Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

5. Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-
kelmasligi auditning qaysi turida ko’rib o’tiladi? 
А. Mos keluvchanlik auditi
B. Operatsion audit 
С. Moliyaviy hisobotlar auditi 
D. Majburiy audit 
6. Xalqaro auditning rivojlanishiga qarab auditning qanday turlari mavjud? 
А. Tasdiqlovchi, maqsadli tizimli, tavakkalchilikka asoslangan audit


30 
B. Tasdiqlovchi, operatsion audit 
С. Mos kelmaslik yoki tavakkal auditi
D. Operatsion yoki tizimga solingan audit 
7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud? 
А. Operatsion audit, mos keluvchanlik auditi, moliyaviy hisobot auditi 
B. Xo’jalik sub’ektlarini ish yuritish shakllariga qarab bo’linishi 
С. Nodavlat va davlat, aralash auditi 
D. Nodavlat, xususiy, jamoa, aralash 
8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi? 
А. Tasdiqlovchi audit 
B. Tizimli audit 
С. Tavakkalchilikka asoslangan audit 
D. Aralash audit 
9. Auditning so’nggi rivojlanish bosqichi? 
А. Tavakkalchilikka asoslangan audit
B. Tasdiqlovchi audit 
С. Tizimli audit 
D. Aralash audit 
10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish -? 
А. Skanerlashdir
B. Dalillashdir 
С. Ko’zdan kechirishdir 
D. Testlashdir 
Tayanch tushunchalar 
Audit, xalqaro audit, ichki audit, tashqi audit, auditning rivojlanish 
bosqichlari, tasdiqlovchi audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, mos 
keluvchanlik auditi, operatsion audit, moliyaviy hisobot auditi, maqsadli sistemali 
audit. 


31 
II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI 
2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati 
Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida 
auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot 
va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan. 
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga 
kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng 
ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib 
auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil 
shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar 
nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik 
faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va 
turkumlangan. 
Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini 
o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. 
Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik 
faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli 
ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro 
tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
tomonidan 1999-2013 yillarda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) 
ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida 
qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda. 
Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari 
va 
hisobotlarini 
tekshirish 
va 
tasdiqlashdan 
iborat 
faoliyat 
sifatida 
shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya 
hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan 
va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik 
faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi - 
tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat so’nggisi, 
uchinchisi - riskka asoslangan audit.


32 
Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq 
maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional auditorlar buxgalteriya 
hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z 
mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’rtasidagi) munosabatlarni 
o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-
korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, 
ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar. 
Agar mijoz korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa, butun 
tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf 
etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar tizimli yo’naltirilgan audit 
tamoyillariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha 
mijozga keng ko’lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu 
esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga tizimli yondashuv audit sifatining 
kafolatiga aylangan. 
Va nihoyat, xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit 
vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi audit, balki maqsadli-tizimli audit ham
ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. 
Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, 
aniqrog’i, auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz 
mavjud va uni rivojlantirish istiqbolga ega. 
G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul 
qilingan tamoyillari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting 
Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy 
hisoblanadi. AQShning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy 
muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting 
Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi. 
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. 
AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – 
Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini 


33 
tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammolarni hal etishda 
qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI 
(AICPA – American Institute of certified Public Accountantsning maxsus bo’limi 
tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun 
majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar 
ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling