Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar (Comparatives) - taqqoslash maqsadida taqdim
etilgan oldingi hisobot davri yoki davrlar bo’yicha bir biri bilan aloqador summalar
va boshqa yoritishlar. Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar quyidagicha taqdim etilishi
mumkin:
Bir biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar (Corresponding figures) - joriy davr
bo’yicha moliyaviy hisobotning bir qismi kabi kiritilgan va joriy davr bilan bog’liq
summalar va boshqa yoritishlar bilan kontekstda o’qish uchun mo’ljallangan. Ular
joriy davr moliyaviy hisobotning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va faqat joriy
davr bo’yicha ko’rsatkichlar kontekstida o’qilish uchun mo’ljallangan va mustaqil
ravishda ko’riladigan to’liq moliyaviy hisobot emas.
Taqqoslanadigan moliyaviy hisobot (Comparative financial statements) -
o’tgan davr bo’yicha moliyaviy hisobot joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobot
bilan taqqoslash uchun keltiriladi, lekin joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobotning
qismi bo’lib hisoblanmaydi.
Tekshirish (Inspection) - yozuvlar, hujjatlar yoki moddiy aktivlarni tekshirishdan
iborat.
Tovlamachilik (Fraud) - rahbariyat tarkibi, xodimlar yoki uchinchi tomonlarning
bir yoki bir necha shaxslari tomonidan moliyaviy hisobotni noto’g’ri taqdim
etilishiga olib keladigan va bilib turib qilgan harakatlariga taaluqli.
Faoliyat uzluksizligi to’g’risida taxmin (Going concern assuption) - yaqin
kelajakda korxona o’z faoliyatini uzluksiz davom ettiradi degan taxmin; korxona
tugatilishi to’g’risida niyatga yoki tugatilishi lozim yoxud faoliyat hajmini
ahamiyatli darajada kamaytiradi degan taxminga ega emasligi. Natijada aktivlar
uzluksiz ishlatilishi asosida, masalan sotilishning sof qiymati yoki tugatilish
qiymatida emas, balki dastlabki yoki tiklash qiymati bo’yicha baholanadi.
Fikr (xulosa) (Opinion) - auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot to’g’risida yozma
ravishda aniq bildirilgan fikrdan iborat. Moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotni
taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual asoslarga muvofiq to’g’ri va
haqqoniy aks ettirilgan (yoki barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim
etilgan) degan xulosaga kelganda auditor o’z fikrini sharhlarsiz taqdim etadi
(“Modifikatsiyalashtirilgan auditorlik xulosa”ga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |