadiga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan auditorlik
muolajalariga taalluqli.
Auditor (Auditor) - audit uchun yakuniy mas’uliyatga ega bo’lgan shaxs. Ushbu
atama, shuningdek, auditorlik firmasi uchun ham qo’llaniladi. (Soddalashtirilish
maqsadida Auditning xalqaro standartlarida “auditor” atamasi auditorlik xizmatlari
bilan bir qatorda, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan kasbga doir xizmatlarni
yoritishda ham qo’llaniladi. Ushbu ta’rif kasbga doir xizmatlarni bajaruvchi shaxs
albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas).
Asosiy auditor (Principial auditor) - sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy
qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan moliyaviy hisobot
bo’yicha boshqa auditor tomonidan audit o’tkazilgan holatlarda sub’ektning ushbu
moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik hisoboti tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan
auditor.
Do'stlaringiz bilan baham: |