Aksiya va aksiyadorlik jamiyatlari


Download 9.1 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi9.1 Kb.
#1834908
1   2   3
Bog'liq
Aksiya va aksiyadorlik jamiyatlari

Oʻzbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz — korporativ axborot yagona portali va maʼlumot oshkoraligini taʼminlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi.


1) mulkiy huquq.
2) nomulkiy huquq.
Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:

Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi:


1. Ovoz berish.
2. Kapitalni oʻsishi.
3. Qoʻshimcha imtiyozlar.
4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.
5. Mulkka egalik qilish huquqi.

Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror ta’sis yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to’g’risida o’zaro ta’sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.


Download 9.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling