Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
Bog’liq tomonlar o’rtasidagi
operatsiyalarni solishtirish imkoniyatini beradigan muolajalar operatsiyalar va hisobvaraqlar qoldiqlari bo’yicha test sinovlarini bajarish aktsiyadorlar va direktorlar kengashi majlislari bayonnomalarining sharhi hisobot davrining oxirida yoki u yakunlanishiga ozgina vaqt qolganda aks etilgan operatsiyalarga alohida e’tibor bergan holda yirik va g’ayriodatiy operatsiyalar yoki hisobvaraqlar qoldiqlari bo’yicha hisob yozuvlarining sharhi olingan va berilgan qarzlar va bank tasdiqlari bo’yicha tasdiqlarning sharhi. Bunday sharh bog’liq tomonlar o’rtasidagi kafolatli o’zaro bog’liqliklar va boshqa operatsiyalarga ko’rsatishi mumkin investitsion operatsiyalar, masalan, qo’shma korxonada yoki boshqa sub’ektda ishtirok etish ulushini sotib olish yoki sotishni sharhlash 288 Bog’liq tomonlar o’rtasida solishtirilgan operatsiyalarni tekshirishda auditor ushbu operatsiyalar tegishli ravishda hisobga olinganligi va yoritilganligi yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini olishi lozim. Bog’liq tomonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tavsifini hisobga olgan holda bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan dalillarcheklovlarga ega bo’lishi mumkin, masalan, bog’liq tomonda konsignatsiyada bo’lgan tovar-moddiy zahiralarning mavjudligi, yoki bosh kompaniyaning sho’’ba korxonasiga royalti bo’yicha xarajatlarniaks etish yuzasidan bergan yo’riqnomasi. Bunday operatsiyalar bo’yicha tegishli dalillarga erishish cheklovlarga ega bo’lganligi sababli, auditor quyidagi muolajalar bajarilishini ko’zda tutishi lozim: bog’liq tomon bilan amalga oshirilgan operatsiyalar shartlari va summasini tasdiqlash; bog’liq tomonda mavjud bo’lgan dalillarni tekshirish; ushbu operatsiyaga aloqador bo’lgan shaxslar, masalan, banklar, huquqshunoslar, kafolatchilar va agentlar bilan ma’lumotni tasdiqlash yoki muhokama qilish. Auditor quyidagilar yuzasidan sub’ekt rahbariyatining yozma taqdimotlarini olishi lozim: (a) bog’liq tomonlar solishtirilishiga tegishli taqdim etilgan ma’lumotning to’liqligi to’g’risida; (b) moliyaviy hisobotda bog’liq tomonlar mos yoritilganligi to’g’risida. Agar auditor bog’liq tomonlar va bunday tomonlar o’rtasidagi amalga oshirilgan operatsiyalar yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini ololmasa yoki moliyaviy hisobotda ular mos yoritilmagan degan xulosaga kelsa, auditor auditorlik hisobotini tegishli ravishda modifikatsiyalashtirishi lozim. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling