Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Auditorlik tekshiruvida aldash va xatoni aniqlash
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
9.6. Auditorlik tekshiruvida aldash va xatoni aniqlash
Tashkilot va korxonalar ko’proq foyda olish maqsadida o’z daromadlarini yashirishga yoki kamaytirib ko’rsatishga harakat qiladi. Buning oqibatida noto’g’ri berilgan, ko’rsatilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi. Operatsiyalarni bajarishda hisobchilar ayrim holatlarda xatolarga yo’l qo’yishlari ham mumkin. Buning oqibatida ham moliyaviy hisobot noto’g’ri tuziladi. Xalqaro audit standartlarining 240-standarti shu masalaga bag’ishlangan bo’lib, bu standart «Aldash va xato» deb nomlangan. Bu standartda audit qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, aldash va xatolar moliyaviy hisobotga qanchalik darajada ta’sir etganlik, aldash va xatolarning oldini olish bo’yicha bir qator protseduralar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari xalqaro audit standartlarining 240-standartida aldash va xatolarni topishda auditor qanday ishlarni olib borishi, tashkil etishi, ishni nimadan boshlashi, qanday vaziyatda qanday harakat qilishi, ularni topish uchun nimalarga e’tibor qilishi kabi bir qator tavsiyalar berilgan va yo’l-yo’riqlar ko’rsatilgan. Xalqaro auditorlar audit qilishda aldash va xatolarni topishda 240-standartga asoslangan holda ish olib borishi samarali natija beradi. 200 Xalqaro audit standartlari jahon miqyosidagi barcha tashkilot, korxona, kompaniya, firma va qo’shma korxonalarning moliyaviy hisobotini audit qilishda qo’llaniladi. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi auditning ma’lumotlar bazasi bo’lib hisoblanadi. Auditorlar tekshirish jarayonida tekshirishning maxsus uslublaridan foydalanib, auditorlik dalillarini yig’adi, moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va to’g’riligini auditorlik xulosalari bilan tasdiqlaydi va hisob ma’lumotlarini to’g’rilash uchun o’zlarining takliflarini beradi. Xalqaro audit standartlari boshqa xizmatlar auditida ham qo’llaniladi. Xalqaro audit standartlari asosiy va kerakli protseduralardan iborat. Aldash oldindan bilib qilinadigan harakat hisoblanib, bir yoki bir necha kishi, rahbariyat tomonidan, ishchilar yoki uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo’lishi mumkin. Aldash moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi. Aldash va xatoning farqlariga yana to’xtaladigan bo’lsak: aldash xo’jalik operatsiyalari jarayonida mahsulot va xizmatlar chiqimi operatsiyalari, kirimi operatsiyalari amalga oshirilib, ularni hisobga olishda buxgalteriyada aks ettirishda bilib turib o’zgartirish, noto’g’ri provodkalar berish, ko’paytirib yoki kamaytirib ko’rsatish, asosiy vositalarni hisobga olishda: ularni kirim qilishda, chiqim qilishda, ularga amortizatsiya hisoblashlarda bila turib noto’g’ri rasmiylashtirish, ular moliyaviy hisobotlarda noto’g’ri ko’rsatilib, oxirida moliyaviy hisobot noto’g’ri tuzilishga olib keladi. Xato esa xo’jalik operatsiyalari jarayonida hisob yozuvlarida arifmetik yoki mantiqiy xatoliklar, hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati faktlarini, mulkning holati va mavjudligini, majburiyatlar va hisoblash ishlarini noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining ko’zda tutilmagan holatdagi buzilishi, asosiy vositalarni olib kelish, kirim qilish, chiqim qilish va provodkalar berishda bilmasdan noto’g’ri provodkalar berish, ularni bilmasdan, hisobchining e’tiborsizligi tufayli noto’g’ri rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish oqibatida moliyaviy hisobotlarni noto’g’ri tuzilishiga olib kelishdir. 201 Aldash va xatoga quyidagilar misol bo’ladi: Buxgalteriya hisobini ish jarayonida uzluksiz olib borilishi aldash va xatoning oldini olish sub’ektning rahbariyati javobgarligidadir. Bu narsalar xato va aldashlarni yo’qotmaydi, faqat oldini oladi. 240-«Aldash va xato» xalqaro audit standartidagi, audit qilishdagi auditorning javobgarligiga to’xtaladigan bo’lsak, auditor aldash va xatolarni oldini olishi majburiyatini olmaydi. Har bir korxona, tashkilot, kompaniya, firmalar har yili auditor nazoratidan o’tkazilishi ma’lum bir miqdorda aldash va xatolarni oldini olishi mumkin. Auditor audit qilishdan oldin moliyaviy hisobotni o’zgartirishga olib keladigan aldash va xatolarning tavakkalchilik darajasini baholab, xato va aldashlar oldin bo’lgan yoki bo’lmaganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling