Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Xalqaro auditning rivojlanishiga qarab auditning qanday turlari mavjud
- 7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud
- 8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi
- 10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish
- II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI 2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati
5. Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-
kelmasligi auditning qaysi turida ko’rib o’tiladi? А. Mos keluvchanlik auditi B. Operatsion audit С. Moliyaviy hisobotlar auditi D. Majburiy audit 6. Xalqaro auditning rivojlanishiga qarab auditning qanday turlari mavjud? А. Tasdiqlovchi, maqsadli tizimli, tavakkalchilikka asoslangan audit B. Tasdiqlovchi, operatsion audit 30 С. Mos kelmaslik yoki tavakkal auditi D. Operatsion yoki tizimga solingan audit 7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud? А. Operatsion audit, mos keluvchanlik auditi, moliyaviy hisobot auditi B. Xo’jalik sub’ektlarini ish yuritish shakllariga qarab bo’linishi С. Nodavlat va davlat, aralash auditi D. Nodavlat, xususiy, jamoa, aralash 8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi? А. Tasdiqlovchi audit B. Tizimli audit С. Tavakkalchilikka asoslangan audit D. Aralash audit 9. Auditning so’nggi rivojlanish bosqichi? А. Tavakkalchilikka asoslangan audit B. Tasdiqlovchi audit С. Tizimli audit D. Aralash audit 10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish -? А. Skanerlashdir B. Dalillashdir С. Ko’zdan kechirishdir D. Testlashdir Tayanch tushunchalar Audit, xalqaro audit, ichki audit, tashqi audit, auditning rivojlanish bosqichlari, tasdiqlovchi audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, mos keluvchanlik auditi, operatsion audit, moliyaviy hisobot auditi, maqsadli sistemali audit. 31 II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI 2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan. Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va turkumlangan. Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-2013 yillarda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda. Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi - tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat so’nggisi, uchinchisi - riskka asoslangan audit. 32 Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional auditorlar buxgalteriya hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’rtasidagi) munosabatlarni o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz- korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar. Agar mijoz korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa, butun tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar tizimli yo’naltirilgan audit tamoyillariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijozga keng ko’lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga tizimli yondashuv audit sifatining kafolatiga aylangan. Va nihoyat, xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi audit, balki maqsadli-tizimli audit ham, ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, aniqrog’i, auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz mavjud va uni rivojlantirish istiqbolga ega. G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi. AQShning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini 33 tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammolarni hal etishda qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA – American Institute of certified Public Accountantsning maxsus bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling