70
Guruh aylanmasi 10,2 million funtdan kam bo'lishi kerak;
Guruhning yalpi aktivlari 5,1 million funtdan kam bo'lishi kerak;
Jamoa a'zolari 50 yoshdan kichik bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, kompaniyalar bank va sug'urta
faoliyati bilan
shug`ullanmayotgan bo`lishi kerak
Buyuk Britaniyada Angliya va Uels maslahatchi buxgalterlar Instituti (1880
yil), diplomga ega va korporativ buxgalterlar Uyushmasi tashkil etilgan bo’lib, bu
Uyushmaga nafaqat Britaniya orolida yashovchilar, balki
Britaniya koloniyasi va
mandat bilan idora qilinadigan hududi vakillari ham a’zo bo’lishlari mumkin edi.
Keyinchalik milliy-ozodlik harakatlarining rivojlanishi va ushbu mamlakatlar
tomonidan mustaqillikning qo’lga kiritilishi bilan ularda auditorlik kasbi vakillarini
o’zida birlashtirgan milliy tashkilotlar tuzila boshlandi.
Angliyada auditning
vujudga kelishi masalasini buxgalteriya hisobining tarixi, paydo bo’lishi va
shakllanishidan ajratib qo’yish mumkin emas. Angliyalik olim V.T. Bakster
buxgalteriya hisobi va audit rivojlanishini to’rtta bosqichga ajratadi:
1) qadimgi dunyo va o’rta asrlar bozorlari tarixini o’z
ichiga olgan klassik
bosqich;
2) 1200 yildan 1850 yilgacha bo’lgan davr. Sanoqning pozitsion tizimi
vujudga keldi. Uning qo’llanilishi ikki yoqlama yozuvni
barpo etish va hisob
usullari bilan moliyaviy natijalarni hisoblashni ta’minlash imkoniyatini berdi.
3) 1850 yildan 1950 yilgacha bo’lgan davr. Bu davrda iqtisodiy hayotning
keskin
murakkablashuvi, xarajatlar hisobi va tannarxni hisoblashning keng
tarqalishi, ommaviy hisobot va auditorlik faoliyatining vujudga kelishi kuzatiladi.
4) 1950 yildan boshlab hisob va audit tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
U elektron-hisoblash
texnikasining keng tarqalishi, hisob jarayonlarini
mutanosiblashtirish uchun inflyatsiya jarayonlarini hisobga
olish zaruriyati bilan
bog’liq bo’lib, hisob va auditorlik standartlarining ishlab chiqilganligida o’z aksini
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: