O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

19-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan


yo‘qotilgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yo‘qotsa va bu haqda konsullik
muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tekshirilganidan hamda uning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi
tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga O‘zbekiston
Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududida yashash uchun
mablag‘larsiz turgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Agar konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yashash
uchun mablag‘larsiz qolgan va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilgan bo‘lsa,
konsullikning mansabdor shaxsi:
mazkur fuqaroni yuborgan yoki taklif etgan shaxsning yoxud tashkilotning ushbu fuqaroning
konsullik okrugi hududida bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga doir majburiyatlari
mavjudligini aniqlaydi va ularning bajarilishiga ko‘maklashadi;
mazkur fuqaroning o‘z oila a’zolari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan aloqalar
o‘rnatishiga ko‘maklashadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar yetarli bo‘lmay
qolsa, konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan
kelishuvga ko‘ra mazkur fuqaroning O‘zbekiston Respublikasiga qaytib ketishini ta’minlash
maqsadida shunday maqsadlar uchun maxsus ajratilgan mablag‘lar hisobiga va ularning doirasida
moliyaviy yordam ko‘rsatishga haqli.
Moliyaviy yordam ko‘rsatilgan taqdirda, konsullik muassasasi bilan fuqaro o‘rtasida notarial
tasdiqlangan bitimga tenglashtiriladigan shartnoma tuzilib, unda konsullik muassasasidan
moliyaviy yordam olgan shaxs olingan moliyaviy mablag‘larning o‘rnini o‘ttiz kunlik muddatda
qoplash majburiyatini oladi.
Moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi, buning uchun ajratilgan mablag‘larning miqdori,
shuningdek ularni qaytarish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullik muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam summasi belgilangan
muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligiga ijro xati yuboradi, ijro xati bo‘yicha qarzdorlikni undirish qonunchilikda
belgilangan tartibda so‘zsiz amalga oshiriladi.
(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moliyaviy yordam ko‘rsatish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududiga qonunga xilof ravishda kirgan
bo‘lsa;
konsullik muassasasi joylashgan davlat sudining (vakolatli organining) bajarilmagan
shartnoma majburiyatlari mavjudligi yoki boshqa asoslar munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosining chiqib ketishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa;
moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
holatlar yashirilgan yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa;
ilgari olingan mablag‘larning o‘rnini qoplash bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlar mavjud
bo‘lgan taqdirda.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Moliyaviy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan
boshqa asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin.
(20-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida boshqa zarur yordam ko‘rsatishi
mumkin.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling