Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari 
Kompyuter muhiti markazlashtirilmagan 
Kompyuter uskunalarining geografik tarqoqligi mavjud 
Buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bitim darajalari etarli emas 
KIM muhitining amal qilishida ichki nazorat mavjud emas 
KIM tizimiga ruxsat etilmagan kirishni cheklash bo’yicha zaruriy choralar mavjud emas 


284 
Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda pasayadi: 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarishning ichki vositalari ichki 
nazorat maqsadlariga erishishga yordam beradi. U qo’l ishlarini, shuningdek 
mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Qo’l va 
kompyuter vositalari ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitiga ta’sir etuvchi 
boshqaruvning umumiy vositalari va amaliy dasturlarni boshqarishning maxsus 
vositalarini, jumladan buxgalteriya hisobi dasturlarini boshqarishdan iborat 
bo’ladi. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish umumiy vosi-talarining 
maqsadi ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini nazorat qilish chegaralarini 
aniqlash va ichki nazoratga erishilganda ishonchning qulay darajasini 
ta’minlashdan iborat. 
Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari  
Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan 
Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish 
imkoniyati mavjud 
Dasturiy ta’minotning maxsus nazorati mavjud 
Barcha bo’linmalar, filiallar va boshqa alohida bo’linmalar, shu’ba korxonalar KIMning yagona muhitida ishlaydi, 
yagona zamonaviy dasturiy ta’minoti qo’llaydi 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati KIM tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning KIM tizimi rivojining uzoq muddatli rejasi mavjud 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axboriy siyosati uning rahbariyati tomonidan omilkorlik bilan belgilanadi 


285 
Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– boshqaruv xizmatiga oid kafolatlar va tadbirlar; 
– amaliy dasturlar tizimini ishlab chiqish va uni to’g’ri holatda bo’lishini 
ta’minlash; 
– yangi yoki qayta qurilgan tizimlarni testdan o’tkazish, o’zgartirish, sotish va 
hujjatlashtirish; 
– ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi tomonidan faqat shu maqsadlar 
uchun mo’ljallangan harakatlarni bajarishning kafolati, shuningdek ulardagi 
xatolarni aniqlash va tuzatish; 
– operatsiyalarga faqat vakolatli xodimlarning kirishini ta’minlash. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish ichki vositalarining 
maqsadi faqat vakolat berilgan qismlar bo’yicha amaliy dasturlarni boshqarishning 
o’ziga xos xususiyatli tadbirlarni va keyingisini ro’yxatga olish, shuningdek 
ularning o’z vaqtidaligini va to’liqligini o’rnatishdan iboratdir. 
Ma’lumotlarga kompyuterda ishlov berishni boshqarishning ichki vositalari 
quyidagilardan iborat: 
1. Ishga solishni nazorat qilish: 
– operatsiyalarni kompyuter bajarishidan oldin tekshirilgani; 
– operatsiyalar mashina o’qish shakliga o’tkazilgani va kompyuter fayllari 
ma’lumotlariga yozilgani; 
– yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmagan 
operatsiyalarni; 
– noto’g’ri operatsiyalar bartaraf etilganini qayta tasdiqlanish vaqtida 
tuzatilgani. 
2. Ma’lumotlarning kompyuter fayllari va kompyuterning ishlashini nazorat 
qilish: 
– operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilayotgani; 
– operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi, nusxa ko’chi-rilmagani 
va o’zgartirilmagani; 
– xatolar o’z vaqtida tuzatilgani va bartaraf etilgani. 


286 
3. Axborotni kiritishni nazorat qilish: 
– bajarilish natijalarining aniqligini; 
– axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligi; 
– axborotni uni olishda ruxsati bilan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgani. 
Kompyuterni asosiy suiste’mol qilish quyidagi shartlar bo’lgandagina bo’lishi 
mumkin: 
– kompyuterga yoki terminalga bevosita kirilganda; 
– ma’lumotlar fayllariga kirilganida; 
– vositalarni shaxsiy manfaatlar maqsadida ishlatish imkoniyatining 
borligida; 
– tizimli axborotining tushunarliligida; 
– kompyuter dasturlariga kirilganida. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling