Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

 
10.8. Bog’liq tomonlar 
550-sonli xalqaro audit standartida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar 
orasidagi operatsiyalari quyidagicha ifodalangan: 
Bog’liq tomon - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish jarayonida bir 
tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada ta’sir 
ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb hisoblanadi. 
Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar - narxi belgilanganligidan qat’i 
nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki majburiyatlarni 
o’tkazish. 
Auditor bog’liq tomonlar sub’ekti rahbariyatining solishtirish, ular 
to’g’risida ma’lumotni yoritish va bog’liq tomonlar o’rtasidagi muhim hisoblangan 
operatsiyalarning moliyaviy hisobotga ta’siri yuzasidan etarli bo’lgan tegishli 
auditorlik dalillarni olish uchun mo’ljallangan auditorlik muolajalarini amalga 


293 
oshirishi lozim. Shunga qaramasdan, audit bog’liq tomonlar o’rtasidagi barcha 
operatsiyalarni aniqlab berishini kutish mumkin emas. 
200-XAS “Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi umumiy tamoyillar 
va uning maqsadi”da qayd etilganidek, muayyan vaziyatlarda moliyaviy 
hisobotning alohida tasdiqlari bo’yicha xulosa chiqariladigan engil dalillarning 
ishonchliligiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli bor cheklovlar mavjud. Bog’lik tomonlar 
to’g’risida ma’lumot to’liq yoritilganligi haqida moliyaviy hisobotning tasdiqlari 
yuzasidan noaniqlik darajasini hisobga olgan holda, xalqaro standartda bayon 
etilgan muolajalar, har qanday solishtirilgan auditorlik vaziyatlar mavjud 
bo’lmagan holda, bunday tasdiqlar yuzasidan quyidagi etarli bo’lgan tegishli 
auditorlik dalillarini taqdim etadi: 
(a) 
noto’g’rilik tavakkalchiligini odatda kutilayotgandan yuqoriga 
oshiradigan; 
(b) 
bog’liq tomonlar yuzasidan muhim noto’g’rilik vujudga kelganligiga 
qo’rsatadigan. 
Qaerdadir bunday vaziyatlar mavjudligi to’g’risida qandaydir belgilar 
bo’lsa, auditor ushbu vaziyatlarda o’rinli bo’lgan modifikatsiyalashtirilgan, 
kengaytirilgan yoki qo’shimcha muolajalarni amalga oshirishi lozim. 
Rahbariyat bog’liq tomonlar solishtirilishi va ular to’g’risida ma’lumot 
yoritilishi va bunday tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan mas’uliyatga 
ega. Bunday mas’uliyat rahbariyatdan hisob yozuvlarida bog’liq tomonlar 
o’rtasidagi operatsiyalar tegishli solishtirilganligi va moliyaviy hisobotda 
yoritilganligini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mos 
tizimlari tadbiq etilishini talab qiladi. 
Auditor sub’ekt va tarmoq faoliyati to’g’risida moliyaviy hisobotga muhim 
ta’sir ko’rsatadigan hodisalar, operatsiyalar va amaliyotni solishtirish imkoniyatini 
beradigan bilimlar darajasiga ega bo’lishi lozim. Bog’liq tomonlar va bunday 
tomonlar o’rtasida operatsiyalar mavjudligi, odatda, biznesning o’ziga xos tavsifi 
kabi qaralsa ham, auditor ularga alohida e’tiborini qaratishi lozim, chunki: 


294 
(a) 
moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asoslar, 
moliyaviy hisobotda bog’liq tomonlar va operatsiyalar bo’yicha muayyan o’zaro 
bog’liqliklar yoritilishini talab qilishi mumkin; 
(b) 
bog’liq tomonlar yoki bog’liq tomonlar o’rtasida operatsiyalar 
mavjudligi moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin. Masalan, sub’ektning 
soliqlar to’lash bo’yicha majburiyatlari va xarajatlariga, bog’liq tomonlar mavjud 
bo’lganligida alohida ko’rib chiqishni talab qiluvchi turli yurisdiktsiyalar bo’yicha 
soliqqa oid qonunchilik ta’sir ko’rsatishi mumkin; 
(v) 
auditorlik dalilining manbai unga auditor tomonidan beriladigan 
bahoga ta’sir ko’rsatadi. Bog’liq bo’lmagan uchinchi tomonlardan olingan yoki 
ular tomonidan tayyorlangan auditorlik dalillar ishonchlilikning katta darajasiga 
ega bo’lishi mumkin; 
(g) 
bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar nafaqat oddiy ishga oid 
mulohazalar bilan, balki, masalan, foydani taqsimlash yoki tovlamachilik bilan 
ham asoslanishi mumkin. 
Auditor direktorlar va rahbariyat tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lum 
bog’liq tomonlar nomini aniqlab beruvchi ma’lumotlarni sharhlashi va ushbu 
ma’lumot to’liqligi yuzasidan quyidagi muolajalarni bajarishi lozim: 
(a) 
ma’lum bo’lgan bog’liq tomonlarning nomini aniqlash uchun oldingi 
yil bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash; 
(b) 
bog’liq tomonlarni solishtirish bo’yicha sub’ekt muolajalarini 
sharhlash; 
(v) 
direktor va mansabdor shaxslarning boshqa sub’ektlar bilan aloqasi 
to’g’risida so’rovnoma o’tkazish; 
(g) 
asosiy aktsiyadorlar nomlarini olish uchun aktsiyadorlar bo’yicha 
yozuvlarni sharhlash yoki, lozim bo’lsa, qimmatli qog’ozlar ushlab turuvchilari 
reestridan asosiy aktsiyadorlar ro’yxatini olish; 
(d) 
aktsiyadorlar va direktorlar kengashi majlislarining bayonnomalari 
hamda direktorlarga tegishli bo’lgan ishtirok etish ulushi reestrlari kabi boshqa 
tegishli belgilangan yozuvlarni sharhlash; 


295 
(e) 
joriy paytda auditda band bo’lgan boshqa auditorlar yoki oldingi 
auditorlar bilan qo’shimcha bog’liq tomonlar to’g’risida ma’lum bo’lgan ma’lumot 
haqida so’rovnoma o’tkazish; 
(j) 
sub’ektning daromad solig’iga oid deklaratsiyasi va nazorat 
idoralariga taqdim etiladigan boshqa ma’lumoti bo’yicha sharhlashni amalga 
oshirish. 
Agar, auditor mulohazasi bo’yicha, ahamiyatli bog’liq tomonlar bo’yicha 
aniqlab bo’lmaslik tavakkalchiligi past bo’lsa, ushbu muolajalar tegishli ravishda 
modifikatsiyalashtirilishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asoslar bog’liq 
tomonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni yoritishni talab qilgan joylarda, auditor 
bunday yoritish mos ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Auditor direktorlar va rahbariyat tomonidan bog’liq tomonlaro’rtasidagi 
operatsiyalar to’g’risida taqdim etgan ma’lumotni sharhlashi va bog’liq tomonlar 
o’rtasida amalga oshirilgan boshqa muhim operatsiyalar yuzasidan sezgir bo’lishi 
lozim. 
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari to’g’risida tushunish olgandan 
va nazorat tavakkalchiligiga dastlabki baho bergandan keyin, auditor bog’liq 
tomonlar o’rtasida operatsiyalarga ruxsat berish va ularni hisobga olish bo’yicha 
nazorat muolajalari mosligini ko’rib chiqishi lozim. 
Audit paytida auditor mazkur vaziyatlarda g’ayriodatiy ko’ringan va oldin 
solishtirilmagan bog’liq tomonlar mavjudligiga ko’rsatadigan operatsiyalarga 
alohida e’tibor berishi lozim. Quyida bunday operatsiyalar misol tariqasida 
keltirilgan: 

nostandart tijorat shartlari bilan, maslan, g’ayriodatiy narxlar, foiz 
stavkalari, kafolat va qoplash shartlari bilan operatsiyalar; 

ko’rinishi mantiqiy asoslanmagan operatsiyalar; 

mohiyati shaklidan farqli operatsiyalar; 

g’ayriodatiy usul bilan ishlov berilgan operatsiyalar; 


296 

muayyan buyurtmachilar yoki mol etkazib beruvchilar bilan amalga 
oshirilgan operatsiyalarga nisbatan yirik yoki muhim operatsiyalar; 

beminnat boshqaruv xizmatlarini olish yoki taqdim etish kabi hisobga 
olinmagan operatsiyalar. 
Audit paytida auditor bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalarni 
solishtirish imkoniyatini beradigan muolajalarni bajaradi. Ushbu muolajalarga 
misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling