Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

 
11.3. Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma 
Tekshirilayotgan korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma – bu auditorning 
mijoz korxona rahbariyatiga xat ko’rinishida tuzilgan hisoboti bo’lib, unda hisob 
yozuvlarida, buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimida yo’l qo’yilgan 
kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar, bunday kamchiliklar mavjud bo’lganda auditor 
tomonidan qo’llaniladigan chora hamda bunday kamchiliklarni bartaraf etish 
bo’yicha tavsiyalar bayon etiladi.
Mijoz 
korxona 
rahbariyatiga 
beriladigan 
ma’lumotnomada barcha 
kamchiliklar keltirilmasligi mumkin. Bu hujjatda asosane auditorlik tekshiruvi 


312 
davomida mavjud bo’lgan kamchiliklar keltirib o’tiladi. Ma’lumotnomani korxona 
rahbariyatiga berish majburiy emas, ammo bu hujjatni taqdim qilish orqali auditor 
korxona rahbariyatiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi, moliyaviy 
hisobotlarda yuz beradigan o’zgarishlarni o’z vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi. 
Ma’lumotnomada 
keltirib 
o’tilgan 
kamchilik 
mamlakatning 
amaldagi 
qonunchiligiga to’g’ri kelmasligi hamda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish 
yo’llari qayd etiladi. Tavsiyalarning berilishi auditorlik hisoboti va auditorlik 
xulosasining mundarijasini o’zgartirmaydi. 
Rahbariyat uchun beriladigan ma’lumotnoma qisqa, aniq hamda tushunarli 
bo’lishi lozim.
Agarda ma’lumotlar alohida bo’limlar yoki hisob ob’ektlari bo’-yicha ekspert 
hisoboti ko’rinishida bo’lsa, unda auditorning imzosi qo’yilmaydi. Agarda 
aniqlangan ba’zi-bir kamchilik va nuqsonlar moliyaviy hisobot bo’yicha ijobiy 
xulosa berishda ikkilanish holati yuzaga kelsa, bunday vaziyatda auditor 
ma’lumotnomaga imzo chekadi. Bu axborot maxfiy hisoblanib, faqatgina korxona 
rahbariyatining muayyan guruhiga taqdim etiladi.

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling