Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
10.9. Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish
Boshqa auditor - asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul bo’lgan 289 auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom bilan ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. Asosiy auditor boshqa auditor ishidan foydalanilgan taqdirda, asosiy auditor boshqa auditorning ishi auditga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlashi lozim. “Asosiy auditor” - auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan, moliyaviy hisobot sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan taqdirda, sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan auditor. “Boshqa auditor” - asosiy auditordan farqli va asosiy auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotiga kiritilgan sub’ekt tarkibiy qismining moliyaviy hisoboti bo’yicha hisobot tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga huddi shu yoki boshqa nom bilan atalgan affiliirlangan firmalar, ushbu kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan firma- korrespondentlar kiritiladi. “Tarkibiy qism” - moliyaviy ma’lumoti asosiy auditor tomonidan o’tkazilgan bo’linma, filial, sho’’ba korxonasi, qo’shma korxona, uyushmalashtirilgan kompaniya yoki boshqa sub’ekt. Auditor o’zining shaxsiy ishtiroki asosiy auditor sifatida harakat qilish uchun etarli ekanligini ko’rib chiqishi lozim. Shu maqsadda asosiy auditor quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: (a) auditi asosiy auditor tomonidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot qismining muhimligi; (b) asosiy auditor tomonidan sub’ekt tarkibiy qismining biznesini bilish darajasi; (v) auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan sub’ekt tarkibiy qismining moliyaviy hisobotidagi muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligi; (g) asosiy auditor auditda ahamiyatli ishtirok etishga olib keluvchi boshqa auditor tomonidan sub’ektning tarkibiy qismi auditi yuzasidan xalqaro standartda bayon etilgan qo’shimcha muolajalarni bajarish. 290 Boshqa auditor ishidan foydalanishni rejalashtirganda, asosiy auditor aniq belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning kasbiy xabardorligini ko’rib chiqishi lozim. Bunday ko’rib chiqish uchun ma’lumotning ayrim manbai bo’lib kasbiy tashkilotda umum qabul qilingan a’zolik, boshqa firmada umum qabul qilingan a’zolik yoki qandaydir boshqacha aloqadorlik yoki boshqa auditor ishlaydigan kasbiy tashkilotning tavsiyanomasi hisoblanadi. Tegishli holatlarda bunday manbaalarni boshqa auditorlar, bankirlar va hokazolar bilan so’rovnomalar o’tkazish yoki boshqa auditor bilan muhokama o’tkazish bilan kengaytirish mumkin. Asosiy auditor aniq belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning ishi asosiy auditorning maqsadlariga muvofiq ekanligi yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini olish uchun muolajalarni bajarishi lozim. Asosiy auditor boshqa auditorga quyidagilar bo’yicha tavsiyalar berishi lozim: (a) sub’ekt bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismiga nisbatan mustaqil bo’lish to’g’risida talablar va bu bilan rozi bo’lganligi to’g’risida yozma ravishda tasdiq olish; (b) auditor tomonidan bajariladigan ish va uning hisoboti foydaliligi va auditning dastlabki rejalashtirish bosqichida ular harakatlarini muvofiqlashtirish uchun etarli kelishib olish. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida ko’rib chiqishni talab etadigan bo’limlar, yoritishni talab etishi mumkin bo’lgan firma ichidagi operatsiyalarni solishtirish va auditni yakunlash uchun ish jadvali kabi jabhalar bilan tanishtirishi lozim; (v) buxgalteriya hisobi, audit va hisobot talablari va ular bilan rozi ekanligini tasdiqlash uchun yozma tasdiqnoma olish. Asosiy auditor shuningdek, masalan, boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik muolajalarini muhokama qilishi, boshqa auditor yozma muolajalar rezyumesining sharhlashi (savolnoma yoki nazorat ro’yxati ko’rinishida bo’lishi mumkin) yoki boshqa auditorning ishchi hujjatlarini sharhlashi mumkin. Asosiy auditor xohishi bo’yicha boshqa auditorga tashrif buyurganda ushbu muolajalarni 291 bajarishi mumkin. Muolajalarning tavsifi, muddati va hajmi kelishuvning aniq belgilangan vaziyatlaridan va asosiy auditor boshqa auditorning kasbiy xabardorligini bilishligiga bog’liq. Bu bilimlar boshqa auditorning oldingi auditorlik ishini sharhlash natijasida kengayishi mumkin. Asosiy auditor muolajalarni qo’llash zaruriyati yo’q degan xulosaga kelishi mumkin, chunki oldin boshqa auditor o’z amaliyotida qabul qilingan sifat nazoratining siyosati va muolajalariga rioya qilganligi to’g’risida etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillari olingan. Masalan, ular affiliirlangan firmalarga taalluqli bo’lsa, asosiy auditor va boshqa auditor ichki firma sharhi, amaldagi siyosat va muolajalar bo’yicha testlar, tanlab olish auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash kabi auditorlik dalillarini taqdim etuvchi muolajalarni nazarda tutgan uzoq muddatli rasmiy aloqalarda bo’lishi mumkin. Asosiy auditor boshqa auditorning ahamiyatli amaldagi xulosalarini ko’rib chiqishi lozim. Asosiy auditor boshqa auditor va tarkibiy qism rahbariyati bilan auditorlik amaldagi xulosalarni yoki tarkibiy qismning molyaviy hisobotiga ta’sir etuvchi boshqa jabhalarni muhokama qilish o’rinli deb hisoblashi mumkin hamda yozuvlar bo’yicha yoki tarkibiy qismning moliyaviy ma’lumoti bo’yicha qo’shimcha test sinovlarini o’tkazish lozimligi to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Asosiy auditor tarkibiy qism auditi bo’yicha ishchi hujjatlarida boshqa auditor tomonidan kimning moliyaviy ma’lumoti audit qilinganligini, umuman sub’ekt moliyaviy hisoboti uchun ularning ahamiyatliligini, boshqa auditorlarning nomlarini va sub’ekt alohida tarkibiy qismlarining moliyaviy hisoboti muhim emasligi to’g’risida qilingan qandaydir xulosalarni hujjatli rasmiylashtirishi lozim. Asosiy auditor, shuningdek, bajarilgan muolajalar va chiqarilgan xulosalarni hujjatlashtirishi lozim. Masalan, boshqa auditorning sharhlangan ishchi hujjatlarini solishtirish va boshqa auditor bilan qilingan muhokama natijalarini yozib borish lozim. Asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanish kontekstidan xabardor bo’lgan boshqa auditor, asosiy auditor bilan hamkorlik qilishi lozim. 292 Masalan, boshqa auditor qo’yilgan talablarga muvofiq bajara olmaydigan boshqa auditorning har qanday ish jabhalariga asosiy auditorning diqqatini jalb qilishi lozim. Huddi shunga o’xshash, huquqiy va kasbiy mulohazalarga muvofiq, boshqa auditor asosiy auditorning e’tibori uchun etib borgan va boshqa auditorning ishiga muhim ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday jabhalar bo’yicha maslahatga muhtoj bo’ladi. Asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan xulosaga kelganda va asosiy auditor boshqa auditor tomonidan sub’ektning tarkibiy qismi audit qilinganligi yuzasidan etarli bo’lgan qo’shimcha muolajalarni bajara olmagan taqdirda, audit qo’lami cheklanganligi sababli, asosiy auditor o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki fikr bildirishni rad etishi lozim. Agar boshqa auditor modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti taqdim etsa yoki taqdim etishni mo’ljallasa, asosiy auditor hisobot beradigan sub’ektning moliyaviy hisoboti yuzasidan bunday tavsif va ahamiyatga ega bo’lgan modifikatsiya jabhasi ishonchliligi shunchalikki, asosiy auditorning hisoboti modifikatsiyalashtirishni talab qilishgacha olib kelishini ko’rib chiqishi lozim. Ayrim mamlakatlarning me’yoriy hujjatlari asosiy auditorga umuman moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosani boshqa auditorning sub’ektning bir yoki ko’proq tarkibiy qismlari auditi bo’yicha hisobotiga asosan shakllantirishga imkoniyat beradi. Asosiy auditor bunday qilgan taqdirda, asosiy auditorning hisobotida ushbu holat aniq belgilanishi va boshqa auditor moliyaviy hisobotning bir qismi yuzasidan amalga oshirgan auditining muhimligi aks etilishi lozim. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling