Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

2.2. Xalqaro audit va uning modellari 
XX asrning ikkinchi yarmi hamda XXI asrning dastlabki yillari jahon 
mamlakatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining kuchayishi 
bilan izohlanadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy munosabatlarning tobora 
chuqurlashib borishi jahonning turli mintaqalarida erkin iqtisodiy zonalarning 
vujudga kelishiga va transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kuchayishiga turtki 
berdi.
Biznes va aloqalarning jahon mamlakatlari bo’ylab baynalmilallashuvi
buxgalteriya hisobi va audit tizimining ham xalqaro ko’rinishga ega bo’lishiga olib 
keldi. Shunday bir sharoitda transmilliy korporatsiyalar va ularning jahonning 
boshqa mamlakatlaridagi bo’linmalari o’rtasida hisob va audit tizimini yuritishda 
yangicha tartib ishlab chiqilishini taqozo qildi. Turli mamlakatlarda auditorlik 
faoliyatiga turlicha yondoshilishiga qaramasdan, jahon xo’jaligi va moliya 
bozorlarining baynalmilallashuvi kuchayib borayotganligini aks ettiruvchi 
unifikatsiyalangan qoidalarni ishlab chiqish zarur.
Ma’lumki, xalqaro audit standartlari jahon mamlakatlarida turlicha 
qo’llaniladi. Bunga asosiy sabab, ushbu mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va 
auditning turlicha modellari amal qilishidadir.
Jahon mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va audit tizimining turlicha 
yuritilishi hisob va audit sohasida standartlarni muvofiqlashtirish va tatbiq etishni 
taqozo etdi. Xususan, bu tadbir bilan IAPS shug’ullanadi. IFAC huzuridagi 
Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi (IAPS) auditorlik faoliyati kam taraqqiy 


34 
etgan davlatlarda ushbu kasbning mavqeini ko’tarish maqsadida xalqaro auditorlik 
standartlarini qo’llashni muvofiqlashtirib turadi.
Bugungi kunga kelib xalqaro audit standartlarini jahon mamlakatlari bo’yicha 
qo’llanilish darajasiga ko’ra quyidagi ko’rinishi mavjud: 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling