O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 189.81 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8- noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin ( ilova qilinadi). 2-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 261-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 125-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 729-I- sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20- modda) XIV bo‘limi ; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-255-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 5- moddasi ; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016-yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi . 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Download 189.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling